Me’morchilik
U fors va arab tillarini yaxshi bilgan hamda shu tillarda ham
ijod etgan.
0‘zbek, fors va arab tillaridagi she’rlari uch devonda to‘plangan.
Keyinchahk ular bitta muqova ichiga jamlangan va „Kulliyot“ deb
nomlangan.
M. Solihning „Shayboniynoma“si ayni paytda adabiyotga oid
asar — doston hamdir. Adabiyotimizda bu asar o‘zining yuksak
badiiy saviyasi va tilining soddaligi bilan ajralib turadi.
Abdullaxon II saroyida xizmat qilgan va „Malik ush-shuaro“
unvoniga sazovor bo‘lgan shoir Mushfiqiy o‘z she’rlarida yuqori
tabaqa vakillarining adolatsizliklarini ayovsiz fosh etgan.
Shayboniy hukmdorlar poytaxt Buxoro
va uning atroflarini obod qilishga harakat
qildilar. XVI asr davomida shu davrning barcha muhandislik
imkoniyatlari va jamiyatning ma’naviyat va madaniyati darajasiga
mos ravishda ko‘plab binolar, me’moriy majmualar, inshootlar
bunyod etildi.
Ularning orasida Buxorodagi Mir Arab, Abdullaxon, Sa- marqandda qurilgan Shayboniyxon, Toshkentda qurilgan Baroq- xon va Ko‘kaldosh madrasalari me’morchiligimizning yorqin namunalari hisoblanadi. Baroqxon madrasasi shayboniy hukm- dor Suyunchxo‘jaxonning o‘g‘li Baroqxon tomonidan qurilgan. Madrasa gumbazining balandligi 22 metmi tashkil etadi. Musta- qilhk yillarida bu madrasada ham katta ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
Mir Arab madrasasi Shayx Abdulla (Mir Arab) tomonidan 1530 — 1536- yillarda qurilgan. Uni qurish uchun sarflangan xarajatlarni Buxoro xoni Ubaydullaxon bergan. Madrasa ulkan peshtoqli. Ikki yonida baland gumbazli keng darsxona, masjid va go‘rxona bor. Go‘rxonada Ubaydullaxonning sag‘anasi va Mir Arab hamda uning qarindoshlarining qabrlari bor. Madrasa bugungi kunda ham islom oliy diniy o‘quv muassasasidir.
Buxoroga kelgan Rossiya elchisi Antoniy Jenkinson: „Bu- xoro juda katta shahar, unda g‘ishtlik imoratlar, serhasham bino- lar ko‘p. Hammomlar shunday mohirlik bilan qurilganki, ulaming misli dunyoda yo‘qdir“, — deb yozadi.
Ayniqsa, Abdullaxonning yurt obodonchiligi yo‘lidagi sa’y- harakatlari tarixchilar tomonidan yuksak baholangan. Uning davrida markaziy hokimiyat kuchayishi tufayli katta qurilish ishlari amalga oshirilgan.
34
T/r
|
Savollar
|
T/r
|
Javoblar
|
1.
|
Movarounnahrda siyosiy vaziyat qanday edi?
|
|
|
2.
|
Xurosonda siyosiy ahvol qanday edi?
|
|
|
3.
|
Muhammad Shayboniyxonning siyosiy kurash maydoniga kirib kelishini tasvirlang.
|
|
|
4.
|
0‘zbek xalqining etnik tarkibida qanday o‘zgarishlar sodir boTdi?
|
|
|
5.
|
Shayboniylar davridagi davlat mansablarini sanang.
|
|
|
6.
|
XVI asrda qanday me’morchilik obidalari bunyod etilgan?
|
|
|
35
IIBOB. ASHTARXONIYLAR DAVRIDA BUXORO XONLIGI
bobni o‘rganish natijasida:
Buxoro xonligida ashtarxoniylar sulolasi hukmronligining o‘rnatilishini;
Xonlikning qanday omillar ta’sirida qisqa muddatga bo‘lsa- da o‘z mustaqilligini yo‘qotib qo‘yishini;
Xonlikning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayotini;
Ashtarxoniylar hokimiyatining yemirihslii sabablarini bilib olasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |