O `zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Farmatsevtik kimyo kafedrasi dori vositalarining instrumental tahlil usullari fanidan o`quv-uslubiy majmua


-MA`RUZA. DORI VOSITALARNI TAHLILIDA FARMAKOPEYA USULINI TANLASH. NAMUNA OLISH VA TAHLIL UCHUN NAMUNA TAYYORLASH



Download 8,68 Mb.
bet150/261
Sana02.06.2022
Hajmi8,68 Mb.
#629725
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   261
Bog'liq
2 5465469338699962879

32-MA`RUZA. DORI VOSITALARNI TAHLILIDA FARMAKOPEYA USULINI TANLASH. NAMUNA OLISH VA TAHLIL UCHUN NAMUNA TAYYORLASH.


Reja:
1. Dori vositalarni tahlilida farmakopeya usulini tanlash.
2. Namuna olish va tahlil uchun namuna tayyorlash.
33-MA`RUZA.IMMUNOFERMENTTAHLILUSULLARI.


Reja:

1.Immunoferment analiz tahlil usullari haqida tushuncha


2.Immunoferment analiz tahlil usullarining turlari
3.Immunoferment analiz tahlil usullarining dori vositalar tahlilida qo’llanilishi


Tayanch iboralar: Immunoferment analiz, biochiplar, biosensorlar

Immunoferment tahlil XX-asr 60-yillarining o‘rtalarida vujudga kelib, avval, gistologik preparatda antigenni identifikatsiyalash, keyin esa immunodiffuziya va immunoelektroforez testlarida pretsipitatsiya chiziqlarini aniqlashda qo‘llanilgan. Bundan tashqari biologik suyuqliklarda antigenlar va antitelalarni miqdoriy tahlili uchun ishlatila boshlangan. Metodni geterogen usulini ishlab chiqishda E.Engvall va R.Perlmann, shuningdek, ularga bog‘liq bo‘lmagan ravishda V.K.Van Veemen va A.shuurslar 1971 yili o‘z tadqiqot ishlarini olib borganlar va ushbu usulning muallifi hisoblanadilar. 1972 yili esa E.K. Rubenshteyn o‘z shogirdlari bilan immunoferment tahlilning gomogen usulini ishlab chiqishga muvaffaq bo‘lganlar. Ushbu immunoferment tahlilning usullarini ishlab chiqqan mualliflar aynan, o‘z tadqiqot ishlarida va shuningdek, amaliyotda immunoferment tahlilning talablariga javob bera oladigan ferment molekulalarini va ularning kofaktorlarini nishon sifatida qo‘llab, konyugat olish mumkinligini isbotlaganlar. Sababi yuqorida aytib o‘tilgandek, fermentlar o‘z substratlari ishtirokida kimyoviy reaksiyani I06-1012 marotaba tezlashtirar ekanlar, shu bilan birga ular antigen va antitelalar o‘rtasida bo‘ladigan immunokimyoviy jarayonlarning sezgirligini ham bir necha bor oshirib, aniqlanishi kerak bo‘lgan modda miqdorini (pkM) juda kichkina qiymatlarda aniqlash uchun kerakli fermentativ reaksiya turini katalizlash imkoniyatga ega moddalar hisoblanadilar. Shuning uchun immunokimyoviy reaksiyalarda, faqat ferment molekulalari emas, balki ularning kofaktorlari ham maxsus markerlar sifatida IET ning turli usullarida keng qo‘llanilmoqda.


Hozirgi vaqtda immunoferment tahlilning (IFT) usulining xilma-xil turlari ishlab chiqilgan. IFT turli xil moddalarni aniqlash uchun keng qo‘llaniladi. Jumladan, dorivor preparatlarni, gormonlarni, antitelalarni, virus va bakterial antigenlarni, oziq-ovqat toksinlarini, fitotoksinlarni, narkotik moddalarni, hamda sifiliz, malyariya taksoplazmoz, alveokok, qizilcha va gelmintlarni, salmonellezni va kasallik tug‘diruvchi mikroorganizmlarni diagnostika qilishda keng qo‘llaniladi. Modomiki, IFT antitelalarni aniqlashda ham qo‘llanilar ekan, bu esa o‘z navbatida ko‘p kasalliklarni boshlanish bosqichida oldini olish va serodiagnostika qilish imkoniyatini yaratadi.
IFTning asosiy mohiyati shundan iboratki, biokatalizator molekulasi reaksiya ketadigan zonada antigen bilan yoki antitela bilan bog‘langan shaklda bo’lishidir. Antigen yoki antitelaning ferment molekulasi bilan bog‘langan shakli konyugat deb yuritiladi. IFTni o‘tkazish vaqtida antigen antitana molekulasi bilan bog‘langandan so‘ng, ushbu kompleksni aniqlash uchun, fermentning substrati kiritiladi va reaksiya natijasida Hosil bo’ladigan mahsulotlar aniqlanadi.
Shuni aytib o‘tish lozimki, IFTda fermentativ reaksiyani deteksiya qilish hosil bo‘lgan mahsulotni aniqlash bilan chegaralanmay, balki reaksiyasi natijasida rangli o’zgarish, issiqlik ajralish yoki yutilish, flyuresensiya, paramagnit xususiyatlarni yoki boshka fizik-kimyoviy parametrlarni o’zgarishi natijasida aniqlashni amalga oshirish mumkin
IFTni o‘tkazishda immun komponentlarning tozalik darajasi muhim ahamiyatga egadir. Sababi IFTning sezgirlik darajasi komponentlarga va ayniqsa unda nishon sifatida qo‘llanilayotgan ferment molekulasi faolligiga bog‘liq bo‘ladi. Antitela serologik jihatdan faol va antigenga nisbatan titri yuqori bo’lishiuchun, antigenning immunogenlik xususiyati yuqori bo’lishi. Shunda antigen kerakli antitelalarning uzluksiz sintezini amalga oshirishga qodir bo‘ladi. IFTda ishlatilayotgan immun komponentlarning titri yuqori bo‘lmasa, ushbu oqsillar modifikatsiyadan so‘ng denaturatsiyalanishi hisobiga inaktivlanadi.
Ayniqsa toksinlar holatidagi oqsil tabiatli ba’zi moddalar, viruslar, ba’zi mikroorganizmlarni faol bo‘lmagan shtammlarini antigen sifatida olish kon’yugatlarni kimyoviy sintezida ijobiy natija bermaydi. Shu sababli antigen antitelolarni ma’lum manbadan ajratish va ularni tozalash va kalibrovka egri chiziqlarini tayyorlash talab etiladi. Antitelolarni tozalashda biospetsifik xromatografiya qo‘llaniladi. Buning uchun avvalo immunosorbentlarni sintezlash kerak. Ushbu immunosorbentlar IFTning geterogen variantlarini ishlab chiqishda kerak bo‘ladi. Immunosorbentlar olish uchun immobilizatsiyalangan antigenlarni sintezlash zarur. chunki geterogen IFT qattiq tashuvchi yuzasida olib boriladi.
IFTni qaysi usuli amalga oshmasin unda albatta nishon sifatida ferment molekulari ishlatiladi deb yuqorida aytib o‘tilgan edi. Shu sababdan avvalo antigen yoki antitela kon’yugati sintezlanadi. Buning uchun antigenga nisbatan aniq spetsifik bulgan antitelo tikuvchi komponent bilan modifikatsiyalanadi, ya’ni antitelo ferment molekulasiga kimyoviy (kovalent) bog‘lanadi. Kimyoviy sintezlangan kon’Yugatlarning fermentativ va serologik faolliklari aniqlanadi. Kon’yugatlar tahlilni o‘tkazish uchun yaroqli bo‘lsa, nihoyat so‘ngi bosqichda IFT o‘tkaziladi. Olingan ma’lumotlar tegishli asboblar yordamida tahlil qilinadi.
Bu o‘rinda shuni qayd etish lozimki, immunoferment tahlilni ishlab chiqishda bir qator qoidalarga rioya qilish kerak. Birinchidan, aniqlanayotgan moddani, ya’ni antigenni tahlil qilishda yukori darajada mos keladigan, unga o‘ta spetsifik bo‘lgan antitanalarni tanlab olish talab etiladi. Ikkinchidan, shunday fermentni nishon sifatida ishlatish uchun tanlab olish kerekki, u antigen yoki antitana bilan shuningdek, tashuvchi bilan kimyoviy usulda bog‘langanda ham, o‘z xususiyatini o‘zgartirmasligi va bir vaqtning o‘zida antigen va antitana o‘rtasida kechadigan immunologik reaksiyaga ta’sir kilmasligi va ayniqsa, fermentativ faolligini saqlab qolishi kerak. Uchinchidan, IFTni o‘tkazishda qo‘llaniladigan reagentlar va asbob uskunalar, shuningdek immun komponentlarni immobillash uchun ishlatiladigan tashuvchilar har tomonlama qulay va iqtisodiy jihatdan talabga javob beradigan bo’lishilozim. Nihoyat ahamiyatli omillardan yana biri IFTda komponentlarni barqarorligini ta’minlash muhimdir. Bunda yuqori barqarorlikka ega bo‘lgan komponentlarni olish uchun tikuvchi agentlar yordamida tashuvchilarga immobillash jarayonini amalga oshirish yordamida erishish mumkin. Bu o‘rinda shuni aytib o‘tish lozimki, immunoferment tahlilni, asosan ikkita katta usulga ajratish mumkin: geterogen va gomogen usullarga. IFTning geterogen usuli qattiq tashuvchi ishtirokida olib boriladi. Bunda immun kompleks tashuvchiga immobillangan antitana yoki antigen va ferment bilan nishonlangan antitana yoki antigen bilan immun kompleks hosil qiladi va immun reaksiya amalga oshgandan so‘ng, fermentativ faollikni o‘lchash orqali antigen miqdori kalibrovka chizig‘i yordamida aniqlanadi.
IFTning gomogen usulida esa barcha jarayonlar suyuq muhitda, ya’ni qattiq tashuvchi ishtirok etmagan sharoitda olib boriladi. Immun kompleksni registratsiya qilish jarayoni katalitik yoki ferment reaksiyalari ketishi bilan bog‘lik o’zgarishlar asosida amalga oshiriladi. Yuqorida qayd etilgan ikkala usul uchun ham umumiy talab shundan iboratki, antigen yoki antitanalarni standart eritmalari asosida oldindan kolibrovka chizigini yaratish kerak bo‘ladi. chunki, aniqlanayotgan modda miqdorini aniqlash, IFT natijasini tahlil qilish ana shu kolibrovka asosida ko‘rsatib beriladi.
Immunoferment tahlilning geterogen usuli qattiq fazada o‘tkaziladi. Bu usulniham bir kancha guruhlarga bo’lish mumkin. Immobilizatsiyalangan antitelo va antigen-ferment kon’Yugatlarini qo’llash. Aniqlash uchun uch bosqichda olib boriladi. Birinchi bosqichda antitelo ferment kon’Yugatlarini ma’lum mikdori aniqlanyotgan antigen bor namuna bilan aralashtiriladi. Keyingi bosqichda immobilizatsiyalangan antitelolar bilan bu aralashmani o‘zaro ta’sirida ikkala antigen nishonlangan va nishonlanmagan fermentning aralashmadagi proporsional mikdori ishtirok etadi. Uchinchi bosqichda substrat bilan reaksiyani ikkita usuldan birida yo bog‘lanmagan konyugat molekulalari bilan, yoki immobilizatsiyalangan antitelo bog‘langan ferment molekulasi bilan o‘tkazish mumkin.
Reaksiyani ustunli (kolonkali) tarzda o‘tkazish qulay. Antitelolar bilan immobilizatsiyalangan tashuvchi mikrokolonkaga joylashtiriladi. Avvalam bor tashuvchidagi antitelolar miqdoriga ekvivalent bo‘lgan antigen-antitelo kon’yugatlarini miqdori aniqlanadi. Bu tajriba kolonka orqali fermentativ aktiv kon’yugat chiqmaguncha, nishonlangan antigenning oshib boruvchi miqdori o‘tkaziladi.
Oldindan antigenni ekvivalent miqdori topilgandan so‘nggina aniqlashni o‘ziga o‘tiladi. Kolonka orqali aniqlanayotgan antigen tutgan namuna o‘tkaziladi. So‘ngra u yuvilgandan keyin, xuddi shu kolonka orqali antigenlarni fermentli kon’yugatlarini ekvivalent mikdoridagi eritmaga o‘tkaziladi. Aniqlanayotgan namunada antigen qancha ko‘p bo‘lsa, mikrokolonkadan yig‘ilgan eritmaning ferment faolligining ko‘rsatkichi shuncha yuqori bo‘ladi.
Immobilizatsiyalangan antitelo va antitelo-ferment kon’yugatlarini qo’llash. Bu usul sodda bo‘lganligi uchun xilma-xil maqsadlarda keng qo‘llaniladi. Biror bir qulay usul yordamida antitelo immobilizatsiyalangan holatda o‘tkaziladi. Bunda tashuvchini o‘zi reaksion teshik (yacheyka) rolini bajaradi. Birinchi bosqichda immobilizatsiyalangan antitelolarga, aniqlanayotgan antigen tutgan namuna ko‘shiladi. So’ngra antitelo bilan bog‘lanmagan barcha birikmalar yuviladi. Keyingi bosqichda reaksion muhitga antitelolarni fermentli konyugatlari solinadi. Nishonlangan antitelolar ham antigenlar bilan bog‘lanadi va ularning mikdori, ferment faolligi ham namunadagi antigen miqdoriga proporsional bo‘ladi. Bog‘lanmagan kon’yugatlarni yuvgandan so‘ng substrat qo’shiladi.




  1. Download 8,68 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish