Ochlarni kuydirib ishlov berishda ishlatiladiga materiallar va asboblar



Download 0,62 Mb.
bet2/3
Sana26.06.2022
Hajmi0,62 Mb.
#706834
1   2   3
Bog'liq
kuydirish

Shakllantiriladigan bilimlar: Yog`ochlarni kuydirib ishlov berishda ishlatiladigan materiallar va asboblar. Moslamalarning tavsifi. Ish uslubini ko’rsatish va tushuntirish. Mehnat havfsizligi qoidalari. Ishlov berish va malaka hosil qilish. Ishning turiga qarab kuydiruvchi asbob va moslamalar. Detallar o’lchamiga qarab kuydiruvchi asboblar va materiallarni tanlash. Kuydiruvchi asbob bilan detallarni bir-biriga ishqalash natijasida kuydirish.
Kuydirish. Yog‘och yoki faner buyumni kuydirib xam pardozlash mumkin. Buning uchun elektr kuydirgichdan foydalaniladi. U qizishni rostlagichli korpus, peroli (kiziydigan ignali) dasta va simlardan tuziladi. Detalning sirtini kuydi rishdan oldin jilvir bilan ishqalab silliqlanadi. Bezaklarni nusxa olish qog‘ozi orqali detalga (hom-ashyo) kо‘chiriladi.

K о‘chirilgan tasvirga avval nuqtalar qо‘yib chikiladi, keyin mana shu nuqtalar ustidan chiziklar о‘tkaziladi. Chiziklar ingichka bо‘lishi uchun elektr kuydirgich perosini tez yurgizish, yо‘g‘on chizik xosil kilish uchun esa peroni sekin yurgizish kerak. Rasmlarni oldin tashqi chegaralari bо‘ylab kuydiriladi, keyin ichki chiziqlari va nuqalari kuydiriladi.
Ish soyalarni kuydirish bilan tamomlanadi. Kuydirib yasalgan buyumlarga soya va tuslarni bо‘yoqlar va rangli qalamlar bilan tushirib, sо‘ngra ularning ustiga rangsiz lok
2-rasm. surtish mumkin.

Yog`ochlarga kuydirib ishlov berishasboblari 2

Yog`ochga kuydirib ishlov berish usuli
Detallar o‘lchamiga qarab kuydiruvchi asboblar va materiallar tanlash. Tokarlik ishi deb, yog‘ochdan tayyorlanadigan buyumni o‘zi o‘qi atrofida aylantirish orqali uning sirtini yo‘nib ishlov berish usulini aytiladi. Bu usulda tayyorlangan maxsulotlar tokarlik buyumlari yoki detallari deyiladi. Bu ishlar maxsus tokarlik dastgohlari yordamida bajariladi. Ular yordamida yog‘ochga silindr, konus, shar va boshqa aylanma sirtlar shaklida kuydirib ishlov berish mumkin. O‘quv ustaxonasida STD-120 rusumidagi yog‘ochga ishlov berish tokarlik dastgohining umumiy tuzilishi 1-rasmda tasvirlangan. Bu dastgoh ishlov beriladigan materialni oldingi babkaning planshaybasi markazi bilan orqa babkaning o‘rta tishli markazi orasiga maxkam o‘rnatiladi. Bunda orqa babkaning korpusini staninaning yo‘naltiruvchi bo‘ylab ishlov berilayotgan material uzunligiga muvofiq surib, kerakli joyga maxkamlanadi. Planshayba ishlov berilayotgan buyumni oldingi babkada boltlar va qisqichlar yordamida o‘rnatish moslamasi bo‘lgan diskdan iborat.

1-rasm. STD-120 rusumidagi yog‘ochga ishlov berish tokarlik dastgohi.
Bu dastgohning asosiy detali stanina bo‘lib u ikkita tayanchga o‘rnatilgan. Stanina oldingi va orqa babka va keskichlar o‘rnatish uchun tutqichli tayanch o‘rnatilgan. Dastgohda materialni qo‘yish sohasidan iborat ish maydoni himoya ekrani bilan o‘ralgan. Dastgohning chap tomonidan elektrodvigatel va magnitli ishga tushirgich o‘rnatilgan.
Elektrodvigatelning shkividan aylanma harakatni babkaning ikki pog‘onali shkiviga ponasimon kesimli tasma orqali uzatiladi. Odingi babka materialni mustaxkam o‘rnatish va uning aylanma harakat qilishni ta’minlash uchun xizmat qiladi.
Bu dastgohni dastlabki mashqlarda faqat o‘qituvchining zarur tekshiruvlaridan keyin, uning ruxsati bilan hamda uzluksiz nazorati ostida ishlatishga ijozat beriladi. Bu qoidaga dastgohni boshqarish va unda xavfsiz ishlash ko‘nikmalarini mukammal o‘zlashtirguncha qat’iy rioya qilish shart.
Yog‘ochdan yo‘nish dastgohida har xil usullar bilan shakldor yuzalar hosil qilish mumkin: 1. Reyer, mayzelni oldinga, ko‘ndalangiga surib, kesib ishlash yo‘li bilan. 2. Qirquvchi qirralari shakldor bo‘lgan keskichlar yordamida ishlash yo‘li bilan.
Odatda, ishlanuvchi detallar soni kam bo‘lgan vaqtlarda reyer va mayzelni ham bo‘ylamasiga, ham ko‘ndalangiga surib shakldor yuzalar hosil qilishda foydalaniladi.
Shakldor keskichlar bilan asosan uzun (200-350 mm li) shakldor yuzalar ishlanadi. Shakldor yuzalarni ishlash uchun maxsus andaza keskichlar yasaladi. Bunda ishlanadigan yuzalar aniq chiqadi va keskich shaklini oladi (2- rasm).
O‘quv ustaxonalarida shakldor buyumlardan egov dastasi, yog‘och to‘qmoq, bolalar stolchasi va stulchasining oyoqlari, televizor tagligining oyoqlari tayyorlanadi. Shakldor yuzalarni ishlash uchun zagotovka oldin silindr shaklida ishlanib, keyin unda sferik, konussimon, silindrik va hokazo shakldor yuzalar hosil qilinadi. Qirqish jarayoni yog‘ochning diametri 8-10 mm qolgunga qadar davom ettiriladi.


  1. расм. Шакл ва андаза.

Silindr sirtlardan buyum tayyorlashda rejalash qalam yoki sirkul yordamida bajariladi. Qalam bilan rejalashda o‘lcham masshtab chizg‘ichidan olinadi, sirkul bilan rejalashda esa oldindan o‘lchamga sozlanib olinadi. Sirkul yordamida rejalash (3- rasm, a) da ko‘rsatilgan. Pog‘onali sirtlarni yo‘nishni (3-rasm, v) silindr sirt uzunligiga qarab teng bo‘laklarga bo‘lib, rejalab olinadi.
Yo‘nish eng kichik diametrli sirtdan boshlanadi, keyin navbati bilan katta diametrlisiga o‘tiladi. Silindr sirtlarda tik bo‘yinlar (3-rasm, b) hosil qilinadi, bo‘yinning uzunligiga qarab, unga mos qirquvchi iskanadan foydalaniladi. To‘g‘ri burchakli o‘yiqlar (3-rasm, g) hosil qilishda zagotovka o‘lchamlar asosida rejalanib, o‘yiqlarning o‘rta qismi o‘yiladi va reja bo‘yicha burchak ostida payraha chiqariladi. Ulariing chuqurligi kronsirkul yoki shtangensirkul bilan o‘lchanadi.


  1. rasm. Turli xil sirtlarni rejalash va yo‘nish: a-sirkul yordamida rejalash; b-tik bo‘yinlar hosil qilish; v-pog‘onali sirtlar; g-o‘yiqlar; d-botiq sirtlar.

Egri chiziqli o‘yiqlar yoki botiq sirtlar hosil qilishda zagotovka dastlab anik o‘lchamlarda
rejalab olinadi. Botiq sirtlar yo‘nuvchi iskana yordamida hosil qilinadi.
Yog‘och turlari va uning xususiyatlari. Yog‘och turlari ular olinadigan daraxtlarga qarab farqlanadi. Har bir daraxtning yog‘ochi bir-biriga nisbatan qattiq-yumshoqligi, og‘ir-yengilligi, zichligi, turli ta’sirlarga chidamliligi, ishlov berishga qulayligi, ko‘rinishi, rangi va boshqa belgilar bilan farqlanadi. Yog‘och olinadigan daraxtlar igna bargli va yaproqli (bargli) turlarga ajratiladi.
Igna bargli daraxtlarga qarag‘ay, pixta, tilog‘ach, archa, kedr, sari, tis kiradi. Bu daraxtlarning har biri o‘z navbatida bir necha turlarga bo‘linadi. Masalan, dunyoda qarag‘ayning 100 ga yaqin turi, pixtaning 40 ga yaqin turi, tilog‘ochning 20 dan ortiq turi, archaning 45 ga yaqin turi, kedrning 4 turi, sarvning 20 ga yaqin turi, tisning 10 yaqin turi ma’lum.
Qarag‘ay, pixta, tilog‘och kabilardan asosan turli o‘lchamlardagi taxtalar, to‘sinlar, reykalar tayyorlanadi. Bunday yog‘och materiallardan imoratlorning zarur qismlarini yasash, eshik va derazalar hamda boshqalar turli yog‘och buyumlar tayyorlashda foydalaniladi.
Igna bargli qarag‘ay va pixta yumshoq qolganlari qattiq yog‘och beradi. Yaproqli daraxtlar ham yumshoq, qattiq yoki mo‘rt yog‘och hosil qiladi. Ulardan imoratsozlikda va turli buyumlar yasashda foydalaniladi. Masalan, terakning bir turi bo‘lgan tog‘terak yog‘ochidan gugurt, chang‘i, bochkalar tayyorlashda va boshqa maqsadlarda foydalaniladi. Yaproqli daraxtlarniig qattiq yog‘och beruvchi turlaridan O‘zbekistonda yong‘oq, nok, tut, qayrag‘och, o‘rik, shaftoli, zarang, jo‘ka, buk, akatsiya va boshqalar hamda mo‘rt yog‘och beruvchi turlaridan chinor, eman kabilar o‘sadi. Ular mebel va boshqa buyumlar yasashda hamda yog‘och o‘ymakorlikda ishlatiladi.
Har qanday yog‘ochning ishlatilishi uning fizik va mexanik xossalariga, ishlatilish sharoitiga, miqdoriga va boshqalarga bog‘liq bo‘ladi. Texnikaning taraqqiy etishi natijasida yog‘och materiallardan foydalanish sohasida doimiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Yaqin kunlarda ham yog‘och asosiy qurilish materiali hisoblanadi. Qurilish va inshoatlarda yig‘ma temir beton kopstruksiyalarning ishlatilishi yog‘ochga bo‘lgan extiyojni ancha kamaytiradi. Shunga qaramasdan, yog‘och sellyuloza sanoatida hozirgi vaktda asosiy material hisoblanadi.
Shuningdek ayrim yog‘ochlarning xo‘jalikdagi ahamiyati ortib bormoqda. Oq qayin yaqin yillargacha faqat o‘tin sifatida ishlatilib kelingan bo‘lsa, xozirgi kunda faner ishlab chiqarish korxonalarida va sanoatning boshqa soxalarida qimmatbaho material hisoblanadi.
Hamma yog‘ochlar ular olinadigan daraxtlarning turiga qarab bargli va nina bargli guruhlarga bo‘linadi.
Qurilishlarda ko‘pincha nina bargli qarag‘ay, archa, puxta, kedr kabi daraxtlardan olingan yog‘ochlar ishlatiladi.
Yog‘ochni kuydirib ishlov berish turlari. Yog‘och materiallar turli xil ishlov berish uchun qulay material hisoblanadi. Hozirgi vaqtda badiiy hunarmandchilikda yog‘och materiallarga badiiy ishlov berish, yog‘och sirtiga kuydirib rasm va har xil ko‘rinish tasvirlarni tushurish bo‘yicha ko‘p ishlar qilingan. Bu ishlar bevosita xalq ijodkorligi bilan bog‘liq.
Kuydirish yo‘li bilan yog‘ochdan tayyorlangan turli xil detal va buyumlarni masalan; dekorativ shkatulkalar, yog‘och idishlar, osgichlar, kartinalar va turli interyer narsalarga badiiy bezaklar beriladi.
Kuydirish bu- fantaziyani, ehtiyot bilan ishlashni, sabr bardoshni, mahoratni va talantni talab qiladigan, qiziqarli ijodkorlik jarayonidir. Ishlaganda ehtiyotkorlik, mahorat, shoshmaslik, erinmaslik jihatlari talab qilinadi, ozgina noaniqlik, ehtiyotsizlik va noto‘g‘ri shtrixlar qo‘yish bajarilayotgan ishni buzib qo‘yishi mumkin.
Kuydirishning bir necha usullari mavjud. Bularga pirografiya, pirotipiya, kislota bilan kuydirish, tokarlik dastgohida ishqalanish natijasida kuydirish, olov va issiq qumda kuydirish va kattalashtirilgan oyna yordamida quyosh nuridan kuydirish kiradi. Pirografiya-bu grekchadan olingan bo‘lib “Issiqlik bilan chizish” degan ma’noni anglatadi. Bunda yog‘och materialning, faneraning va boshqa xil organik materiallarning sirtiga rasm yoki tasvirlar tushurish qizdirilgan igna yordamida bajariladi. Ishlov beriladigan materialning sirtiga 150 0S haroratning ta’siri natijasida material sirtining ko‘rinishi o‘zgaradi. Hozirgi paytda pirografiya elektr toki bilan qizdirib taxta sirtiga tasvir tushirish usuliga mos ravishda lazer nuridan foydalanib, taxtaga tasvir tushirish uskunalaridan foydalanilmoqda.
Pirotipiya- bu grekchadan olingan bo‘lib, “olovli tamg‘a” degan ma’noni anglatadi. Bu asosan qizdirilgan metal shtempel yordamida yog‘och sirtiga dekorativ shakllar tushiriladi. Latun, mis yoki pulat sterjenning bir tomoni, tugagan qismiga egovlar yordamida relyef yoki geometrik shakllar yasaladi. Ikkinchi tomoniga dasta hosil qilinadi. So‘ngra yasalga shakl kerakli temperaturagacha qizdirilib, buyum sirtiga qattiq bosiladi. Bunday usul bilan xar xil yog‘och va teri buyumlarga bezak berilgan. Shuningdek mebel fabrikalari ham bu usul bilan tayyorlagan buyumlariga o‘zlarining belgilarini bosishgan.
Yog‘och buyularni kislota yordamida ham kuydirish amalga oshirilgan. Taxtaning sirti qora rangga buyalgan, so‘ngra unga tushirilgan rasm kislota bilan achitilgan.
Tokarlik dastgohlarida yog‘ochga kuydirib ishlov berish.Ko‘pchilik ustalar ba’zi bir yog‘och buyumlarga ishqalanish orqali tokarlik dastgohida kuydirib bezak beradi. Tokarlik dastgohida yasalgan yog‘och buyumlarning sirtiga aylana tarzda qoramtir halqa hosil qilinadi. Qoramtir xalqa hosil qilish uchun qattiqligi ishlov berilgan yog‘ochdan yuqori bo‘lgan (dub buka yoki beryoza)yog‘och bo‘lagi tanlanadi va dastgohda aylanayotgan buyum qisqa tomonidan tiraladi. Tiralgan joyda ishqalanish yuzaga keladi natijada sirtda halqa shakldagi qora-qung‘ir rang hosil bo‘ladi. Buyumda qizil rangdagi halqa hosil qilish uchun surguch bo‘lagi buyum sirtiga tiraladi. Yog‘och materialning yorqin, tiniq sirtida qora va qizil rangli xalqalar uyg‘unligini tokarlik buyumlarining shakl xususiyatlaridan kelib chiqib, har xil chiroyli ritmlar orqali hosil qilish mumkin.


Xulosa
Xulosa qilib shuni aytish mumkinkinki kuydirish yo‘li bilan yog‘ochdan tayyorlangan turli xil detal va buyumlarni masalan; dekorativ shkatulkalar, yog‘och idishlar, osgichlar, kartinalar va turli interyer narsalarga badiiy bezaklar beriladi.
Kuydirish bu- fantaziyani, ehtiyot bilan ishlashni, sabr bardoshni, mahoratni va talantni talab qiladigan, qiziqarli ijodkorlik jarayonidir. Ishlaganda ehtiyotkorlik, mahorat, shoshmaslik, erinmaslik jihatlari talab qilinadi, ozgina noaniqlik, ehtiyotsizlik va noto‘g‘ri shtrixlar qo‘yish bajarilayotgan ishni buzib qo‘yishi mumkin.
Kuydirishning bir necha usullari mavjud. Bularga pirografiya, pirotipiya, kislota bilan kuydirish, tokarlik dastgohida ishqalanish natijasida kuydirish, olov va issiq qumda kuydirish va kattalashtirilgan oyna yordamida quyosh nuridan kuydirish kiradi. Pirografiya-bu grekchadan olingan bo‘lib “Issiqlik bilan chizish” degan ma’noni anglatadi. Bunda yog‘och materialning, faneraning va boshqa xil organik materiallarning sirtiga rasm yoki tasvirlar tushurish qizdirilgan igna yordamida bajariladi. Ishlov beriladigan materialning sirtiga 150 0S haroratning ta’siri natijasida material sirtining ko‘rinishi o‘zgaradi. Hozirgi paytda pirografiya elektr toki bilan qizdirib taxta sirtiga tasvir tushirish usuliga mos ravishda lazer nuridan foydalanib, taxtaga tasvir tushirish uskunalaridan foydalanilmoqda.


Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish