O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909 sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2017 yil 5 maydagi PQ-2956-sonli “O‘zbekiston Respublikasida tibbiy ta’lim tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3151-sonli “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775 sonli “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamalakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohatlarda faol ishtirokini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, PQ-4310 “Tibbiyot va farmatsevtika ta’limi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlarini ijrosini ta’minlash maqsadida, yuqori darajada ma’naviy va ahloqiy sifatlarga ega bo‘lgan malakali kadrlarni tayyorlash ilmiy asoslangan, xalq manfaatlariga javob beruvchi dasturni ishlab chiqishni taqozo etmoqda.
Instrumental tahlil usullari fani yuqori malakali dorishunos-mutaxassislarni tayyorlashda yetakchi fanlardan biri bo‘lib, u dori moddalarini fizikaviy va kimyoviy xossalarini, instrumental tahlil usullada ishlatiladigan asbob-uskunalarning tuzulishi, ishlash prinsiplari, tahlil uchun namunalar tayyorlash bosqichlari tahlil jarayoni bosqichlari, chinlik va miqdoriy tahlilllar, namunalar tozligini tekshirish sharoitlarini o‘rgatadi. Yosh mutaxassis, farmatsiyaning qaysi sohasida ishlashidan qat’iy nazar, u albatta dori vositalarining fizikaviy va kimyoviy xossalarini mukammal bilgan holda, ularning sifat taminlashda allbatta instrumental tahlil usullarini bilishi lozim.
O’quv fanining maqsadi va vazifasi
Instrumental tahlil usullarifanini o’qitishdan maqsad- talabalarni dori vositalarini tahlil qilishda foydalaniladigan zamonaviy asbob uskunalardan foydalanish ko’nikmalarini hosil qilish. Hozirgi davrda kimyoviy moddalarni shu jumladan dorivor moddalarni kimyoviy tarkiblarini va ularni ichidagi aralashmalarni aniqlashda kimyoviy hamda fizik usullardan foydalaniladi. Kimyoviy usullar asosan modda tarkibini kimyoviy reaksiyalar yordamida, fizik usullar moddalarni fizik xossalarini, fizik-kimyoviy usullar esa ularni bir vaqtni o’zida ham kimyoviy ham fizik xususiyatlari asosida tahlilini amalga oshirishga asoslangan. Yuqorida ko’rsatilgan usullarni hammasi ham tekshiriluvchi moddani biror bir xususiyatini aniqlashga asoslangan. Har bir tekshiriluvchi modda o’zining struktura tuzilishi jihati bilan fizik-kimyoviy xususiyatlari bilan boshqa birikmalardan tubdan farq qiladi, ya’ni u o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi. Masalan moddalarning nur o’tkazish xususiyati, nur yutishi, har bir moddani tarkibiga, uning tuzilishiga bog’liqdir. Moddalarning turli erituvchilarda erishi, ularni kristall holatdagi kristallarni formasi, ularni nur sindirish ko’rsatkichi,elektr o‘tkazuvchanligi, qutblangan nurni burish burchagi va shu kabi parametrlari bilan o’ziga xos xarakterga ega. Noma’lum moddani biror bir xususiyatini o’rganib, uni ma’lum modda (standart) asosida solishtirib aniqlash mumkin bo’ladi. Buning uchun moddani sifatini kimyoviy aniqlashda bir nechta analitik reaksiyalar asosida xulosa qilish mumkin bo’ladi.Hozirgi vaqtda moddalarni ayrim xususiyatlari ularni aralashmalar orasida individual holatda ham aniqlashga imkon beradi. Masalan: xinin eritmasining H2SO4 kislotali sharoitda fluoressensiyalanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |