,
(1.3)
bunda
Q
k
— o‗lchanayotgan kattalikning izlangan kymati; Q
1
, Q
2
, . . . , Q
n
—
bevosita o‗lchanadigan kattaliklarning son kiymatlari.
Bilvosita o‗lchashga o‗tkazgichning solishtirma elektr karshiligini uning
karshiligi, uzunligi va ko‗ndalang kesimi yuzi bo‗yicha topish, jism zichligini
uning massasi va hajmini o‗lchash natijasi bo‗yicha topish va boshqalar misol
bo‗la oladi. Bilvosita o‗lchashlar bevosita o‗lchashlarning iloji bo‗lmagan ishlab
chiqarish jarayonlarini nazorat qilishda keng ko‗llaniladi.
Birlashtirib o‗lchash bir necha bir nomli kattalik-larni bir vaktda o‗lchashdan
iboratki, unda izlangan katta-liklarning kiymatlari bevosita o‗lchashda hosil
kilingan tenglamalar sistemasidan topiladi.
Bir vaqtda ikki yoki bir necha turli nomli kattaliklarni ularning orasidagi
funksional munosabatlarni topish uchun olib borilgan o‗lchashlar birgalikda
o‗lchash dyoyiladi. Jumladan o‗lchash rezistorining 20° S dagi elektr qarshiligi va
temperatura koeffitsientlari uning karshiligini turli temperaturalarda bevosita
ulchash ma‘lumotlari bo‗yicha to-piladi.
O‗lchashlar yana absolyut va nisbiy o‗lchashlarga bo‗linadi.
Bitta yoki bir necha asosiy kattaliklarni fizik konstantalar qiymatlaridan
foydalanib yoki foydalanmasdan bevosita o‗lchash absolyut o‗lchash deb ataladi.
Masalan, shtangensirkul yordamida bajarilgan o‗lchashlar absolyut o‗lchashdir,
chunki unda o‗lchanayotgan kattalik kiymati bevosita olinadi.
Biror kattalikning shu ismli birlik rolini o‗ynayotgan kattalikka nisbatini
o‗lchash yoki kattalikni shu ismli birlik kattalik deb kabul kilingan kattalik
bo‗yicha o‗lchash nis¬biy o‗lchash deb ataladi. Masalan, optmetr yoki pishangli
skoba yordamidagi o‗lchashlar nisbiydir: avval oxirgi o‗lchov yoki oxirgi o‗lchov
bloki qo‗yiladi va o‗lchash vosityalari shkaladagi ko‗rsatkich nolga teng
bo‗ladigan qilib sozlanadi, so‗ngra o‗lchanadigan detalni joylashtiriladi va sanoq
olinadi, ya‘ni strelka detal o‗lchamining oxirgi o‗lchov yoki blokniig ma‘lum
o‗lchamidan chetga chikishini ko‗rsatadi. Temperaturani termoelektr effektdan
foydalanishga asoslangan o‗lchash yoki massani tortish usuli bilan, ya‘ni massaga
proporsional bo‗lgan og‗irlik kuchidan foydalanish usuli bilan o‗lchash ham nisbiy
o‗lchashdan iborat. Nisbiy o‗lchashdan katta aniqlik zarur bo‗lgan xollarda
foydalaniladi. O‗lchashlar o‗lchash prinsipini aniklab beradigan fizik xodisalarga
asoslanib olib boriladi. Masalan, moddaning kengayishi bo‗yicha temperaturani
o‗lchash, muvozanatlashtiruvchi suyuqlik ustunining ko‗tarilishi bo‗yicha
vakuumni o‗lchash. O‗lchashning biror prinsipini amalga oshirish uchun turli
texnik vositalar ko‗llaniladi. O‗lchashlarda ko‗llaniladigan va normallashgan
metrologik xossalarga ega bo‗lgan texnik vositalar o‗lchash vositasi deyiladi.
O‗lchash prinsipini va vositasini belgilab beradigan usullar majmui o‗lchash usuli
deyiladi.
O‗lchashlarda bevosita (to‗g‗ridan-to‗g‗ri) baholash, differensial, o‗lchov
bilan takkoslash va nol (kompensatsion) usullar keng tarkalgan. Bevosita baholash
usuli o‗lchanayotgan kattalik miqdorini bevosita o‗lchash asbobining xisoblash
qurilmasi bo‗yicha bevosita topish imkonini beradi. Masalan, bosimni prujinali
manometr bilan, massani siferblatli tarozida, tok kuchini ampermetr bilan o‗lchash
va Bu usulda o‗lchash anikligi uncha katta bo‗lmasa ham, o‗lchash jarayonining
tezligi uni amalda ko‗llanishda tengi yo‗k usulga aylantiradi.
Differensial (ayirmali) usul o‗lchanayotgan va ma‘lum kattaliklarning
ayirmasini o‗lchashni xarakterlaydi. Masalan, gaz aralashmasi tarkibini havoning
issiq o‗tkazuvchanligiga taqqoslash yo‗li bilan issik o‗tkazuvchanlik bo‗yicha
o‗lchash.
G‗oyatda aniq o‗lchashlarda o‗lchov bilan taqqoslash usuli qo‗llaniladi.
Bunda o‗lchanayotgan kattalik o‗lchov yordamida topilgan kattaliklar bilan
taqqoslanadi. Masalan, o‗zgarmas tokning kuchlanishini elektr yurituvchi kuchi
normal element EYUK iga teng bo‗lgan takkoslash kompensatorida o‗lchash yoki
massani pishangli tarozilarda muvozanatlashtiruvchi toshlar bilan o‗lchash. Bu
usul ta‘sir etuvchi kattaliklarning o‗lchash natijasida ta‘sirini kamaytirishga imkon
beradi, chunki ular o‗lchanayotgan kattaliklarni o‗zgartirish zanjirida ham, o‗lchov
natijasida topilgan kattaliklar zanjirida ham o‗lchashga doyr signallarni ko‗pmi
yoki ozmi tekis buzadi.
Nol (kompensatsion) usul o‗lchanayotgan kattalikni qiymati ma‘lum bulgan
kattalik bilan taqqoslashdan iborat, ammo ular orasidagi ayirma ma‘lum kattalikni
o‗zgartirish usuli bilan nolga keltiriladi. Potensiometrlar, muvozanatlashtirilgan
ko‗priklar va boshqalar nol usulga asoslan- gan asboblarga mnsol bo‗la oladi. Nol
usul o‗lchashning yuqori aniqligini ta‘minlaydi.