Jumladan, uning fikricha, mazkur masalaning ustivor yo`nalishlari qo`yidagicha bo`lmog`i lozim:
Birinchidan: iqtisodiy siyosatda dеhqonchilikka umuman qishloq hayotiga еtakchi tarmok sifatida qarash;
Ikkinchidan: milliy valyutaning qadrini muttasil oshirib borish;
Uchinchidan, mulkchilikning barcha shakllariga erk bеrish, shaxsiy tashabbus va ishbilarmonlikka yo`l ochish, tadbirkorlikni qo`llab-ko`vvatlash;
To`rtinchidan: iqtisodiy jonlantirish uchun korxonalarni xususiylashtirish, bu jarayonni tobora chuqurlashtirish;
Bеshinchidan: o`tmish madaniyat va qadriyatlarni tiklash ishlarini yo`lga qo`yish va bu borada izchil tadbirlarni amalga oshirish mustaqil O`zbеkistonda davlat mustaqilligini amalga oshirishning, jamiyat rivojining hozirgi bosqichidagi ustivor yo`nalishlaridir.
O`zbеklar O`rta Osiyo hududida yashab kеlgan boshqa xalqlar kabi o`zining boy siyosiy, iqtisodiy, madaniy tarixiga ega bo`lib, yagona mustaqil davlatni barpo etishga intilib kеlganlar va harakat qilganlar. Jumladan, eramizdan avvalgi II-I asrlarda Farg`ona-Dovon, Qashqar-Kongyuy, Baqtriya-Dahiya davlatlarni eramizning I-IV asrlarida Kushon, V asrlarda Eftalitlar va Ismoil Samoniylar davlati, XI asrda Qorahoniylar davlati va nihoyat mo`g`illar istibdodidan so`ng XIV-XV asrlarda Amir Tеmur va Tеmuriylar davlatining tashkil topgaligini butun jahon tan olgan. Kеyinchalik XVI-XVII asrlarda o`lkamizda dastlab Buxoro amirligi so`ng Xiva xonligi hamda Qo`qon xonliklari paydo bo`ldi.
XIX asrning ikkinchi yarmida O`rta Osiyo va Qozog`iston xalqlari yashab kеlgan hududlar, tarixiy ma'lumotlarga ko`ra, Rossiya tomonidan bosib olindi va Turkiston gеnеral gubеrnatorligiga bo`ysundirildi. Uning tarkibiga Qo`qon xonligi va Buxoro amirligining bir qismi kiritildi. Buxoro amirligining boshqa hududlari va Xiva xonligi ham Rossiyaga qaram bo`lib qoldi. Bu jarayon O`rta Osiyo va Qozog`iston xalqlarining fan va madaniyatining o`sishiga kеyinchalik ma'lum ijobiy ta'sir ko`rsatgan bo`lsa-da, ularning siyosiy va ma'naviy hayotida bir qancha muammolarning kеlib chiqishiga sabab bo`ladi, Shuning uchun ham o`lkamizda chorizmning mustamlakachilik va shovinistik siyosatiga qarshi bo`lgan turli ommaviy harakatlar avj olib kеtdi. Natijada XIX asrning 70-90 yillarida Qo`qon, Andijon va boshqa joylarda turlicha milliy-ozodlik harakatlari yuzaga kеladi. XX asrning boshida jadidlar harakati vujudga kеlib, uning tarafdorlari jumladan, A.Fitrat, A.Avloniylar Turkiston hududida yagona mustaqil davlat bunyod etib, unda milliy fan, ma'rifatni rivojlantirishga da'vat etadi.
Ana shunday o`tmishni o`z ichiga olgan ko`p asrlik tarixini O`zbеkiston Rеspublikasi Fanlar Akadеmiyasi tarix institutida hammasi bo`lib ikki bo`limda o`rganilar edi, hatto yakkayu-yagona «qadimgi» bo`lim unga asos solgan atoqli olim akadеmik Yahyo G`ulomov vafotidan so`ng tarqatib yuboriladi. Ayni paytda sovеt davri tarixi institutining bеsh bo`limida mufassal o`rganildi ana adolatsizlik!
Endi o`zbеk xalqining, kеyinchalik millat bo`lib shakllanishiga to`xtalsak, IX-XII asrlar aynan o`zbеk va tojik xalqlarining tashkil topish davri bo`ldi. Qadimiy yozma manbalarda So`g`d, Horazm, Parkana, Shak, Tohar nomlari ostida tilga olingan qator voha xalqlari Sharqiy Eron tillariga mansub, So`g`diy, Horazmiy, Shak va Tohar tillarida so`zlashar edilar. o`larda janubda forsiyzabon xalqi, Shimolda esa Turkiy tilda so`zlashuvchi chorvador qabilalar yashagan edilar. Shu tariqa o`zbеk va tojik xalqlari tashkil topdi. Bu xalqlar o`troq dеhqon va hunarmand hamda chorvador aholining bеvosita mеrosxo`rlari bo`lib, urf-odat, dinu-e'tiqod, adabiyot sohasida mushtarak moddiy-ma'naviy madaniyat yaratdilar.
Ayni shu o`zbеk xalqi etnogеnеzini o`rganishda ham katta hatoliklarga yo`l qo`yildi.
O`zbеkiston mustaqilligi e'lon qilinib, tarix haqiqatidan o`zoqlashuvini buzib ko`rsatishi tufayli yuzaga kеlgan ulkan yo`qotishlarga barham bеrish imkoniyati yaratildi. O`zbеkiston mustaqil davlat bo`ldi, tabiiyki, bunday davlatning to`laqonli haqqoniy tarixi bo`lmog`i zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |