6-MAVZU. SUG’URTA TASHKILOTLARIDA NAZORAT ISHLARINI TASHKIL ETISH
1. Mavzuga oid tayanch so`z va iboralarni yozing:
-
sug’urta
|
yuridik yoki jismoniy shaxslar to’laydigan sug’urta mukofotlaridan shakllantiriladigan pul fondlari hisobidan muayyan voqea (sug’urta hodisasi) yuz berganda ushbu shaxslarga sug’urta shartnomasiga muvofiq sug’urta tovonini (sug’urta pulini) to’lash yo’li bilan ularning manfaatlarini himoya qilish tushuniladi.
|
Sug’urta faoliyati
|
sug’urta bozori professional ishtirokchilarining sug’urtani amalga oshirish bilan bog’liq faoliyat tushuniladi
|
Sug’urta bozori
|
sug’urta xolatlari ro’y berganda jismonny va huquqiy shaxslarni mulkiy mafaatlarini sug’urtalanuvchilarning pul mablaglari hisobidan himoya qilishda aks etuvchi sug’urta xizmatlari oldi-sotdisi bo’yicha iqtisodiy munosabatlar yig’indisidir.
|
sug’urta vositachilari
|
Sug’urta brokeri, qayta sug’urta brokeri va sug’urta agenti sug’urta vositachilari hisoblanadilar
|
sug’urta faoliyatining subyektlari
|
Sug’urta bozorining professional ishtirokchilari sug’urta faoliyatining subyektlari hisoblanadi.
|
Savollarga javob bering:
“Sug’urta faoliyati to’risidagi” gi qonun qachon qabul qilingan?
2002 yil 5 aprelda
Sug’urta qanday sohalarga bo’linadi?
hayotni sug’urta qilish
umumiy sug’urta
Sug’urta bozorining subyektlarini ayting.
Sug’urta bozorining professional ishtirokchilari sug’urta faoliyatining subyektlari hisoblanadi. Sug’urtalovchilar, sug’urta vositachilari, adjasterlar, aktuariylar, sug’urta syurverlari, shuningdek assistans sug’urta bozorining professional ishtirokchilaridir.
Sug’urta bozorini rivojlantirish agentligining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
________________________________________________________________________________________________________________________________
Davlat sug’urta nazoratining maqsadi nimalardan iborat?
Sug’urta bozori va uning ishtirokchilarini hatti xarakatlarini qonunchilik talblariga mos bo’lishini ta’minlash
Sug’urtalanuvchi jismoniy va yuridik shaxslar manfaatlarini himoya qilish
Sug’urtalovchilar, sug’urta brokerlari qaysi meyoriy hujjat asosida kim tomonidan litsenziyalanadi?
Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlari faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalar berish, ularning amal qilishini to‘xtatish va bekor qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi
Qaysi hollarda sug’urta tashkiloti majburiy sug’urtani amalga oshirish huquqiga ega bo’ladi?
Majburiy sug’urtani amalga oshirish huquqiga davlat sug’urta tashkilotlari ega bo’lib kelganlar, biroq O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 27 noyabrdagi 413-sonli «Sug’urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tqg’risida»gi qaroriga muvofiq ustav kapitali hajmini 500 ming AQSh dollariga teng miqdorga etkazgan har qanday sug’urta kompaniyasi lisenziya asosida majburiy sug’urta bilan shug’ullanish imkoniyatiga ega bo’ldilar
Sug’urta faoliyatini davlat tomonidan qanday maqsadlarda nazorat qilinadi?
____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
Do'stlaringiz bilan baham: