Ochiq dars ishlanma



Download 1,95 Mb.
bet5/5
Sana12.05.2020
Hajmi1,95 Mb.
#49436
1   2   3   4   5
Bog'liq
8 sinf ozbekiston davlati va huquq as

Ishning nomi:

Bajariladigan ish

mazmuni

Metod

shakl

Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

Salomlashish, davomatni aniqlash, sinfni darsga tayyorlash

Suhbat

3 daqiqa



2

O’tilgan mavzuni mustahkamlash

O’tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar berish orqali mustahkamlash, yangi mavzu bilan bog’lash

“Guruhlarda ishlash”

10 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

Yangi mavzuni tushuntirish

Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar asosida beriladi



Suhbat

Savol-javob



8 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

Takrorlash, mustahkamlash

Savol-javob

14 daqiqa

5

Dars yakunlarini chiqarish

Rag’batlantirish (5 ballik reyting)

Muhokama,

tahlil


3 daqiqa

6

Uyga vazifa

Uyga vazifani tushuntirish

Topshiriq

2 daqiqa



I. Tashkiliy qism (3 daqiqa).

O’quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi. Dars shiori tanlanadi.

Darsni boshlashdan oldin o`quvchilar, konstitutsiya va qonunlarga oid she’rlar, fikrlardan o`qib berishadi.

Davlat inson manfaatlari va huquqlari, uning tinch-totuv hayoti va kelajagini tashkil etish va himoyalash kabi ulug'vor maqsadlarga xizmat qiluvchi tashkilotdir.

Islam Karimov

1.1 Darsning oltin qoidalarini ishlab chiqish.

O’qituvchi o’quvchilarga darsning oltin qoidasini aytib o’tadi





1.2. Baholash mezonlari. “ Ofarin “, “ Barakallo “, “Harakat qil” so`zlari yozilgan shakllar.



II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash
“Mavzuga zamin”

O’quvchilar 3 guruhga bo’linadi. Har bir guruh uyga berilgan mavzuga oid atamalardan o’z guruhlariga nom qo’yib olishadi hamda qisqa guruhga qo’yilgan nomga ta’rif berishadi.

Guruhlarga quyidagi topshiriqlar beriladi


O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalari keltirib o’tilgan. Nuqtalar o’rniga tushib qolgan so’zlarni qo’ying va “JAMIYAT” so’zini hosil qilib “BILIMDON SANDIG’I” ning kalitini yutib oling





Mustahkamlash uchun savollar

1. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida odamlar qanday kun kechirganlar?

2. "Har qanday jamiyat jamoadir" degan fikrni asoslab bering.

3. Jamiyat uchun iqtisodiy munosabatlarning qanday ahamiyati bor?


III. Yangi mavzu bayoni (10 daqiqa).


Faollashtiruvchi savollar va topshiriqlar




  1. Siz kundalik hayotingizda davlatning ta’sirini qay tariqa sezasiz?

  2. Umuman, davlatsiz hayot qanday kechishi mumkinligini tasavvur qilib ko‘ring. Bu holda siz qanday burch va mas’uliyatlardan xoli bo‘lar edingiz va qanday muammolarga duch kelar edingiz?

  3. “Davlat” bilan “jamiyat” bir xil yoki farqli tushunchalarmi? Bu tushunchalardan qaysi biri kengroq deb o‘ylaysiz?

Huquqshunoslik fanida "davlat" va “jamiyat” tushunchalari mavjud. Ammo davlat bilan jamiyat tushunchalari bir xil emas. Davlat-jamiyatning shakllangan siyosiy instituti. Jamiyat taraqqiyottning yetuklashgan muayyan davrida paydo bo'lgan. Boshqacha qilib aytganda. “jamiyat - davlatning onasi”. Davlat esa jamiyat “farzandi”, uning mahsuli. Shimday ekan, jamiyat qanday bo'lsa, davlat ham shunday bo’ladi va aksincha. Jamiyat o’z rivojida qanday bosqichlardan o’tsa, davlat ham shunga mutanosib tarzda o’zgarib, takomillashib boraveradi. Bu - qonuniyat.

Davlatiarmng tashkil topishi bu — insoniyatning ibtidoiy jamoa tuzumidan sivilizatsiya tomon burilishi edi. Dunyoda birinchi sivilizatsiyalashgan davlatlarning paydo bo'lishi Qadimgi Sharqda miloddan avvalgi IV—III ming yilliklar davriga to'g'ri keladi. Markaziy Osiyo hududida miloddan avvalgi I ming yillikning boshlarida ilk davlat uyushmalari paydo bo'la boshlagan.




Jamiyat dastlab ijtimoiy hokimiyat, ya'ni hamma odamlarning hokimiyati tomonidan boshqarilgan. Odamlar turli qabilalarga birlashib, obsha qabilada yuzaga kelgan muhim masalalami birgalikda hal qilgan. Qabila ishlarini boshqarishda hamma ishtiroketgan. Bu demokratiya, ya'ni xalq hokimiyatining ilk sodda ko'rinishi edi. Ishlab chiqarishning o'sishi, taraqqiyot natijasida asla-sekin jamiyatda siyosiy munosabatlar paydo bo'ldi.

Jamoa hokimiyati (ibtidoiy demokratiya) o'rniga alohida odamlar ho­kimiyati paydo bo'ldi. Jamiyat boylar va kambag'allar, keyinroq esa boshqaruvchilar va boshqariluvchilarga bo'lindi.

Shunday qilib, boshqaruvchilaming siyosiy hokimiyati sifatida davlat paydo boidi. Bunga qadar insoniyat juda uzoq tarixiy davrni bosib o'tdi. Davlat yuzaga kelgach esa odamlar hayoti butunlay o'zgarib ketdi.

Davlat jamiyat rivojining muayyan bosqichida yuzaga kelgan bo'lib, u o'zining shakllanishi va rivojlanishida uzoq va murakkab yo'lni bosib o'tgan. Dastlabki bosqichda davlat boshqaruvi eng avvalo majburlash usuliga asoslangan.

Lekin asta-sekin umumiy manfeatlar atrofida birikkan odamlar ittifoqi ushbu manfaatlarga erishish uchun, birgalikda faoliyat ko'rsatish uchun muayyan qoida-talablarga ehtiyoj seza boshladi. Mana shu ehtiyoj sabab ushbu ittifoqning barcha a'zolari ucliun majburiy bo'lgan huquq-tartibot qoidalari - qonunlar yuzaga kela boshladi. Bu esa yagona hududda birikkan odamlar ustidan adolatli tarzda hukinronlik qilish imkoniyatini yaratdi. Mana shu huquq-tartibot hokimiyatning takomillashuviga olib keldi. Natijada hozirgi zamonaviy ma'nodagi davlat ko'rinishi shakllana boshladi. Mana shu davlatni quyidagicha, sodda tarzda ta'riflash mumkin: Davlat muayyan huquq-tartibot asosida uyushgan, yagona hududda hukmronlik o'rnalgan va yagona hokimiyatga bo'ysunuvchi odamlar ittifoqidir.

Lekin bu ta'rif davlatning bugungi kundagi barcha belgilarini o'z ichiga olmaydi. Davlatga tolaqonli ta'rif berish uchun uning alohida belgilarini o'rganib chiqishimiz lozim bo'ladi.



Davlatning ibtidoiy, urug'chilik jamiyatidan ajratibturadigan belgilari quyidagilar:

1. Davlat paydo bo'lgan jamiyatda fuqarolar ma'lum bir hududga birlashadilar.

2. Davlat o'z faoliyatini amalga oshirishi uchun murakkab tizimdan tashkil topgan boshqaruv apparatiga ega bo'ladi va ana shu boshqaruv tizimi yordamida o'zining barcha fuqarolari uchun majburiy bo’lgan davlat hokimiyatini amalga oshiradi.

3. Davlat hokimiyatni to'laqonli amalga oshirish uchun qonunlar va turli normativ hujjatlar qabul qiladi. Ya'ni, davlat mayjud bo'lgan joyda huquq ham mayjud bo’ladi.

4. O’z faoliyatini yuritishgakerak bo'ladigan zaruriy xarajatlar o'rnini qoplash uchun moliyaviy manbalarga ega bo'ladi. Soliqlar va boshqa to'lovlar joriy qiladi vaulami yig'adi. Ya'ni o'z budjetiga ega bo'ladi.

Davlat majbur qilish kuchiga, ya'ni hokimiyatga ega bo'lgan, о'z fuqarolari, shuningdek, hududida istiqomat qiluvchi barcha insonlarning manfaallarini himoya qiladigan, hoshqa davlatlar hdan siyosiy, iqtisodiy, madaniy aloqalarni amalga oshiradigan mustaqil siyosiy tashkilotdir.

5. Davlat o'z faoliyatini toMaqonli tarzda amalga oshirishi uchun ocz suverenitetiga (mustaqilligiga) egabo'lishi lozim.



Demak, davlat o'ziga xos belgilarga ega. Agar ularning birortasi mayjud bo'lmasa, biz bunday tashkilotni davlat deyaolmaymiz.


Bobokalonimiz Amir Temur tomonidan о'rta asrlarda barpo qilingan davlatda uni oddiy jamiyatdan ajratib turuvchi barcha belgilar mavjud bo'Igan.

Amir Temur Ко lragon ibn Amir Tarag'ay Bahodir yirik davlat arbobi, yengilmas sarkarda, o'rta asrlarda eng katta davlatlardan birining bunyodkori, tashqi munosaballarda eng oqil yo'llarni topa bilgan rahhar, jang san'ati va qonunlarini ishlab chiqqan mashhur lashkarboshi.
Hikmatiar xazinasidan!

Davlatu saltanat uch narsa bilan: mulk, xazina va lashkar bilan tikdir. Dono vazir bularning har uchalasini tadbirkorlik bilan yaxshi ahvolda saranjom tutadi.

(Amir Temur)

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash (20 daqiqa).


Guruhlarda ishlash:



Bunda o'qituvchi suhbat uslubidan foydalanadi va yangi mavzu bo'yicha guruhlarga quyidagi topshiriqlar beriladi.


O’quvchilarga “Aqliy hujum” metodidan foydalanilgan holda quyidagi savollar beriladi:


IJODIY FAOLIYAT


Yaxshi javob bergan o’quvchilarga sirli sandiqni ochishga ruxsat beriladi






V. Dars yakunlarini chiqarish (3 daqiqa).

. O'quvchilarda paydo bo'lgan savollarga javob berish;

2. Baholarni e'lon qilish.



3.O’quvchilar aytib o’tgan fikrlari to’planib tahlil va xulosa qilinadi va darsning eng so’nggi xulosasi chiqariladi

VI. Uyga vazifa (2 daqiqa).

1. Mavzu yuzasidan darslikda berilgan savollarga javob topish.

2. Kelgusi darsda o’tiladigan mavzu bilan tanishib kelish, asosiy tushunchalarni eslab qolish, qo‘shimcha manbalarni izlab topish




Ko’rgazmali material





Darsda faol qatnashgan o’quvchilarga rag’bat sifatida beriladi.



Rag’bat kartochkalarning old tomoni

Rag’bat kartochkalarning orqa tomoni





RAG’BATLANTIRISH KARTOCHKALAR
Dars jarayonida 3 ta guruhdan avvalgi darslarga nisbatan faolroq qatnashgan o’quvchilarga rag’batlantirish maqsadida ramziy kartochkalar beriladi.




Foydalanilgan adabiyotlar:


  1. I.A.Karimov, “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”, “Ma’naviyat”, Toshkent - 2008.

  2. O.Karimova, N.Ismatova, Sh.Sariqov, O.Amanova “O’zbekiston davlati va huquq asoslari 8”, “YANGIYO’LPOLIGRAPHSERVICE” NMIU, Toshkent – 2014

  3. Sh.Nurg’oziyev “ Tarix darslarida qiziqarli o’yinli usullardan foydalanish” O’qituvchilar uchun metodik qo’llanma, Do’stlik – 2006

  4. T. Xoshimov “Tarix darslarida didaktik o‘yinlar” Metodik tavsiya, Jizzax-2012






Download 1,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish