O‘bekiston Respublikasi Oliy Ta’lim Vazirligi Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti


O‘zbekistonda kechayotgan demokratik o‘zgarishlarning jamiyatning ma’naviy yangilanishiga bog‘liqligi



Download 2,27 Mb.
bet124/241
Sana08.07.2021
Hajmi2,27 Mb.
#112973
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   241
Bog'liq
O‘bekiston Respublikasi Oliy Ta’lim Vazirligi Toshkent Davlat Sh

O‘zbekistonda kechayotgan demokratik o‘zgarishlarning jamiyatning ma’naviy yangilanishiga bog‘liqligi. O‘zbekistonda kechayotgan demokratik o‘zgarishlarlarning jamiyat ma’naviy yangilanishi bilan bog‘liqligining yana bir jihati bor. Ana shu bog‘liqlik Prezident I.A.Karimovning bir qator risolalarida va ma’ruzalarida alohida ta’kidlangan. U O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi umumiy yig‘ilishida (1994 yil 7 iyulda) so‘zlagan nutqida shunday degan edi: «Buyuk ajdodlarimizning beqiyos ma’naviy merosi ming yillik tariximiz va madaniyatimizga asoslangan ma’naviy hayotimizni tiklay boshladik. Dinimiz va tilimizga qaytdik, milliy urf-odatlarimiz va an’analarimiz, xullas, inson ma’naviyatiga daxldor barcha boyliklarimiz qaytadan qad rostlayapti»1. Darvoqe, Prezidentimizning ma’naviyat, uning mohiyati to‘g‘risida nazariy-ilmiy fikrlari g‘oyat chuqur va keng qamrovlidir. Shuningdek, u ma’naviy tarbiya - mamlakatimizda demokratik jamiyat barpo etishning muhim sharti ekanligiga alohida e’tibor beradi. Dunyo tarixida mustaqillik va ozodlik kurashchilari timsoliga aylanganlardan biri, XX asr buyuk hind davlat arbobi Maxatma Gandi: “Insoniyat – bu yagona oila, bo‘linmas oila. Uning har bir a’zosi sodir qilgan jinoyat uchun har birimiz javobgarmiz”, - degan edi. U yoki bu millat yoki davlat ana shu insoniyat degan katta oilaning ichidagi kichik oila. Ana shu oila a’zolarida bahamjihatlik, ma’naviy mushtaraklik bo‘lmas ekan, ular Gandi so‘zlarida aks etgan ma’naviy burch hissasi bilan yashamas ekan, yorug‘ kelajak haqidagi o‘ylar xomxayol bo‘lib qolaveradi. Zero, demokratik rivojlanish barqarorlik va ijtimoiy hamkorlikka tayanadi.

Odamlar ma’naviyat rishtalari bilan bog‘langandagina, ular xalq, millatga aylanadi. Chunki “ma’naviyat - insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da’vat etadigan, inson ichki olamini boyitadigan, uning iymon-irodasini, e’tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg‘otadigan qudratli botiniy kuch”dir.2

Ma’naviyat mavhum tushuncha emas. U millat bilan, milliy tafakkur bilan, millatning tarixi, asrlar mobaynida to‘plangan bilim va tajribasi, tushunchalari, tasavvurlari bilan bog‘liq. Fransuz ma’rifatchisi Jan Jak Russo Yevropa jamiyati hayotida ulkan siljishlar sodir bo‘layotgan XVIII asrda xalqda milliy xarakterni shakllantirishni birinchi vazifa, deb bilgan edi. Chunki uning nazdida “har qanday yaxshi o‘zgarishlarning umumiy maqsadlari har bir davlatda mahalliy shart-sharoit va aholining o‘ziga xos xususiyatlari asosida shakllanadigan munosabatlarga muvofiq shakl olishi kerak”3. J.Russoning fikrlarini bugungi kun nuqtai-nazaridan talqin qilsak, demokratik o‘zgarishlarni amalga oshirish, adolatli, ma’naviyati yuksak insonlar jamiyatini qurishda jahon tajribasiga tayangan holda, avvalo, milliy mentalitetni inobatga olish kerakligi ma’lum bo‘ladi. Ayni paytda shuni alohida ta’kidlash lozimki, O‘zbekistonda kechayotgan demokratik o‘zgarishlar jamiyat ma’naviy yangilanishiga bog‘liqligini faqat o‘zbek millati ma’naviyati bilan bog‘lash va uni shunday deb baholash adolatdan emas. Balki uning bilan yagona bir mamlakat hududida yashayotgan turli xalq va millatga mansub bo‘lgan barcha aholining, turli etnik birliklar va ijtimoiy guruhlarning ham umumiy boyligi, deb qarash haqiqatga yaqinroq bo‘ladi.

Demak, O‘zbekistonda demokratik fuqarolik jamiyatini barpo etish vazifasini ma’naviy yangilanishlarsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Bu haqiqatni hech qachon unutmaslik kerak.

Demokratiya - bu kishilarning birgalikda hayot kechirishi, muammolarni bahamjihatlik bilan hal qilishi, shaxsiy manfaatlarni jamoa, millat, davlat manfaatlari bilan uyg‘un ko‘rishi, bir so‘z bilan aytganda, murosa qilish madaniyatidir.

1983 yili jahonning 29 mintaqasi olimlari, jamoat arboblaridan iborat “Gumanitar muammolarni o‘rganish bo‘yicha Xalqaro Komissiya” tuzildi. Komissiya XX asrdagi gumanitar vaziyat va uni takomillashtirish ustida izlandi. Jazoir, Shveysariya, Polsha, Avstriya, Xitoy, Hindiston, Meksika, Eron, Shvesiya, Yaponiya - jami 29 mamlakatning ma’rifatparvarlari dunyodagi gumanitar muammolarni amaliy o‘rgandilar. “Insoniyat axloqi”, “Global masalalar” (ya’ni ekologiya, qashshoqlik, qurollanish, terrorizm, narkomafiya), “Ommaviy qirg‘in qurollari”, “Qurolli to‘qnashuvlar”, “Daydi bolalar”, “Oziq-ovqat inqirozi”, “Cho‘l-sahrolarning kengayib borayotganligi”, “Favquloddagi vaziyatlar”, “Urushlar” kabi halokatli holatlarning kelib chiqish sabablarini tahlil etib, barcha muammolar insoniy tuyg‘ularning susayishi, ya’ni ma’naviy qadriyatlarning qadrsizlanishi bilan bog‘liq, degan xulosaga keldilar. Ularning to‘rt yillik mehnati natijasi bo‘lgan kitob “Insoniyat insoniyligini saqlab qola oladimi?” (Nyu Jersi, 1989) degan iztirobli nom bilan jahon tillarida nashr qilindi.




Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish