Toshkent
128
barpo etgan Toshkent hokimligining markazi bo‘ldi. 1810- yilda esa Qo‘qon xonligi tarkibiga qo‘shib olindi.
Toshkent Qo‘qon xonligi tarkibiga qo‘sliib olinganidan so‘ng qator bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Chunonchi, o‘rta asrlarda yashab o‘tgan shayx Zayniddin bobo xotirasi uchun yangi maqbara bunyod etildi. Shuningdek, sobiq hukmdor Yunus- xo‘janing qarorgohi Eski 0‘rda buzilgach, yangi — Qo‘qon 0‘r- dasi qurildi.
Toshkent muhim xalqaro savdo yo‘li chorrahasida joylashgani sababli hunarmandchilikning turli sohalari yuksak darajada rivojlangan. Chorsu — shahar hayotining markazi bo‘lgan.
Markaziy Osiyoning boshqa shaharlari kabi Toshkentning ham xo‘jalik hayoti qishloq ahohsining faoliyati bilan chambarchas bog‘lanib ketgan edi. Chunki, shahar hunarmandlari atrofdagi qishloqlardan xomashyo keltirar, ayni paytda esa qishloq aholisi o‘zining ehtiyojini shahar hisobidan ham qoplar edi.
Qo‘qon shahri tarixi haqida so‘zlab bering.
Andijon va Namangan shaharlari haqida nimalarni bilib ol- dingiz?
Marg‘ilon shahri haqida ni malarni bilib oldingiz?
Toshkent shahri haqida bilib olganlaringizni so‘zlab bering.
§. Qo‘qon xonligida madaniy hayot
Umarxon va madaniy Qo‘qon xonligining savdo va hunar-
muhit mandchilik markazi bo‘lgan Qo‘qon,
Marg‘ilon, Andijon, Namangan, Toshkent va boshqa shaharlari ayni paytda madaniyat markazlari ham bo‘lgan. Chunonchi, birgina Qo‘qon shalirida 120 ta maktab, 40 ta madrasa va masjid, Marg‘ilonda 80 ta maktab, 10 ta madrasa va masjid faoliyat ko‘rsatgan. Bu yerda XVIII— XIX asming birinclii yarmida ilm-ma’rifat olamida mashhur ijodkorlar yetishib chiqqan. Qo‘qon xoni Umarxon esa ilm, madaniyat, adabiyot rivojiga, madrasalarda o‘qish-o‘qitish ishlarini yaxshilashga, turli kasb-hunar maktablarining ochilishiga e’tibor bergan.
Yodda tuting. Umarxon va uning umr yo‘ldoshi shoira
Nodiraning sa ’y-harakatlari natijasida XIX asr boshlarida
Qo‘qon ilm-ma 'rifat markaziga aylandi va bu yerda Qo‘qon
adabiy muhiti shakllandi.
9 — O'zbekiston tarixi, 8-sinf
129
Umarxonning o‘zi Amiriy taxallusi bilan ko‘plab she’rlar yozgan. Uning atrofida 70 dan ortiq shoir yig‘ilgan. 1821- yilda Fazliy Namangoniy Umarxon amriga binoan, 63 shoirning shc’rlarini o‘z ichiga olgan „Majmuayi shoiron“ to‘plamini tuzgan. 10 ming misradan ortiq o‘zbek, fors-tojik tilidagi g‘azal, muxam- mas, tuyuq janrlaridagi she’rlar to‘plangan devon yaratilgan.
Arab va fors tillaridagi kitoblar o‘zbek tiliga tarjima qilindi. Noyob kitoblar iste’dodli xattotlar tomonidan ko‘chirildi, nozik tasvirlar bilan bezatildi. Amiriy o‘zbek va fors tillarida she’rlar yozdi. Uning g‘azallar devoni 1882-yilda Istanbulda, 1905-yilda Toshkentda chop etildi.
Maxmur va Gulxaniy
Amir Umarxon davridagi yirik shoir-
lardan biri Maxmur (asl ismi Mah-
mud) XVIII asr oxirida tug‘ilib, 1844-yili vafot etgan. Qo‘qondagi
Madrasayi Mirda o‘qigan, keyin qo‘shinda sipohilik qilgan.
Maxmuming hajviy she’rlar devoni saqlangan bo‘lib, unda 69
asar (3717 misra) jamlangan. U milliy adabiyotda ijtimoiy haj-
viyani yuksak pog‘onaga ko‘taradi. Hajviy asarlarida xalqqa jabr
yetkazgan amaldorlami keskin tanqid ostiga oladi. Xususan,
„Hapalak“ she’rida Hapalak qishlog‘idagi xalq hayotining
ayanchli manzarasini aks ettirsa-da, aslida bu she’r butun
xonlik hududidagi xalq hayotining manzarasini ifodalar edi.
Mazkur she’rda quyidagi satrlar bitilgan edi:
Do'stlaringiz bilan baham: |