Mavzu:
O‘
zbekistonning mustaqillik davridagi rivojlanishi.
O‗lchashlar xaqida umumiy ma‘lumotlar.
Reja:
1.
O‗zbekistonning mustaqillik davridagi rivojlanishi
.
2.
O‗lchashlar xaqida umumiy ma‘lumotlar.
3. Metrologiya-o‗lchao‗lar haqida.
O‘zbekistonning mustaqillik davridagi rivojlanishi. Hozirda metrologiya
sohasi yanada tez rivojlanishi, hozirgi zamon talablarining bajarilishi nazorat-
o‗lchash asboblariga bog‗liqdir.Bu esa O‗zbekiston mustaqillikka erishganidan
so‗ng yaqqolroq namoyon bo‗la boshladi.CHunki sobiq ittifoq davrida
O‗zbekistonga asosan xom-ashyo yaratishga asoslangan davlat sifatida qaralar edi.
Bundan 15-20 yil muqaddam respublikamizda ishlab chiqarilgan ichki
mahsulotning (YAIM) 70-80 foizi xomashyo (asosan qishloq xo‗jalik)
mahsulotlari bo‗lgan bo‗lsa, hozirga kelib YAIM ning tarkibida turli xizmat turlari
is‘temolga tayyor sanoat va qishloq xo‗jalik mahsulotlari o‗rin olgan.
Respublikamizning eksport salohiyati salmoqli ortishiga erishildi. Mamlakatimiz
o‗z avtosanoatiga, energetikasiga, komunikatsiyasiga ega bo‗ldi, Xalqaro
standartlashtirish tashkilotining (ISO) to‗la huquqli a‘zosi sifatida qabul qilindi.
Mustaqillik yillarida, qisqa davr ichida mahsulotlar xizmatlar va
jarayonlarning sifati va xavfsizligini o‗lchash vositalari, o‗lchash uslubiyatlari,
malakali mutaxassislar, bir so‗z bilan aytganda metrologik faoliyat talablarini
amalga oshiradigan Metrologiya bo‗yicha Milliy idora sifatida dastlab O‗zbekiston
Respublikasi Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish markazi
―O‗zdavstandart‖ (1992), keyinchalik esa ―O‗zstandart‖agentligi (2002) tashkil
etildi. SHu bois barcha o‗lchashlar birliligini ta‘minlash davlat tizimi (UBTDT)
ham yaratildi. Bu tizim milliy qonunchilik talablari bilan bir qatorda Metrologiya
bo‗yicha xalqaro va regional tashkilotlar tartib qoidalari asosida tashkil etildi.
SHunday qilib boshqa davlatlar bilan bir qatorda o‗zbek metrologiyasi turli
tarixiy taraqqiyot bosqichlarini o‗tib, shakllandi, rivoj topa boshladi va hozirda
ham takomillashib rivojlanib kelmoqda. Bu sohani rivojiga, akademiklardan:
M.Z.Xamidxonov, D.A.Abdullaev, N.R.YUsupbekov, V.Q.Qobilov, T.D.Rajabov,
professorlardan: O.A.Azimov, R.K.Azimov, M.F.Zaripov, SH.M.G‗ulomov,
X.Z.Egamberdiev, P.R.Ismatullaev, B.I.Muxamedov, O.SH.Xakimov va ko‗plab
fan nomzodlari, olimlar, tajribali metrologlar, o‗zbek metrologiyasining rivojiga
katta xissa qo‗shmoqdalar.
Bu boradagi yana bir muhim ahamiyatga molik bo‗lgan ijobiy yangilik
sifatida respublikamizda standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish
sohasida milliy kadrlar tayyorlash tizimini shakllanganligini ko‗rsatib o‗tib lozim.
Agar sobiq ittifoq davrida mazkur sohadagi mutaxassislar asosan Rossiya o‗quv
muassasalarida tayyorlangan bo‗lsa, endilikda o‗rta va oliy ma‘lumotli
mutaxassislar mahalliy ta‘lim muassasalarida tayyorlanishi yo‗lga qo‗yildi.
Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq ushbu masalaga jiddiylik bilan kirishildi va
1992 yilda prof. P.R.Ismatullaevning tashabbusi bilan mazkur sohada mutaxassis
tayyorlovchi kafedra Toshkent davlat texnika universiteti tarkibida tashkil etildi.
Mazkur kafedra bazasida har yili o‗nlab standartlashtirish, metrologiya va
sertifikatlashtirish sohasida oliy ma‘lumotli bakalavr va magistr akadnmik
darajasidagi yosh mutaxassislar hayotga yo‗llanma olmoqdalar. Metrologiya,
standartlashtirish va sertifikatlashtirishning qariyb 40 dan ziyod yo‗nalishlari
bo‗yicha kadrlarni qayta tayyorlash ―O‗zstandart‖ agentligi qoshidagi
―Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish‖ ilmiy-tadqiqot institutida
faollik bilan olib borilmoqda.
Hozirda o‗zbek metrologiya xizmatining oldida turgan asosiy vazifalardan
biri – O‗zbekistonni Xalqaro savdo tashkilotiga (XST) a‘zo bo‗lishi borasida
sohaga oid barcha tadbirlarni amalga oshirishdir.