Go’daklar uyida bolalarning ijtimoiy adaptatsiyasi jarayonida
ijtimoiy pedagogning o’rni
Bola hayotining ilk yillarida unda u o’sib-rivojlanayotgan mikro ijtimoiy muhit talablarini aks etuvchi ijtimoiy yurish-turishning muayyan turi shakllanadi. Mikro ijtimoiy muhitning o’zgarishi yurish-turishning o’zgarishini ham keltirib chiqaradi. Bu esa yoshlik davrida anchagina mushkul vazifa bo’lib odatda adaptatsion sindrom rivojlanishiga olib keladi.
Go’daklar uyida bolalar doimo bolalar muassasasining mikro ijtimoiy muhitida bo’lishadi va bu muhit ular uchun ijtimoiy yurish-turishni shakllanishining asosi hisoblanadi. Bu sharoitlarda bolalar oiladagidan barvaqtroq tengdoshlari bilan muomalaga ko’nikishadi, kattalar bilan aloqalarga kirishishadi.
Bolalar uyida go’dak ijtimoiy yurish-turishning stereotipini o’zgartirish zarurati haqida gapirganda uch asosiy holatni nazarda tutish lozim:
Bola hayotining ilk oylarida shifoxonadan to’g’ri go’daklar uyiga o’tkaziladi.
Bola yoshiga qarab boshqa guruhga o’tkaziladi.
Bola bolalikka olinadi yoki bolalar uyiga topshiriladi. Albatta kam uchraydigan holatlar ham bo’lishi mumkin. Masalan, bola go’daklar uyiga to’g’ri oilasidan kelib tushadi yoki onasi uni go’daklar uyiga tashlab ketadi, barcha sanab o’tilgan holatlar o’z xususiyatiga egalar, u yoki bu darajada adaptatsion sindromni keltirib chiqarishadi. SHuning uchun biz ularga batafsil to’xtalamiz.
Adaptatsiya atamasi “ko’nikish” degan ma’noni bildiradi. Barcha tipik mavjudotlarning muayyan iqlim, hududda rivojlanishiga ko’nikish xususiyati.
Evalyutsiyaning darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, organizmning evalyutsion imkoniyatlari ham shuncha yuqori bo’ladi.
Insonning boshqa tipik mavjudotlardan farqi uning ijtimoiy muhitda mavjud bo’lishidir. Inson uchun ijtimoiy muhit boshqa sharoitlar (iqlim, harorat, ovqatlanish va boshqalar) kabi ob’ektiv ta’sir omili hisoblanadi.
Insonning kelgusidagi o’zgarishlarga oldindan tayyorgarlik ko’rishi, o’zgargan ijtimoiy sharoitlar munosabati bilan brish-turishni qayta qurish ijtimoiy adaptatsiya deyiladi. Muayyan mikro ijtimoiy muhitda (ish, oila va boshqalar) insonda u yoki bu ijtimoiy sharoitlarga adekvat yurish-turish jihatlari paydo bo’ladi. ijtimoiy adaptatsiyada eng muhim rolni miya po’stlog’i bajaradi.
ijtimoiy adaptatsiyadagiruhiy faoliyatning kuchayib ketishi yoki odatiy yurish-turish shakllarini o’zgartirish zaruriyati yuzaga kelgan qizg’inlik sabablari hisoblanadi. ijtimoiy adaptatsiyaning muvaffaqiyatli kechishi uchun markaziy nerv tizimi hujayralarining chidamlilik darajasi, nerv jarayonlarining kuchi muhim ahamiyatga ega.
ijtimoiy adaptatsiya imkoniyatlari faqatgina tug’ilgandan so’ng rivojlanadi, oliy nerv faoliyati tizimi rivojidan ajralmas hisoblanadi.
Bola dunyoga kelgach inson tomonidan yaratilgan muhitga tushadi. Kattalarning ta’siri va shaxsiy faoliyat natijasiga bolada shu muhitga mos tushuvchi yurish-turish reaksiyalari paydo bo’ladi. Turli yosh davrlarida bolalar va o’smirlar mikro ijtimoiy muhit o’zgarishlariga duchor kelishadi va bu o’zgarishlar ularning yurish-turishiga ta’sir ko’rsatadi.
ijtimoiy pedagogning bolalar uyidagi faoliyati bolani ijtimoiy munosabatlarga qo’shish va uning boshqalar muomalasini kengaytirish, isnoniy munosabatlarga kirishish qobiliyatini rivojlantirishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. ijtimoiy pedagog go’daklar uyi tarbiyachilari va boshqa xodimlari bilan yaqin hamkorlik yuritib, bolalarda ijtimoiy adaptatsiya qobiliyatini rivojlantirishning metodlarini bilishi lozim.
Go’daklar uylarida tarbiyalanayotgan bolalar o’z adaptatsion mexanizmlari bilan mashg’ulot o’tkazish uchun kamroq imkoniyatlarga egalar, demak ularda ijtimoiy ko’nikish darajasi ham ancha past. SHuning uchun o’zgargan sharoitlarga o’tish ular uchun qiyin omil hisoblanadi. Ustiga ustak go’daklar uyi bolalari og’irlashgan biologik va ijtimoiy anamnezga egalar, ularning rivojlanishi va sog’ligi ko’rsatkichlari ham doimo optimal emas. Bu jihatlar ham markaziy nerv tizimi ishchanligini tushiradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar funksional tizimning ko’pgina tarkibiy qismlarining xomligi xarakterli bo’lib, bu ularda adaptatsion mexanizmlar tizimida qizg’inlik holatlarini tez paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Go’daklar uylari bolalari esa ruhiy stress holatiga juda oson tushishadi.
Adaptatsiyaning barcha shakllarini o’rganish bolaning yangi muhit sharoitlariga ko’nikishi bosqichlarini, shuningdek adaptatsion bosqichning murakkabligi darajasini belgilovchi omillarni aniqlash imkonini berdi.
Ko’nikish bosqichlari:
1. Keskin davr yoki dezadaptatsiya bosqichi. Bu bosqichda yangi mikroijtimoiy muhit talablari va odatiy yurish-turish stereotiplpri o’rtasida kelishmovchilik mavjud bo’ladi. Bu vaqtda ayniqsa yurish-turish parametrlarida-kattalar bilan munosabatlar, nutq faolligi, o’yinlarda o’zgarishlar ko’p bo’ladi. SHuningdek, tana og’irligining kamayishi, infeksiyalarga qarshilik ko’rsatishning pasayishi kabi hodisalar ham kuzatiladi.
2. Adaptatsiyaning o’zi. Bunda bola yangi muhitni faol o’zlashtirib unga mos keluvchi yurish-turish shakllarini ishlab chiqadi. Bu davrda turli tizimlardagi chetga chiqishlarning kamayishi kuzatiladi. Hammadan tez ishtaha (15 kun) normallashadi, uyqu va emotsional holat vaqti cho’ziladi. O’yin va nutq faoliyati esa hammasidan keyin o’z o’rniga qaytadi (60 kungacha).
3. Kompensatsiya davri. Bunda organizm faoliyati to’liq normallashadi.
Birinchi va ikkinchi bosqichlarning xarakter va xususiyatlariadaptatsiyani murakkabligi bo’yicha tasniflash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |