O `zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi



Download 7,91 Mb.
bet175/212
Sana31.12.2021
Hajmi7,91 Mb.
#231431
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   212
Bog'liq
navoiyIJTIMOIY PEDOGOGIKA

Yengil adaptatsiya. Bola yurish-turishidagi buzilishlar muddati 20 kun bo’ladi. Bunda ishtahaning ham biroz pasayishi kuzatiladi. 10 kun mobaynida bola iste’mol qiladigan narsalar hajmi normasiga qaytadi, uyquning tiklanishi 7-10 kunda ro’y beradi, emotsional holat, nutq faoliyati va bolalar bilan o’zaro munosabatlar 15-20 kun ichida normallashadi.

SHu bilan birga kattalar bilan munosabatlar deyarli o’zgarmaydi, harakat faoliyati ham pasayadi. Bola adaptatsiya davrida kasallikka chalinmaydi.



O’rta og’irlikdagi adaptatsiya. Bola yurish-turishida barcha buzilishlar yaqqol namoyon bo’ladi va ularning muddati ancha uzoq. Uyqu va ishtaha 20-30 kunda normallashadi, mo’ljal olish faoliyatining buzilishi o’rtacha 20 kun davom etadi, nutq faoliyat 20-40 kungacha qayta tiklanmaydi. Emotsional holat bir oy mobaynida beqaror bo’lib turadi, harakat faoliyatining tiklanishi 30-35 kunda sodir bo’ladi.

Bu davrda ham kattalar bilan o’zaro munosabatlar buzilmaydi. O’rta og’irlikdagi adaptatsiya respirator indeksiyasi kabi kasalliklar paydo bo’lishi mumkin.

Adaptatsiyaning bu yo’nalishi bolalarda odatda 9 oylik yoshdan 1,5 yoshgacha qayd etiladi. Biroq agar bolalarda sog’liq bilan bog’liq muammolar bo’lsa yoki go’daklar uyida sog’lomlashtirish-tarbiya ishi yomon tashkil qilingan bo’lsa har qanday yoshdagi bolada bu holatlar qo’zg’atilishi mumkin.

O’rta og’irlikdagi adaptatsiya bolalarda bir guruhdan boshqa guruhga o’tkazilayotganda, statsionardan go’daklar uyiga kelib tushganda namoyon bo’ladi.

Og’ir adaptatsiya. Bu adaptatsiya turi muddatining uzunligi (2-6 oy va ko’proq) va barcha alomatlarining og’irligi bilan xarakterli hisoblanadi.

Organizmning ko’nikish imkoniyatlarining shakllanishi bola ruhiyatining emotsional-ijtimoiy va bilib olish sohasi bilan yaqin bog’liq hisoblanadi. Emotsional muvozanat va shu asosda shakllanadigan anglab olish faoliyatining yuqori darajasi yengil va muvafaqqiyatli adaptatsiyani ta’minlaydi.

Bolani ijtimoiy adaptatsiyadan xalos etish kerak ekan deb o’ylashnoto’g’ri hisoblanadi. ijtimoiy pedagogning vazifasi bolaning adaptatsion imkoniyatlarini maqsadga muvofiq shakllantirish va mashq qildirishdir. CHunki bola o’z adaptatsion imkoniyatlarisiz o’zini turli ijtimoiy hodisalarda to’g’ri tuta olmaydi. Adaptatsion qobiliyatlarni mashq qildirishmasalasi go’daklar uyida bolalar hayotini tashkil qilishning eng muhim masalalaridandir. Bola yangi muhit sharoitlariga yengil adaptatsiya darajasida ko’nikishga intilish va adaptatsiyaning og’ir buzilishlariga yo’l qo’ymaslik lozim.

Go’daklar uyida bolalar hayotini tashkil qilar ekan ijtimoiy pedagog unga sog’lomlashtirish ishining elementlarini qo’shishga harakat qilishi kerak.

ijtimoiy pedagog faoliyatining eng muhim yo’nalishlariga quyidagilar kiradi:


  1. Bola rivojlanishining va sog’ligining optimal holatini ta’minlash.

  2. Bola bilan doimo muloqatda bo’ladigan kattalar tarkibining barqarorligini ushlab turish uchun 2 yoshgacha bolaga xizmat qiluvchilar sonini cheklab turish.

  3. 12-13 oylardan boshlab bolani unga doimiy xizmat qiluvchilar orqali boshqa qayta shaxslar, go’daklar uyining boshqa xonalari, haydovchilar, ko’cha transporti bilan tanishtirishi lozim.

  4. Bola hayotining 3 yoshda bolalarni go’daklar uyidan tashqariga ko’proq chiqarish kerak, maktab o’quvchilari bilan uchrashuvlar tashkil qilish lozim.

Endigina go’daklar uyiga qabul qilingan bolalarning hayotiga kelsak, bunda avvalambor bola qayerdan kelayotganini (o’z oilasi yoki statsionardan) aniqlash va shu bilan birga bolaning shu paytgacha bo’lgan rejimini saqlab qolishi lozim. Ayniqsa ovqatlanish rejimini nihoyatda ehtiyotlik bilan o’zgartirish lozim: avvalambor ichimlik miqdorini 50-100 gramm ko’paytirish kerak va glyukoza qqo’shilgan qorishma berish ham maqsadga muvofiqdir. SHuningdek 15-20 kun mobaynida hech qanaqa sanchish protseduralarini ham o’tkazmaslik lozim.

5. Bolani guruhdan guruhga o’tkazganda uni avvaldan (1-2 oy avval) yangi xonasi, bolalar, xizmat ko’rsatuvchi shaxslar bilan tanishtirish kerak. YAngi guruhdagi ayniqsa ilk kunlarda bola e’tibor, mehrga muhtoj bo’ladi. Unga eski guruhidan o’zi bilan biror bir o’yinchoqni olib kelishga ham ruxsat bersa bo’ladi. Adaptatsion davr mobaynida rejimli o’zgartirish, emlash o’tkazishga ruxsat berilmaydi. Adaptatsiya varaqasi yoki guruh kundaligiga adaptatsion davrning yakunlanishini aniqlash uchun bolaning yurish-turishi, ishtaxasi, uyqusi haqidagi ma’lumotlarni qayd etib borish kerak.

6. Go’dakning go’daklar uyiga oiladan topshirilishi ham bolaning maktabgacha tabiya muassasaga kirishi kabi tashkillashtiriladi. Biroq shuni yodda tutish lozimki, go’daklar uyiga kirishdagi vaziyat ancha murakkabdir. Bola uchun odatiy sharoitlar birdan o’zgaradi, u yaqinlaridan judo bo’ladi, o’zini hech kimga kerak emas deb hisoblaydi. Bu holatda stress juda kuchli namoyon bo’ladi va og’ir adaptatsion sindrom ham paydo bo’lishi mumkin. ijtimoiy pedagogning vazifasi bola bilan ko’proq shaxsan aloqa qilish, uning stress holati keltirib chiqargan yurish-turish buzilishlarini to’g’ri anglab yetish, bolaga bu og’ir sinovni yengishga harakat qilishdir.


Download 7,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish