1. Fuqarolik jamiyati institutlari. Hozirgi davrda O‘zbekiston jamiyatida 7 millionga yaqin fuqarolar kasaba uyushmalari faoliyatida, 600 mingdan ortiqroq fuqarolar esa siyosiy partiyalar a’zolari sifatida jamoatchilik ishlarida ishtirok etadilar. Shuningdek, millionlab fuqarolar yoshlar, xotin-qizlar, turli jamg‘armalar, nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatida ishtirok etadilar. Mamlakat viloyatlarida 661 ta, tumanlarda 4564 ta, shaharlarda 831 ta viloyat, shahar va tuman kengashlari deputatlari, 10.000 ga yaqin o‘zini o‘zi boshqarish organlari ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etmoqdalar.
Mustaqillik davrida yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishga ham muhim e’tibor berildi. Mamlakatda O‘zbekiston yoshlarining «Kamolot» ijtimoiy harakati jamiyatning barcha yo‘nalishlarida keng faoliyat olib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |