O ZBEKISTONDA OLIY TA LIM SIFATINI OSHIRISHGA QARATILGAN ME`YORIY HUJJATLAR
Kirish.
O‘zbekistonda oliy ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan me’yoriy hujjatlar.
Fizikani o‘qitish uslubiyati fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.
O‘zbekistonda va xorijiy mamlakatlarda ta’lim tizimi va bosqichlari.
Ta’lim tizimini tashkil etish va sifatini oshirishda xalqaro standartlarning ahamiyati.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish.
O‘zbekistonda oliy ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan me’yoriy hujjatlar.
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng, bozor iqtisodiga asoslangan jamiyat qurishga kirishildi. Ma’lumki, jamiyat bilan ta’lim tizimi o‘rtasida o‘zaro dialektik munosabat mavjud. Jamiyat ta’lim tizimining rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratib bersa, ta’lim tizimi o‘z navbatida jamiyat taraqqiyotini amalga oshiradigan malakali kadrlarni yetkazib beradi. Ammo sovetlar davridan bizga meros bo‘lib o‘tgan ta’lim tizimi zamona talabiga javob bera olmas edi. Ta’lim tizimidagi kamchiliklarni prezident I.Karimov 1997 yil 29 avgustdagi Oliy Majlisning IX sessiyasida so‘zlagan nutqida har tomonlama chuqur tahlil qilib berdi. Ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish yuzasidan hukumatimiz tomonidan «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi» va «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Ushbu davlat hujjatlarida ta’lim tizimining muhim qismi bo‘lgan o‘qitish uslubiyatiga ham keng e’tibor berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2017 yil 20 aprel, PQ-2909-son «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalarga mos holda, kadrlar tayyorlashning ma’no-mazmunini tubdan qayta ko‘rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilingan.
Mustaqillik yillarida iqtisodiyotning, ijtimoiy hayotning real talablaridan kelib chiqqan holda, yurtimizda oliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, unga o‘qitishning zamonaviy shakl va texnologiyalarini joriy etish, mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha ixtisoslik yo‘nalishlarini takomillashtirish borasida katta ishlar qilindi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 8 oktyabrdagi farmoyishi asosida tuzilgan Ishchi guruh tomonidan oliy ta’lim tizimidagi mavjud holatni o‘rganish natijalari asosida, qator oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-pedagogik salohiyat hanuz past darajada qolayotganligi, ta’lim jarayonining o‘quv-metodik va axborot ta’minoti zamonaviy talablarga mos emas, moddiy-texnika bazasi tizimli ravishda yangilanishga muhtojligi Oliy ta’lim tizimida o‘quv jarayoniga ilg‘or xalqaro tajribani keng joriy etish, etakchi xorijiy turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish orqali pedagog va ilmiy kadrlar malakasini oshirish borasidagi ishlar talab darajasida olib borilmayotganligi ko‘rsatilgan.
Qabul qilingan qarorda ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf qilish vazifalari belgilangan bo‘lib, oliy ta’lim darajasini sifat jihatidan oshirish va tubdan takomillashtirish, oliy ta’lim muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish, ularni zamonaviy o‘quv-ilmiy laboratoriyalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash maqsadida Oliy ta’lim tizimini 2017 — 2021 yillarga mo‘ljallangan kompleks rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.
Dasturga muvofiq, 2017 — 2021 yillarda 48 ta oliy ta’lim muassasasida jami 180 ta o‘quv, ilmiy-laboratoriya binosi, sport inshootlari va ijtimoiy-muhandislik infratuzilmalari ob’ektlarida qurilish, rekonstruksiya va kapital ta’mirlash ishlari olib boriladi. Shuningdek, 53 ta oliy ta’lim muassasasida 400 ta o‘quv laboratoriyasi bosqichma-bosqich eng zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlanadi, 7 ta oliy ta’lim muassasasida barcha oliy ta’lim muassasalari o‘zaro hamkorlikda foydalanadigan ilmiy laboratoriyalar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Qarorning muhim ahamiyatini ko‘rsatadigan yana bir jihat shundan iboratki, mamlakatimiz Prezidenti tomonidan har bir oliy ta’lim muassasasi bo‘yicha konkret parametr va ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olgan manzilli rivojlantirish dasturlari tasdiqlangan.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha qo‘mitasi (UNESCO) va konsalting tashkiloti (DGP Research & Consulting) hamkorligida jalb qilingan nufuzli xorijiy ekspertlar guruhi tomonidan 2017 yilning yanvar — iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimini kompleks o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan tahlillar natijalari asosida berilgan xulosalarda oliy ta’lim jarayonida nazariya va amaliyot yaxlitligi ta’minlanmaganligi, talabalarning malakaviy amaliyotlarini ishlab chiqarish korxonalarida o‘tkazish samarali tashkil etilmagani oqibatida bitiruvchilarning aksariyat qismi tayyor mutaxassis bo‘lib chiqish o‘rniga, ishga joylashgandan keyin qaytadan o‘z kasbini, mutaxassisligini o‘rganayotganligi, shuningdek, ta’lim sifatini nazorat qilish mexanizmi zamonaviy talablarga javob bermasligi, ta’lim muassasalarida malakali pedagog va boshqaruv kadrlarining yetishmasligi, xorijiy ta’lim muassasalari bilan samarali hamkorlik yetarlicha yo‘lga qo‘yilmaganligi kabi kamchiliklar qayd etilgan.
Bundan tashqari, iqtisodiyot sohalarining istiqbolda kadrlar tayyorlashga buyurtmalarini shakllantirish, bitiruvchilarga qo‘yiladigan malakaviy talablarni ishlab chiqish, tarmoqqa zarur bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash sifatini ta’minlash jarayonidagi ishtiroki talabga javob bermaydi. Oliy ta’lim dasturlarining o‘zgaruvchan mehnat bozori talablariga hamohangligini ta’minlash uchun ish beruvchilar tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmayotligi ko‘rsatilgan.
Oliy ta’lim - ilm-fan - ishlab chiqarish o‘rtasida uzilishlar mavjudligi, integratsiya ta’minlanmaganligi, ilmiy-tadqiqot institutlari oliy ta’limda kadrlar tayyorlash jarayoniga zarur darajada jalb etilmaganligi, ularda ilmiy izlanishlar iqtisodiyot sohalarining real ehtiyojlaridan kelib chiqmasdan amalga oshirilayotganligiligi, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning tizimli tayyorlanmasligi oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatining pasayishiga olib kelayotganligi alohida qayd etilgan.
Xorijiy ekspertlar guruhi tomonidan taklif etilgan tavsiyalarni inobatga olgan holda oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish orqali respublika oliy ta’lim tizimida yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning mazmunini mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollari, jamiyat ehtiyojlari, ilm-fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda tubdan takomillashtirish maqsadida: Oliy ta’lim tizimini 2017 — 2021 yillarda kompleks rivojlantirish dasturiga muvofiq «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlarning malakasini oshirish «Iste’dod» jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida» 2017 yil 27 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5121-son Farmoni, “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 27 iyul, PQ-3151-son qarori va «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida» 2017 yil 18 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 515-son qarori qabul qilindi.
Yuqorida ko‘rsatilgan kamchiliklarni inobatga olgan holda va ularni bosqichma bosqich bartaraf etish maqsadida iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarini oliy ta’lim tizimidagi kadrlar tayyorlash jarayoniga keng jalb etish, ularning ta’lim muassasalari bilan samarali hamkorligini ta’minlash uchun respublika oliy ta’lim muassasalari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Bosh vazirning o‘rinbosarlari — kompleks rahbarlari, mutasaddi rahbarlarga tarmoq (soha)lar bo‘yicha biriktirildi. Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini ta’minlash borasida o‘quv yili davomida amalga oshiriladigan harakatlarning namunaviy rejasi (Yo‘l xaritasi), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslari tarkibidagi vazirliklar va idoralarning oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash yuzasidan buyurtmalarni shakllantirish, tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislarni tayyorlash darajasi va sifatini tubdan yaxshilash hamda tizimdagi korxonalar va tashkilotlarda talabalar amaliyotlarini o‘tkazish, ilmiy ishlarni hamkorlikda bajarish, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining ishga joylashishini ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar dasturlari ishlab chiqildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |