vertebralis superior et inferior) bor. Umurtqaning pastki kemtigi
nisbatan chuqurroq bo‘ladi.
Umurtqalar o‘zaro birlashganida umurtqaning ustki va pastki
kemtiklari o ‘ng va chap tomonda umurtqalararo teshikni (foramen
intervertebrale) hosil qiladi. Bu teshiklar orqali orqa miya nervlari
va qon tomirlar o‘tadi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqning 3 - 7 b o ‘yin, ko ‘krak va bel
umurtqalari shakl jihatdan kattalamikiga o‘xshaydi. Ammo ko‘p
qismi tog‘aydan iborat. Ulaming ravog‘ida joylashgan suyaklanish
nuqtalari o‘zaro tog‘ay qatlamlar vositasida ajrab turadi (8-rasm).
Emizikli davrda umurtqa tanasi va ravog‘idagi suyaklanish
nuqtalari kattalashadi. Bola hayotining birinchi ikki yilida har bir
yarim ravoqlar suyaklanadi va bo‘g ‘im o ‘siqchalari hosil b o ‘ladi.
8-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |