O‘bekiston Respublikasi Oliy Ta’lim Vazirligi Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti


-MAVZU. MILLIY-MA’NAVIY NEGIZLARGA TAYaNISh – DEMOKRATIK



Download 2,27 Mb.
bet123/241
Sana08.07.2021
Hajmi2,27 Mb.
#112973
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   241
Bog'liq
O‘bekiston Respublikasi Oliy Ta’lim Vazirligi Toshkent Davlat Sh

7-MAVZU. MILLIY-MA’NAVIY NEGIZLARGA TAYaNISh – DEMOKRATIK

JAMIYaT QURIShNING ZARURIY ShARTI
Ma’ruza rejasi:

7.1. Milliy-ma’naviy negizlar tushunchasi, mazmuni va mohiyati hamda mustaqillik, demokratik jamiyat qurilishida uning yangicha mazmun kasb etishi.

7.2. Yangi milliy davlatchilik, jamiyat qurilishida milliy-ma’naviy negizlarga tayanish zarurati hamda unga zid jarayonlarga qarshi kurash.

7.3. Milliy va ma’naviy o‘zgarishlarning davlat va jamiyat qurilishida aks etishi.
7.1. Milliy-ma’naviy negizlar tushunchasi, mazmuni va mohiyati

hamda mustaqillik, demokratik jamiyat qurilishida uning

yangicha mazmun kasb etishi
O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurishning milliy-ma’naviy negizlari. Mustaqillikni mustahkamlash davrida jamiyat hayotining siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy, barcha jabhalarda tub tarixiy burilish bilan bog‘liq bir qator muammolarni va vazifalarni hal etishni taqozo etadi. Ana shunday ulkan vazifa va mas’uliyat xalqimizdan bir tomondan ma’naviy yangilanish jarayonini to‘liq idrok etishni, ikkinchi tomondan esa demokratik jamiyat qurishda unga tayanishni taqozo etadi. Negaki milliy-ma’naviy yangilanish, yuksalish, taraqqiyot omiliga aylanmoqda. Shu bois, mustaqillik yillarida jahon sivilizatsiyasiga salmoqli hissa qo‘shgan buyuk allomalarimizning merosini ham yangidan ijodiy o‘zlashtirish hayotiy ehtiyojga aylandi. Ayniqsa, Imom Buxoriy, Imom at-Termiziy, Hoja Bahouddin Naqshband, Hoja Ahmad Yassaviy, Al-Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat, Behbudiy, Usmon Nosir va boshqa ko‘plab buyuk siymolarimiz ilmiy-adabiy merosini o‘rganish mamlakatimizda barpo etilayotgan demokratik jamiyatning milliy-ma’naviy negizlarini tashkil etadi. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq, ajdodlarimiz tomonidan ko‘p asrlar mobaynida yaratib kelingan g‘oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo‘lib qoldi.

Biz ma’naviy qadriyatlarni tiklashni milliy o‘zlikni anglashning o‘sishidan, xalqning ma’naviy sarchashmalariga, uning ildizlariga qaytishdan iborat uzviy, tabiiy jarayon deb hisoblaymiz.1 Masalaning xuddi shu jihatiga urg‘u berib, mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov o‘zining «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» asarida bayon etilgan oltita ustuvor yo‘nalishning bajarilishi kerak bo‘lgan ulkan vazifalar paydo bo‘ldi. Xalqimiz siyosiy mustaqillik va ozodlikni qo‘lga kiritgach, o‘z taqdirining chinakam egasi, o‘ziga xos milliy ma’naviyat va madaniyatning sohibiga aylandi.2

O‘zbekiston bugungi kunda tom ma’nodagi asrga teng buyuk voqealarni boshidan kechirmoqda. Tarixdan ma’lumki, biror xalq hayotida tub burilish sodir bo‘layotgan davrlarda jamiyat yangi istiqbollar sari bormog‘i uchun ijtimoiy munosabatlarni shunga muvofiq o‘zgartirmog‘i lozim bo‘ladi. Shu bois ijtimoiy muhitdagi o‘zgarishlar shaxsning va butunisicha jamiyatning tafakkurida, dunyoqarashida, ma’naviy olamida o‘zgarishlarni taqozo etadi.

XX asrning ulug‘ gumanisti A.Shveyser: “Voqelikni shakllantiruvchi kuchlar ichida ma’naviyat birinchidir”1, - degan edi. Biz bugun ulkan imkoniyatlar davrida yashamoqdamiz. Biroq ularni real voqelikka aylantirish yo‘lidagi g‘ov va xafv-xatarlar ham mavjudligicha qolmoqda.

Siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy islohotlarni izchillik bilan amalga oshirish uchun avvalo, insonlar ongida tub o‘zgarishlar yuz berishi zarur. Zero, kishilar tafakkurini band etgan eski andozalardan, tor qoliplardan, o‘z umrini yashab bo‘lgan aqidalardan xalos etmay turib, yangi davr, tarixiy taraqqiyot bilan tabiiy ravishda qo‘l ushlashib keladigan yangidan-yangi muammolarni hal etib bo‘lmaydi.

Prezident I.Karimov “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida mustaqil taraqqiyotimizga xavf solayotgan tashqi va ichki tahdidlar va ularning oldini olish yo‘llari haqida batafsil fikr yuritib, ma’naviy qadriyatlar va milliy o‘zlikni anglashning ahamiyatiga alohida urg‘u beradi: “Biron-bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay turib, o‘z istiqbolini tasavvur eta olmaydi”2, - deya alohida ta’kidlagan edi.

Darhaqiqat, jamiyatni ma’naviy yangilamay, kishilar tafakkurini o‘zgartirmay turib, demokratik jamiyatni qurish, bozor iqtisodiyotiga o‘tish, umuman hech qanday taraqqiyotga erishish mumkin emas. Zero, demokratik fuqarolik jamiyati yuksak ma’naviyat va keng ma’rifat tantana qilgan jamiyatdir.

Mustaqillik tufayli milliy-ma’naviy tiklanishga imkoniyat yuzaga keldi. Prezidentimiz Islom Karimov “ma’nviy o‘nglanishni amalga oshirmasdan iqtisodiy o‘nglanish mumkin emas”ligini aytib, “Ma’naviyat xalqni, millatni millat qiladigan kuch-qudratdir”degandi. Shu sababli mustaqillik yillarida jahon sivilizatsiyasiga salmoqli hissa qo‘shgan buyuk alloma Imom Buxoriy, at.Termiziy, B.Naqshband, Ahmad Yassaviy, al-Xorazmiy, Farg‘oniy, Beruniy, Ibn-Sino, Amir Temur, Ulug‘bek, Navoiy kabi buyuk zotlar merosini o‘rganish demokratik jamiyatning milliy ma’naviy negizlarini tashkil qiladi. Prezident Islom Karimov 1992 yilda yozgan “O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li” asarida O‘zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlarini ko‘rsatib bergan edi:



  1. umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;

  2. xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;

  3. insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilish;

  4. vatanparvarlik.

Bu tushunchalar bir-biri bilar uzviy bog‘liq bo‘lib, demokratik, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurishda muhim vazifa va manba hisoblanadi. 2002 yil 29 avgust Oliy Majlisning 9-sessiyasida Prezidentimiz Islom Karimov “O‘zbekistonda demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asolarini shakllantirishning aososiy yo‘nalishlari” ma’ruzasida jamiyatni ma’naviy yangilash lozimligi tushunchasini mohiyatan ochib berdi. “Barcha islohatlarning bosh yo‘nalishi va samaradorligi pirovard natijasini belgilab beradigan inson omili va mezonidir” deb bu masalaga alohida e’tibor qaratgan edi. Inson manfaatlarini amalga oshirish uchun zarur sharoit, imkoniyat yaratish orqali demokratik jamiyatni barpo etish mumkin. Prezidentimiz bu masalaga diqqat berib, “Buyuk ajdodlarimizning beqiyos ma’naviy merosi ming yillik tariximiz va madaniyatimizga asoslangan ma’naviy hayotimizni tiklay boshladik. Dinimiz, tilimizga qaytdik, milliy urf-odatlarimiz va an’analarimiz, xullas inson ma’naviyatiga daxldor barcha boyliklarimiz qaytadan qad rostlamoqda”.

Barkamol shaxs-demokratik jamiyat tushunchasidir. Ma’naviy barkamol inson xaqidagi ijtimoiy-siyosiy qarashlar, falsafiy fikrlar tarixda kecha paydo bo‘lgan emas. Uning tarixiy ildizlari Sharq mutafakkirlari ijodiy, falsafiy ta’limotlariga borib taqaladi. Shu sabab “Biz sog‘lom avlodni tarbiyalab, voyaga yetkazishimiz kerak. Sog‘lom kishi deganda faqat jismoniy sog‘lomlikni emas, balki sharqona axloq-odob va umumbashariy g‘oyalar ruhida kamol topgan insonni tushunamiz” degan edi I.Karimov.Prezidentimiz bu borada komil insonga ta’rif berib, ongi yuksak, mustaqil fikrli, xulq atvori bilan ibratli, bilimli, ma’rifatli kishini tushunishini bayon etgan edi. Shu boisdan ham jamiyatning ma’naviy yangilanishi demokratik jamiyat barpo etish omilidir. Milliy-ma’naviy negizlarni bilish uchun tarixni, milliy o‘zlikni anglash ham zarur, chunki xalq ma’naviyatning asosidir.

Darhaqiqat, demokratiya har bir inson uchun oliy qadriyatga, jamiyatning boyligiga aylanmog‘i kerak. Busiz u shunchaki nazariya yoki qog‘ozda qolgan qonunligicha qoladi, xolos. “Barcha islohotlarimizning bosh yo‘nalishi va samaradorligining pirovard natijasini belgilab beradigan inson omili va mezonidir.”1 Negaki, bozor iqtisodiyotini barpo etish birdan-bir maqsad emas. Barcha islohotlar – iqtisodiy, demokratik, siyosiy islohotlardan ko‘zlangan pirovard maqsad insonning mehnat, ijodiy va ma’naviy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishdan iborat. «Shu sababli – deb ta’kidlagan edi – Prezident I.A.Karimov – jamiyatning sifat jihatidan yangi holatga o‘tishida bizga islohot chog‘ida odamlar moddiy ahvoli keskin yomonlashadigan, axloqiy qadriyatlar, ma’naviy tayanchlar barbod bo‘ladigan, o‘tish davrining barcha qiyinchiliklari aholi yelkasiga tushadigan andoza maqbul emas»2. Binobarin, eng avvalo, erkin fikrlaydigan odamgina o‘z Vatanining haqiqiy farzandiga aylanadi. Chunki tafakkur ozod bo‘lmasa, ong va shuur tazyiqdan, qullikdan qutilmasa, inson to‘la ozod bo‘lolmaydi. Inson ozod emas ekan - jamiyat demokratik tamoyillarni qabul qilmaydi.

Demak, inson manfaatlarini amalga oshirish uchun zarur sharoit, imkoniyat yaratish orqaligina demokratik jamiyatni barpo etish mumkin.




Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish