Inson va fuqarolarning
asosiy huquq va erkin-
liklari haqidagi konsti-
tutsiyaviy qoidalar
40
www.ziyouz.com kutubxonasi
mas’ul ekanliklarini bayon etadi. Bu qoidalar
qonuniylik, fuqarolarning umumiy tengligi, fuqaro va
davlatning bir-biriga nisbatan bo‘lgan huquqlari va
burchlari bilan o‘zaro bog‘liqligi, shaxsiy va ijtimoiy
manfaatlarining uyg‘unlashganligidan iborat.
Qonuniylik — barcha davlat organlari, jamoat bir-
lashmalari, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomo
-
nidan amaldagi qonunlar va boshqa normativ huquqiy
hujjatlar ning aniq va og‘ishmay bajarilishidir.
Qonuniylikning asosiy talabi mamlakatning ijti-
moiy va davlat tuzumini mustahkamlash, bozor iqti-
sodiyotiga o‘tish uchun mulkning turli shakllariga yo‘l
ochish va ularni qo‘riqlash, fuqarolarning huquqlari,
erkinliklari va burchlarini mustahkamlashdir.
Qonuniylikning talablariga rioya qilish inson
huquq va erkinliklarini to‘la ta’minlanishiga yo‘l
ochadi, insonlarda qonunlarga ishonch va hurmat his-
larini uyg‘otadi. Ikkinchi tomondan esa, davlatimiz
xavfsizligi, barqarorligi va taraqqiyotini ta’minlaydi.
Siz yoshlar Konstitutsiya va boshqa qonunlarning
mazmun-mohiyatini chuqur o‘qib va o‘rganib ularga
kundalik hayotingizda amal qilishga odatlanib bo
-
rishingiz lozim. Shu bilan birga oila, litsey, kollej,
kelajakda esa o‘z ish joyingizdagi ichki tartib-intizom-
ga vijdonan, muntazam amal qilib borsangiz, hayoti -
ngiz xavfsiz, barqaror va farovon bo‘ladi. Sizni komil
inson bo‘lib hayotda o‘z o‘rningizni topishingizga yo‘l
ochiladi. Eng asosiysi inson huquqlari ustuvorligi va
qonuniylik tamoyili buzilmaydi. Bu esa jamiyat va
shaxsning taraqqiyot garovidir.
Ijtimoiy adolat Konstitutsiyaning asosiy prinsipla -
ridan biridir. Konstitutsiyada davlat inson va jamiyat
farovonligini ko‘zlab ijtimoiy adolat va huquqiylik
prinsiplari asosida o‘z faoliyatini amalga oshirishi bel-
gilab qo‘yilgan. Shu bois ham insonga munosib ha
-
yotni va uning rivojlanishini ta’minlash umumdavlat
siyosati darajasiga ko‘tarilgan.
41
www.ziyouz.com kutubxonasi
O‘zbekiston ijtimoiy adolatga asoslangan davlatdir.
Shuning uchun u fuqarolarni, ayniqsa aholining eng
nochor qatlamlari bo‘lmish nogironlarni, ko‘p bolali
oilalarni, yetim-yesirlarni ijtimoiy jihatdan har tarafla-
ma qo‘llab-quvvatlamoqda.
Konstitutsiyamizning 18-moddasida shunday deyi-
ladi: «O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir
xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, mil-
lati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi
va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun oldida
tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilab
qo‘yiladi hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos
bo‘lishi shart». Bu fuqarolarning umumiy tengligi
qoidasi bo‘lib, u hamma fuqarolar huquqlari va
burchlarining tengligini bildiradi. Bu tenglikning
asosiy talabi qonunning hamma uchun bir xil kuchga
ega bo‘lishidir.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining teng
huquqliligi mustaqilligimizning buyuk yutuqlaridan
biridir. Teng huquqlilik — turli millat va elatlarning
teng huquqliligini, barcha fuqarolarning qonun va sud
oldidagi teng huquq
liligini, kasb tanlashda, bilim
olishda, umuman shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy
huquqlardan foydala
nishdagi teng huquqlilikni o‘z
ichiga oladi.
Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi
ning
1-mod dasida «Barcha odamlar erkin, qadr-qimmat va
huquqlarda teng bo‘lib tug‘iladilar», deb belgilab
qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitu tsiyasida
ta’kidlanganidek, «Xotin-qizlar va erkaklar teng
huquqlidirlar». Ularga ilm olishda, kasb-hunar
o‘rganishda, mehnat qilishda, mehnat uchun haq
to‘lashda, davlat va jamiyat hayotida faol ishtirok
etishda, saylash va sayla
nishda erkaklar bilan teng
imkoniyatlar yaratib berilgandir. Bugungi kunda ayol-
lar rahbar lavozimlarda, tadbirkorlik ishlarida faol
qatnashmoqdalar. Davlat hoki
miyatining vakillik
42
www.ziyouz.com kutubxonasi
organlarida ko‘pgina ayollar deputat sifatida faoliyat
yuritmoqdalar.
O‘zbekiston davlati fuqarolarning huquq va erkin-
liklarini Konstitutsiyaviy huquq normalari hamda
boshqa huquq tarmoqlari, ya’ni mehnat, ma’muriy,
oila qonunlari normalari bilan himoya qiladi. Davlat
organlari orqali esa, jamiyat a’zolarining huquq va
erkinliklarining bajarilishini adolatli kafolatlaydi. O‘z
navbatida fuqarolar ham Konstitusiyada belgilab
qo‘yilgan burchlarni bajaradilar. O‘zbekiston Res
-
publikasi mustaqilligini mustahkamlash, ijtimoiy va
shaxsiy mafaatlarni uyg‘unlashtirib qo‘shib olib bo
-
rish, fuqarolarning yuksak ongliligini taqozo etadi.
Fuqarolarning jamiyat oldida o‘z mas’uliyati,
xalqning baxt-saodati uchun doimiy ravishda harakat
qilish, o‘z Vatanini himoya qilish, Konstitutsiyasi va
qonunlarga rioya qilish, o‘z oilasi e’tiqodiga sodiqlik,
kasb mahorati bilan bog‘liq yuksak vatanparvarlik bur-
chini tushunish siyosiy va huquqiy madaniyatning
ajralmas qismidir.
Konstitutsiyamizning 20-moddasida: «Fuqarolar
o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa
shaxslarning davlat va jamiyatning qonuniy manfaat-
lari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasliklari
shart» deb yozib qo‘yilgan. Bu qoidaning mazmuni
shaxsiy va ijtimoiy manfaatlarning uyg‘unlashganligi-
da ifodalanadi. Har bir fuqaro o‘z huquq va erkinlik-
larini, burchlarini yaxshi bilishi, anglashi — uning
boshqa kimsalar tomonidan poymol etilishiga yo‘l
qo‘ymasligidir. Juda ko‘p hollarda fuqarolar o‘z
huquqlarini davlat organla rining aralashuvisiz amalga
oshiradilar, lekin fuqarolar ning huquqi buzilsa, u sud
tomonidan himoya qilinadi. Chunki shaxsiy man
-
faatlarga to‘sqinlik qilish oqibat natijada ijtimoiy
manfaatga to‘sqinlik qilishga olib keladi. Fuqarolar
qanchalik o‘z huquq va erkinliklaridan keng foy-
dalansalar, ular shunchalik jamiyatdagi mavjud
43
www.ziyouz.com kutubxonasi
bo‘lgan illatlarga qarshi keskin kurasha oladilar. Hech
kim fuqarolar ustidan tazyiq o‘tkaza olmaydi. Bu esa
butun jamiyat hayotining yanada demokratiyalashishi-
ga yordam beradi. Lekin har bir fuqaro o‘z huquq va
erkinliklarini, o‘z maqsadlarini amalga oshirish yo‘lida
ijtimoiy muhitni va boshqa kishilarning huquqlarini
inobatga olishi, davlat, jamiyat va fuqarolarning
qonuniy manfaatlariga, huquq va erkinliklariga putur
yetkazmasliklari shart. Shuning uchun har bir fuqaro -
ning manfaati ijtimoiy manfaatlar bilan uyg‘unlashib
borishi lozim. Eng muhimi, jamiyat manfaati, Vatan
manfaati shaxsiy manfaatdan ustun bo‘lsagina,
oldimizga qo‘ygan orzu-maqsadlarimizga erishishimiz
mumkin.
O‘zbekiston
Respublikasi
Kons titutsiyasining VI bob
21—23-moddalari «Fu
qaro -
lik» deb atalib, ushbu moddalarda O‘zbekiston
Respublikasida fuqarolikka oid qoidalar bayon etilgan.
Fuqarolik masalasi siyosiy masaladir. Ibtidoiy jami
-
yatda fuqarolik tushunchasi bo‘lmagan, chunki unda
davlat singari tashkilot ham bo‘lmagan. Fuqarolik
tartiblari davlat va huquq kabi ijtimoiy hodisalar
paydo bo‘lishi natijasida shakllanib, unda davlat
qonunlar vositasida, odamlarni o‘z fuqarolari sifatida
tan olish asoslarini belgilay boshlagan. Shaxs va davlat
o‘rtasidagi o‘zaro munosabat fuqarolik tartiblari bilan
belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |