X - umurtqaning ikki ustki chekkasida (X qovurg‘a uchun) bitta-
dan yarim chuqurcha bor. XI - XII umurtqalaming yon tomonlarida
esa bittadan to ‘liq chuqurchalar bor.
I-X umurtqalaming ko ‘ndalang o ‘siqchalarining oldingi yuza
sida ko‘ndalang o ‘simtaning qovurg‘a chuqurchasi (fovea costalis
processus transversi) bor. U qovurg‘a do‘mboqchasi bilan birlasha-
di. XI va XII k o ‘krak umurtqalarining ko ‘ndalang o ‘siqchalari qisqa
bo‘lib, bo ‘g ‘im chuqurchasi y o ‘q.
Ko‘krak umurtqalarining qirrali o‘siqchasi nisbatan uzun bo‘lib, uchi
pastga qaragan. Bo‘g‘im o ‘siqchalari frontal sathda joylashgan, ustki
bo‘g ‘im yuzasi orqaga, ostki bo‘g ‘im yuzasi oldinga qaragan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: