Erkinlik va ozodlikni,
mustaqillik va hurlikni
tantanali tarzda o‘zida na
-
moyon etuvchi bu muqaddas huquqiy hujjat qabul
qilingan qutlug‘ sanani xalqimiz umumxalq bayrami
sifatida keng nishonlab kelmoqda. Mustaqillik Kons -
titutsiyasi jahonning siyosiy xaritasida yangi suveren
davlat — O‘zbekiston Respublikasi paydo bo‘lganligi-
ni qonuniy tasdiqlab berdi.
Asosiy Qonunimiz
davlat mustaqilligini mus-
tahkamlab, inson huquqi va erkining huquqiy kafolati
sifatida muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Buni
shu aziz Vatanning har bir farzandi yurakdan his etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — davlat-
ning Asosiy qonuni bo‘lib, istiqbol sari intilishimizga
kuch baxshida etuvchi hujjatdir. U ijtimoiy va davlat
hayotining huquqiy asosidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |