Xiva — Buxoro munosa- batlari
Abulg‘oziy Bahodirxon 1663-yilda
hokimiyatni o‘g‘li Anushaxonga top-
shiradi. Anushaxon davrida Buxoro —
Xiva munosabatlari yanada keskinlashdi. Anushaxon bir necha
marta Buxoro xonligi hududlarini xonavayronlikka olib kelgan
harbiy yurishlar uyushtirdi. Uning qo‘shini hatto Samarqandni
egalladi. Biroq 1685-yilda G‘ijduvon yaqinidagi jangda Xiva
qo‘shinlari tor-mor etildi. Ayni paytda Buxoro xoni Subhon-
qulixon Anushaxonga qarshi Xivada fitna uyushtirishga erishadi.
1686-yilda Anushaxon taxtdan tushiriladi.
Subhonqulixon Xivada o‘z tarafdorlaridan shunday fitnachi gumh uyushtira olgan ediki, buning oqibatida Xiva xonligining siyosiy hayoti yanada murakkablashdi, xonlik ziddiyatlar, qara- ma-qarshiliklar girdobida qoldi. 0‘sha davr manbalarida qayd
77
etilganidek, qishloqlar va ekin yerlari o‘rmon hamda chaka- lakzorlarga, ko‘llar qamishzor, botqoqlarga aylandi.
Xiva xoni Sherg‘ozixon (1714 — 1728) davrida Buxoro xoni Abulfayzxon orolliklami Xiva xoniga qarshi gijgijlay boshladi. Natijada, Orolbo‘yi aholisi Xiva xonligidan ajralib chiqdi. Xiva xonligida boshlangan o‘zaro kurash goh u, goh bu tomonning ustunligi bilan to Sherg‘ozixon vafotiga qadar davom etdi. Qabilalar o‘zaro kelisholmagach, endi taxtga Qozoq xonligidan chingiziy sultonlarni o‘tqazish boshlandi. 1728-yilda taxtga o‘tqazilgan Elbarsxon ulaming birincliisi bo‘ldi (1728 — 1740).
Eron shohi Nodirshoh xonlikdagi siyosiy beqarorlikdan foydalanib, 1740-yili Xivani bosib oldi.
Nodirshoh Xivaga o‘z odamini hokim etib tayinlab, Eronga qaytadi. Xivada Eron boshqamv tizimi o‘matiladi. Aholiga „moli omon“ solig‘i sohnadi. Biroq, Eronga qaramlik davrida ham ichki nizolar to‘xtamagan.
Taxt uchun qabilalararo ayovsiz kurash boshlandi. Taxtga esa atayin chingiziylar avlodiga mansub xonlami o‘tqazish davom etdi va ular tez-tez almashtirib turildi. Bu hodisa tarixga „xonlar o‘yini“ nomi bilan kirdi.
Xonlar esa amalda inoqlar qo‘lida itoatkor bo‘lib qoldilar. 0‘zaro ichki kurashlarda ma’lum muddat turkman yovmut- larining qo‘li baland kelib turdi. Xonlikdagi bu ichki bosh- boshdoqlik qo‘ng‘irot qabilasi hokimiyat tepasiga kelgunga qadar davom etdi.
Yakunlarni chiqaramiz
XVII asrdan boshlab Xiva xonligida hukmron sulola nufuzi pasaya bordi, qabila boshliqlarining ta’siri esa kuchaydi. Natijada davlat parokandaligi yuz berdi.
1740-yilda Eron hukmdori Nodirshoh qo‘shinlari Xivani o‘ziga bo‘ysundirdi.
Inoq (turkiycha — ishonch) — Markaziy Osiyoda XI —
XVIII asrlarda hukm surgan sulolalar saltanatida „maslahat-
chi“, „amaldor“, „vazir“ ma’nosini anglatgan.
XVII asrda Xiva xonligi siyosiy hayotiga doir bo‘lgan o‘ziga xos
xususiyat nimada edi?
78
Amudaryo o‘zanining o‘zgarishi qanday oqibatlarga olib keldi?
„Xonlar o‘yini“ nima edi?
Do'stlaringiz bilan baham: |