«ochiq kon ishlari texnologiyasi»


Burg‘ulash uskunasini tanlash shartlari



Download 4,65 Mb.
bet12/18
Sana12.04.2022
Hajmi4,65 Mb.
#545992
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
Faridun

Burg‘ulash uskunasini tanlash shartlari.
Tog‘ jinsi massivida skvajinalarni burg‘ulashda, burg‘ulash snaryadi diametri va mehnat unumdorligi turlicha bo‘lgan burg‘ulash dastgohlari ishlatiladi. Dastgohlarni (burg‘ulash dastgohlarini) tanlash esa, tog‘ jinsi xususiyatlari, burg‘ulash ishlari hajmi va portlovchi skvajinalar parametrlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Zich va yarim qoyali tog‘ jinslarini burg‘ulashda – kesuvchi koronkali va aylanma burg‘ulovchi SBR turdagi stanoklardan foydalaniladi, qoyali tog‘ jinslarida – burg‘ulash ishlari hajmi katta bo‘lganida, sharoshkali burg‘ulovchi dasgohlar qo‘llaniladi. SHuningdek, o‘rta va kam ish unumli karerlarda – zarbli aylanma burg‘ulovchi dastgohlar qo‘llaniladi. Kristall strukturaga ega bo‘lgan o‘ta qattiq tog‘ jinslarida burg‘ulash ishlarini olib borishda, SBO turdagi dastgohlar va o‘ta ko‘p yoriqli va tarkibida karstlar bo‘lgan tog‘ jinsi massivlarida – kanatli-zarbli burg‘ulash dastgohlari qo‘llaniladi.
Konchilik sanoatida portlovchi skvajinalarni burg‘ulovchi stanoklar bo‘lgan texnik talablar GOST 26698-85 orqali aniqlandi.
Ushbu standart ochiq kon ishlari uchun 3 guruhdagi stanoklarni tavsiya etadi:
1. SBSH – skvajinani havo yordamida tozalovchi sharoshkali dolotali aylanma burg‘ulovchi (sharoshkali burg‘ulash) stanok. Burg‘ulanadigan skvajinaning shartli diametri 160 dan 400 mm gacha bo‘lgan 5 ta o‘lchamli turi mavjud. Tog‘ jinsi qattiqligi =6-18;
2. SBU – skvajinani havo yordamida tozalovchi zarbli – aylanma burg‘ulovchi (pnevmo zarbli) stanok. Burg‘ulanadigan skvajinaning shartli diametri 100, 125, 160 mm bo‘lgan 3 ta o‘lchamli turi mavjud. Tog‘ jinsi qattiqligi =10-20;
3.SBR – skvajinani shnek yordamida tozalovchi kesuvchi koronkali burg‘ulovchi (shnekli burg‘ulash) stanok. Burg‘ulanadigan skvajinaning shartli diametri 160, 200 mm bo‘lgan 2 ta o‘lchamli turi mavjud. Tog‘ jinsi qattiqligi =1- 6;
Stanokning shartli belgisiga stanok turi va burg‘ulanadigan millimetrdagi skvajinaning shartli diametri kiradi. Masalan: SBSH-320-36 skvajina diametri – 320 mm, skvajina chuqurligi - 36 m.
Ochiq kon ishlarida qattiqligi f=1- 6 bo‘lgan tog‘ jinslarini burchak ostida burg‘ulashda kesuvchi koronkali burg‘ulash stanoklari, qattiqligi o‘rtacha f=6 - 8 bo‘lgan tog‘ jinslarida sharoshkali burg‘ulash stanogi, qiyin burg‘ulanuvchi yirik blokli tuzilishga ega qattiqligi f=10 - 20 bo‘lgan tog‘ jinslarida zarbli – aylanma burg‘ulash stanogi qo‘llaniladi.
Burg‘ulash stanogi modeli va skvajinani tozalash usulini tanlash 2,3 ilovalarda keltirilgan.
Burg’ulash uskunalarining ishlab chiqarish unumdorligini hisoblash.
Burg’ulashning texnk tezligi ( m/s) hisoblanadi:

Bu yerda o’qqa beriladigan optimal kuchlanish kN;
- burg’ulash stavining optimal aylanish chastotasi,min-1
- to’g jinsining burg’ulanish ko’rsatkichi;
- dolota diametri, sm;

- smena davomida ishni tayyorlash va tugatishga ketadigan vaqt, soat;
- smena davomiyligi, s;
- smena davomida remont uchun ketgan vaqt, soat
- burg‘ulashning texnik tezligi, m/soat.
- smena davomida yordamchi jarayonlar uchun ketgan vaqt, soat;
Burg‘ulash stanogining sutkalik unumdorligi ( , m/sutka) topiladi:

bu yerda: - stanokning sutkadagi ishlovchi smenalar soni ( =2 3).
Burg‘ulash stanogining yillik ish unumdorligi ( , m/yil) aniqlanadi

bu yerda: - stanokning bir yildagi ish kunlari soni. SBSH stanogi
uchun: =230÷280 kun.
Talab qilinayotgan ish hajmini bajarish uchun kerak bo‘ladigan stanoklar
soni hisoblanadi ( , dona):

bu yerda: – burg‘ulangan kon massasining yillik hajmi, m3
– 1 p.m. skvajinadan chiqadigan portlatilgan kon massasi, m
Burg‘ulash stanogining parki ( , dona) hisoblanadi

bu yerda: - burg‘ulash stanogining rezerv koeffitsienti:

bu yerda: – karerdagi bir yildagi ish kunlari soni ( =350 kun).
Skvajina parametrlarini hisoblash.
Bugungi kunda karerlarda turli tog‘ jinslarida burg‘uquduqlarni burg‘ulashda turli-tuman samaradorli vositalari mavjuddir. Bu usulning moxiyati shundan iboratki, portlovchi modda qiya yoki vertikal skvajinalarga joylashtirilib, ularning tepa qismlari tiqinlanadi. Tiqinlovchi material o‘rnida qumli inert materillardan, burg‘ulash qirindilaridan yoki maxsus tarkibga ega bo‘lgan tiqinlovchi materiallardan foydalaniladi. Skvajinalar pog‘onaning tepa qismida parallel holatda bir yoki bir necha qator etib, orasidagi masofalar hisoblab teng qilib joylashtiriladi.
Skvajinalar orasidagi masofa shunday tanlanishi kerakki, har bir portlatilgan skvajina o‘rtada ochiq joy qoldirmasdan bir-birining ustiga parchalangan tog‘ jinslarini yopishi yoki qoplashi kerak.
Gorizontal, qiya va vertikal skvajinalar mavjud. Hozirgi kunda vertikal skvajinalar keng qo‘llanilmoqda. Skvajinada portlovchi modda zaryadi yaxlit va oraliq bo‘shliqli holda, portlatiladigan blokda esa bir qatorli va ko‘p qatorli holatda qilib joylashtiriladi.


Download 4,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish