2. O‘zbekiston «Adolat» sotsial demokratik partiyasi –1995 yil 18 fevralda tashkil topgan. Partiya a’zolari 40 mingdan ortiq. Partiya elektorati keng omma tabaqasini o‘zida biriktirgan bo‘lib, o‘rta hol va extiyojmand aholi tabaqalariga tayanadi. Shiori «Elim deb, yurtim deb, yonib yashash kerak» g‘oyasini ilgari surgan. Maqsadi: O‘zbekistonda yashayotgan barcha millat va ellatlarning umumiy manfaatlariga mos keladigan, demokratiya tamoyillariga asoslangan, yangi ijtimoiy munosabatlarni qaror toptirish, adolatli fuqorolik jamiyatini qurish. Oliy Majlis tarkibida bu partiyadan 1995-1999 yillarda 47 ta deputat, 1999-2004 yillarda 11 ta deputat, hozirgi vaqtda (2005 – 2010) esa 10 ta deputata a’zo bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |