123
ittifoqining vazirlik va boshqaruvlari mavjud bo‘lib,
ular iqtisod va siyosat hamda tarbiyaga oid sohalarni
o‘zining ta’sir doirasida ushlab turgan. Ular respubli-
ka mulki va milliy boyligining asosiy qismiga ega
bo‘lib, ular ustidan iqtisodiy va siyosiy jihatdan o‘z
hukmronliklarini o‘tkazganlar. Mustaqillikning dast-
labki yillarida bu holatga barham berish zarur edi.
Jamiyatni tanazzulga yetaklayotgan muammolarni
bartaraf etish yo‘lida bir qator ishlar amalga oshirildi.
Eski ma’muriy-buyruqbozlik tizimi va unga mos
bo‘lgan hokimiyat va boshqaruv organlari barham
toptirildi. Siyosiy va iqtisodiy
boshqarish hamda tar -
tibga solishning ko‘pgina tuzilmalari tugatildi. Chunki
ular inson huquqlariga va mustaqillikka raxna soluv -
chi ma’muriy-buyruqbozlik tizimining ustunlari edi.
1990-yil 24-martda Respublika Oliy Kengashining
birinchi sessiyasi muhim tarixiy qaror qabul qilib,
O‘zbekiston Prezidenti lavozimini ta’sis etdi. O‘zbe
-
kiston tarixida ilk marotaba joriy etilgan Respublika
Prezidenti lavozimi yangi O‘zbekiston davlat
hokimiyati organlari tizimida markaziy o‘rinni egalla-
di. U siyosiy ti zimning o‘zagi bo‘lib qoldi.
Konstitutsiya suveren
davlatni shakllantirishning
aso siy poydevori, mustaqil davlatchiligimizning tamal
toshi bo‘l di. Konstitutsiyaning 11-moddasiga muvofiq
qonun chiqaruv
chi, ijro etuvchi, sud hokimiyatiga
bo‘ linish prinsipiga asoslangan tizim yaratildi.
Ularning har biri faoliyatida huquqiy asosda avtorita-
rizm va totalitarizmning
xurujlarini istisno etadigan
chinakam de
mokratik me’yorlar va yo‘l-yo‘riqlar
qaror toptirildi. Konstitut
siyada hokimiyat taqsimla
-
nish prinsipi — ho kimiyatning uchta tarmog‘i: qonun
chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyati o‘rtasida
mu vozanat saqlanishining oqilona tizimi yaratilganli -
gini bildiradi. O‘zbekiston Oliy Ken ga shi O‘zbekiston-
ning mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan yangi
qonunchilik tizimini vujudga kel tirish yo‘lidan bordi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
124
1990—1994-yillarda Oliy Ken
gash 200 ga yaqin
qonun, 500 dan ziyod qaror qabul qildi. Kons
ti -
tutsiyaga muvofiq
ilk marotaba Respublika Par
-
lamenti — Oliy Majlis tashkil etildi. Davlat hokimiya-
tining Oliy Majlis va xalq deputatlari mahalliy ken-
gashlaridan iborat vakillik idoralari tarmog‘i vujudga
keltirildi. Oliy Majlis qonunlarni yaratish va amalga
kiritish sohasida samarali ishlab turibdi.
Asosiy Qonunning negizida Respublika sud tizimi
mustaqil hokimiyat sifatida qaror toptirildi. Sud hoki -
miyatining yangi tuzilmalari yuzaga keldi. Sudning
huquq doirasi kengaydi.
Mamlakat mudofaasini ta’minlashda
yangi tizim
barpo etildi. Milliy armiya — O‘zbekiston Qurolli
Kuchlarining tashkil etilishi milliy davlatchilik qaror
topishi yo‘lida muhim yutuq bo‘ldi.
Tashqi aloqalarni ta’minlaydigan tuzilmalar:
Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar
vazirligi (1992-yil 21-fevral), Tashqi iqtisodiy faoli yat
Milliy banki (1991-yil 7-sentabr) tuzildi va boshqa
ixtisoslashgan muassasalarning butun boshli tarmog‘i
vujudga keltirildi.
O‘zbekistonda ijroiya hokimiyati davlat hokimiya-
tining tarkibiy
qismi sifatida mukammallik, yuqoridan
pastga tomon mantiqiy davomiyligi huquqiy jihatdan
konstitutsiyada mustahkamlangan. Respublikada ma
-
halliy hokimlik tizimining joriy etilishi tufayli joylarda
ham mas’uliyat hissi ortdi, davlat tadbirlari, intizom,
huquqiy tartib va qonuniylikka rioya qilish samarali
bo‘lmoqda. Boshqaruv va hokimiyat idoralari o‘rta
-
sidagi munosabatlar
konstitutsiyaviy asosda tar
tibga
solinib, mansabdor shaxslarning javobgarligi kuchay
-
tirildi. Boshqaruv tizimidagi nuqsonlarga, ayniqsa bir
idora funksiyasining boshqa idoralar tomonidan
takrorlanishiga barham berildi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish sohasida
noyob mexanizm tuzildiki, uning ildizlari tarixan
www.ziyouz.com kutubxonasi
125
tarkib topgan jamoa munosabatlari —
mahallaga borib
taqaladi. Shaharlar, qishloqlar, mahallalar fuqarolar
-
ning yig‘ini fuqarolarga davlat ishlarini boshqarishda
ishtirok etish huquqini amalga oshirishga yordam
beradi. Ular o‘z hududidagi ijtimoiy va xo‘jalik vazi-
falarini hal qilish uchun uyushtiradigan organ sifatida
tan olindi.
Shu bilan davlat mohiyati tubdan o‘zgardi. Davlat
islohotlarning bosh tashabbuskori va yo‘naltiruvchisi,
ijtimoiy hayotdagi yangi g‘oyalarni
asosiy amalga
oshiruvchi bo‘lib qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: