Suyaklaming rentgenoatomiyasi. M o‘tadil rentgenogrammada
suyaklar tasviri noorganik moddalar hisobiga hosil bo‘ladi. Suyak
moddasining asosini suyak to‘sinlari hosil qilib, zich va go‘vak
moddada ular bir xil joylashmaydi. Zich moddada suyak to‘sinlari
bir-biriga parallel yo‘nalgan qatlamlar shaklida bo‘lib, ular orasida-
gi bo‘shliq uncha bilinmagani uchun yaxlit gomogen soya beradi.
G ‘ovak moddada suyak to ‘sinlari turli yo‘nalishda o ‘zaro kesishgan
boMib, to‘rsimon ko‘rinishni hosil qiladi. Zich va g ‘ovak moddalar-
ning nisbati suyaklaming shakli va faoliyatiga bog‘liq bo‘ladi. Rent
genogrammada g ‘ovak modda suyak to‘sinlariga mos ravishda o ‘zaro
kesishgan chiziqlar yo‘nalgan katakchalar kabi soya beradi. Chekkada
joylashgan zich qatlam ingichka hoshiya ko‘rinishidagi tekis quyuq
soya beradi. Rentgenogrammalarda suyak to‘sinlari qancha zich va
qalin bo‘lsa, chiziqlar shuncha quyuq, suyak iligi bilan to‘la katak
chalar esa qoramtir qismlar shaklida ko‘rinadi. Zich modda aniq ko‘-
ringan, uzluksiz to‘g ‘ri gomogen tasmasimon soya shklida ko‘rinadi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloq skeleti 270 ta alohida suyakdan iborat.
Ulaming 172 tasi tana va kalla sohasida, 98 tasi qo‘l va oyoqlarda
bo‘ladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqning suyaklari yirik tolali suyak
to ‘qimasidan iborat bo‘lib, asosiy moddasi tartibsiz joylashgan.
Suyak tola dastalari har tomonga yo ‘nalib, uni o‘ragan biriktiruvchi
to ‘qimaga birikkan. Suyakning asosiy qismi g ‘ovak moddadan
iborat. Zich suyak modda kam rivojlangan bo‘lib, suyak chetida
30
yupqa qavatni hosil qiladi. G ‘ovak moddada qizil ilik bo ‘lib, unda
qonning barcha hujayralari hosil b o ia d i. Yosh bola suyagi tarkibida
mineral tuzlar kam, suv va qon tomirlar ko ‘p.
Bola hayotining dastlabki 6 yilida yirik tolali suyak qatlamli
suyak bilan almashinadi va osteonlar hosil bo ‘ladi. Ular konsentrik
joylashgan bir necha qavat suyak qatlamlaridan iborat. Har bir
osteonning ichida nay bo ‘lib, unda qon tomirlar va nervlar bor.
Suyak ichidagi g ‘ovak modda qisman yemirilib, suyak iligi
bo‘shlig‘i paydo bo‘ladi. Suyakning qizil iligi yog‘ to ‘planishi bilan
asta-sekin suyakning sariq iligiga aylanadi. Yosh suyakning zichligi
kam, g‘ovak moddasi yaxshi takomillashmagan. Shuning uchun
yosh bolalar suyagi uncha qattiq b o ‘lmay, pishiq va bukiluvchan;
qon tomirlaming ko ‘pligi suyaklaming oziqlanishi uchun sharoit
yaratib beribgina qolmay, har xil yallig‘lanish jarayonlarining tez
tarqalishiga ham sabab bo‘ladi. Suyak usti pardasi yosh bolalarda
qalin, uning ichki qavati yaxshi takomillashgan.
8 - 9 yoshlarda suyak qirralari va mushak do‘mboqchalarida
ikkilamchi suyaklanish nuqtalari paydo b o ‘la boshlaydi. Balog‘at
davrida esa suyaklaming ayrim qismlari o ‘zaro qo‘ shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |