Fuqarolik jamiyati – demak, haqiqiy fuqarolardan, ya’ni uzviy bog‘liqlikda bo‘lgan hamda axloqiy madaniyatga tayanadigan huquqiy va siyosiy madaniyatga ega odamlardan iborat jamiyatdir. O‘zbekiston «Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari» konsepsiyasini ishlab chiqdi va uni izchilik bilan amalga oshirmoqda. Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarishning quyi organi bo‘lgan mahallaning avvalo huquqiy asoslari yaratilmoqda. Bu Asosiy qomusimizning 105-moddasida o‘z ifodasini topgan. 1993 yil 2 sentyabrda «Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida» qonun, 1999 yil 14 aprelda «Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida» qonunning yangi tahriri, 2001 yil 9 aprelda Oliy Majlis Kengashining «Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga saylov o‘tkazishni tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. 2000 yilga kelib O‘zbekiston 10 mingdan ortiq, Toshkent shahrida esa 481 tadan ko‘proq mahalla faoliyat yuritmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |