Ob'ektni qurish uchun yer maydonini umumiy yaroqliligini baholash



Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/9
Sana12.07.2022
Hajmi0,57 Mb.
#779548
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-5-6 varinat Loyiha ishi

 
3.Ekalogik talablar 
ekologik talablar
- bu atrof-muhit sifatini saqlash va yaxshilashga qaratilgan loyihalarni yaratish jarayoni yoki ular bilan 
birga (komponentlarni ishlab chiqish), muayyan ekologik talablarga javob berishi kerak bo'lgan loyihalarni ishlab chiqishdan iborat. 
Ekologik talablar asosida bino va inshootlar loyihalanadi hamda ekologik ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash uchun 
O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi organlariga tomonidan ko‘rib chiqiladi va 
tasdiqlanadi. 
Atrof-muhitni ifloslantiruvchi moddalar tashlamalari, oqovalari manbalari, chiqindilar paydo bo‘lishi va joylashtirilish joyi 
hududiy jihatdan bir-biridan uzoqdagi sanoat maydonchalarida joylashgan taqdirda loyihalarni ishlab chiqish har qaysi sanoat 
maydonchasi uchun alohida-alohida ishlab chiqiladi. Maydonchalarda joylashgan atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbalarning o‘zaro 
ta’sir ko‘rsatmasligi maydonchalarning bir-biridan uzoqdalik mezoni hisoblanadi. 
Atmosferani ifloslantirish manbalarini ko‘rib chiqish quyidagi talablarga muvofiq amalga oshiriladi va quyidagilarni o‘z 
ichiga oladi: 

atmosfera havosini ifloslantirish manbalarini, changdan tozalash va gazni tutib qolish asbob-uskunalarini tekshirish, 
ularning parametrlarini (balandligini, diametrini) va tashlamalar tavsiflarini (haroratini, tezligini) aniqlash; 

tashkilotning sanoat maydonchalari koordinatlarining lokal tizimidagi tashlamalar har qaysi manbalarining 
joylashgan joyini aniqlash; 

ifloslantiruvchi moddalarning atmosferaga ajralib chiqadigan moddalari va tashlamalari miqdori va tarkibini 
aniqlash; 

changdan tozalash asbob-uskunalarining ishlashi va tashkilotning boshqa havoni muhofaza qilish tadbirlari 
samaradorligini baholash. 
Ko‘rib chiqish bosqichlari quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: 
birinchi bosqichda — atmosferani ifloslantiruvchi manba sifatidagi tashkilot to‘g‘risidagi, uning joylashgan joyi, tuzilmasi, 
texnologik jarayonlarining sxemasi va tavsifi, asosiy va yordamchi ishlab chiqarishlarning balans sxemalari haqidagi ma’lumotlarni 
to‘plash amalga oshiriladi. Unda tashlamalar manbalarining mavjudligi va miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar, yoqilg‘i, xom ashyo va 
materiallarning yillik sarfi keltiriladi; 
ikkinchi bosqichda — ifloslantiruvchi moddalarning ajralib chiqish va tashlamalari manbalarini, changdan tozalash asbob-
uskunalari samaradorligini vizual va asbob vositasida tekshirish amalga oshiriladi, ularning tavsiflari aniqlanadi; 
uchinchi bosqichda — olingan natijalar tahlil qilinadi va tizimlashtiriladi,
Aholi salomatligi va ekologik tizimning asosiy tashkil etuvchilari uchun ulardagi ifloslantiruvchi moddalarning yo‘l 
qo‘yiladigan cheklangan miqdorini, shuningdek tashkilotning yoki uning sanitariya-himoya zonasi chegarasidan tashqaridagi ekologik 
tizimga yuklamaning yo‘l qo‘yiladigan cheklangan (eng yuqori) yuklamasi ta’minlanadigan sharoitlarni reglamentlovchi atmosfera 
havosi sifati mezonlariga rioya qilinishini ta’minlash korxonadan atmosferaga chiqadigan ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarini 
normalashning maqsadi hisoblanadi. 
Oqova suvlar joyning relefiga tashlanganda suv qabul qilgichning tabiiy tubini tashkil qiladigan tuproqlarning turi, 
singdiruvchanligi va tozalovchanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘rganib chiqiladi. Joyning relefiga uning turli past-balandligi, shu 
jumladan jarliklari, qazilgan ochiq o‘ralari, qumliklardagi chuqurlik, soy va ariqlarning quruq o‘zanlari kiradi. Ishlab chiqarish va 
xo‘jalik-maishiy oqovalar, shuningdek drenaj suvlari bilan ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib yuborish miqdorlari normalanadi. 
 

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish