Tabbiy chiqindilar TIBBIY CHIQINDILAR VA ULARNI YO'Q QILISH TO'G'RISIDA TUSHUNCHA O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining 2015 yil 2-fevral SanQvaM 0317-15 "RESPUBLIKA DAVOLASH PROFILAKTIKAUASSASALARIDA CHIQINDILARNI YIG'ISH, SAQLASH VA UTILIZATSIYA QILISHNING SANITARIYA QOIDALARI VA ME'YORLARI TO'G'RISIDA"
1. 5 turdagi chiqindi turlari bor - Farmakologik, Biologik, Fizik, Ximik, Radioaktiv. 2. Tibbiyot muassasalarida asosan ZARARLI ( kontaminirovannie ) va ZARARSIZ ( nekontaminirovannie ). 3. Chiqindilarni yig'ish va yo'q qilishdan maqsad - Tibbiyot xodimlarini sodir bo'lishi mumkin bo'lgan noxush xodisalardan muhofaza qilish, yuqumli kasalliklarni axoli o'rtasida keng tarqalishiga yo'l qo'ymaslik.
MUOLAJA XONASIDA CHIQINDILARNI YO'Q QILISH (Sanpin0317-15 bo'yicha 6.9 bandida yozib o'tilgan!) Tibbiyot xodimlariga kasallik yuqishining oldini olish maqsadida igna shpritsdan xavfsiz usullar bilan ajratiladi. Buning uchun barcha davolash profilaktika muassasalari muolaja xonalari ignani ajratuvchi va ignani kesuvchi maxsus asboblar bilan ta'minlanishi kerak. Muolaja xonalari ignani ajratuvchi va ignani kesuvchi maxsus asboblar bilan ta'minlanmagan bo'lsa, shprits va ignalar kimyoviy vositalar bilan zararsizlantirilmaydi. Shpritslarni teshilmaydigan karton yoki plastmassa konteynerlariga joylashtiriladi va konteynerning 4/3 qismi to'lganidan so'ng uni yo'q qilishga topshiriladi yoki yoqib yuboriladi.
FARMASEFTIK CHIQINDILARNI YO'Q QILISH
: Sitotoksid va antibiotiklarlar - yoqiladi va chiqindi maydonchasiga tashlanadi. ( imkon qadar 800°Cda ) : Erituvchi suv, miksturalar, vitaminlar, ko'z tomchilari katta miqdordagi suv bilan aralashtirilib kanalizatsiyaga quyiladi : Suyuqlik ko'rinishidagi farmasevtik chiqindilar boshqa farmasevtik chiqindilar bilan birga yo'q qilinishi mumkin emas! : Sitotoksik chiqindilar ochiq suv xavzalariga va chiqindi maydonchalariga tashlanishi qat'iyan man etiladi. : Yoqish yo'li bilan yo'q qilish imkoni bo'lmagan xolda ular inkapsulyatsiya yo'li bilan yo'qotiladi. ☣ O'GIR METALL ( RUTUT, KADMIY) LARNI YO'Q QILISH : Eng qulay yo'li qayta ishlashga topshirish : Yoki inkapsulyatsiya qilish : Singan termometrlarda rugut sochilganda uni rezina qo'lqoplarida qog'oz yordamida yig'ib qayta ishlashga yuboriladi yoki inkapsulatsiya qilinadi.