5. O‘zbekiston liberal demokratik partiyasi – 2003 yil 15 noyabrda tashkil topgan. A’zolari 260 mingdan ko‘p. Bosh maqsadi ishbilarmon tadbirkorlarni keng faoliyat yuritishi uchun imkoniyat yaratish. Partiya a’zolari 150 mingdan ko‘p. Elektorati: tadbirkorlar. Shiori “Ishbilarmon, mardlik va shioat sohibi azmi qat’iy bir kishi ming-minglab tadbirsiz kishidan yaxshidir”. O‘zLDPsining Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 41 deputati bor. Partiyaning 36 a’zosi Senatga saylangan.
1996 yil 26 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 7-sessiyasida «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi (ungacha siyosiy partiyalar faoliyati 1991 yil 15 noyabrda qabul qilingan «O‘zR da jamoat birlashmalari to‘g‘risida»gi qonun mavjud edi). Yangi qonun 17 moddadan iborat. Bunda Prezidentlik vakolatlarini bajarish davrida siyosiy partiyaga a’zo bo‘lmasligi aytilgan. Yangi qonunda quyidagilar siyosiy partiyalarga a’zo bo‘lmaydi: sudyalar, prokurorlar va prokuratura tergovchilari, ichki ishlar organlari, milisiya xavfsizligi xizmati xodimlari, xarbiy xizmatchilar, xorijiy dalat fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar. Siyosiy partiya tuzish kamida 8 ta hududiy sub’ekt (viloyat), shu jumladan Qoraqalpog‘iston R va Toshkent shahrida yashayotgan hamda partiyaga birlashish istagida bo‘lgan kamida 5 ming fuqaroning imzosi bo‘lishi talab etiladi. (oldin 5 ta viloyatdan 3 ming imzo to‘plasa bo‘ldi edi). Siyosiy partiya tuzish tashabbuskorlari kamida 50 kishidan iborat bo‘lib, partiya ta’sis hujjatlarini tayyorlashi, ta’sis se’zdi yo konferensiyasini chaqirish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tuzishlari lozim. Tashkiliy qo‘mita tuzilgan kundan boshlab, 7 kun ichida adliya vazirligiga qo‘mita haqida, rahbariyati haqida xabardor qilishi lozim. Tashkiliy qo‘mita 3 oy faoliyat ko‘rsatish mumkin. S’ezd yoki konferensiya chaqirish lozim. Bunda partiya Ustavi va dasturi qabul qilinishi aytilgan. Ustav qabul qilingach bir oy ichida. O‘zR Adliya vazirligiga xabardor qilishi kerak. Adliya vazirligi hujatlarni 2 oy ichida ko‘rib chiqadi. Ro‘yxatdan o‘tsa ommaviy axborat orqali e’lon qilinadi. Siesiy partiya xar yili barchaning e’tibori uchun o‘z byudjetlarini e’lon qilib boradi. Bu xaqida Oliy Majlis yo vakolat beruvchi organga xisobat taqdim etadi. Xozirgi vaqitda Adliya vazirli ro‘yxatidan o‘tib mamlakatimizda foliyat ko‘rsatayotgan 5 ta siyosiy partiyalar mavjud.
2004 yil 30 aprelda O‘zR Oliy Majlisi 14-sessiyasida «Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida»gi qonunni qabul qildi. Barcha demokratik davlatlarda bo‘lganidek, bizda ham partiyalarning o‘zaro kurashi g‘oya va qarashlarning raqobati, saylovchilar ovozi uchun kurash bo‘lishi shart. Endilikda bu harakatlarni amalga oshirishda davlatning o‘zi moliyaviy jihatdan ta’minlashi qonunan hal etildi. Bu masala siyosiy kasb etadi. Bu qonun o‘zida partiyalar moddiy manbalarni aniq ko‘rsatadi. Partiyaning moliyaviy faoliyati barchaning ko‘zi oldida ochiqligini, mablag‘lari qaysi yo‘llar orqali kelayotganini ko‘rsatadi. Shu bilan moliyaviy huquq buzarlik uchun yuridik javobgarlikni keltirib chiqaradi.
Hozirgi kunda jahonda partiyalarning moliyaviy manbalari 3 guruhga bo‘linadi; partiyalarning o‘z mablag‘lari, yuridik va jismoniy shaxslarning hayriya ehson va ixtiyorlari badallari hamda davlat tomonidan moliyalashtirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |