3-moddasida: «Har
bir inson yashash, erkinlik va
shaxsiy daxlsizlik huquqiga egadir» deb,
Fuqaro
huquqlari va siyosiy huquqlari to‘g‘risidagi Paktning
6-moddasida esa, «Har
bir insonning yashash huquqi
uning ajralmas huquqidir. Bu huquq qonunlar bilan
muhofaza etiladi. Hech kim o‘zboshimchalik bilan
insonni yashash huquqidan mahrum qila olmaydi»
deb belgilangan.
Xalqaro huquqning
insonparvarlik qoidalaridan
kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
insonning yashash huquqini
uzviy va ajralmas deb
e’lon qiladi hamda kafolatlaydi. Bizda insonning
yashash huquqi qonunlarda gina e’lon
qilinib qolmas-
dan, balki juda ko‘p vositalar bilan ta’minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: