__________________________________________________________________

12-LABORATORIYA. Analizatorlarning tuzulishi (ko’ruv, eshituv). Ko’zning ko’rish o’tkirligini aniqlash. Ko’zning ko’r dog’ini aniqlash.
1- ISH. Ko’rish o’tkirligini aniqlash.
Nazariy tushuncha. Ko’rish o’tkirligi deb ko’zning ikkita nur chiqayotgan nuqtani alohida ko’rish qobiliyatiga aytiladi.. Normal ko’z ikkita nur chiqarilayotgan nuqtani 10 burchak ostida alohida ko’rish qobiliyatiga ega. Ikkita nuqtani alohida ko’rish, bu ko’rish bu ikkita qo’zg`algan ko’zacha o’rtasida eng oz bitta ko’zacha qo’zg`almagan bo’lishi bilan bog`langan. Ko’zachaning diametri 3 mk bo’lib ikkita nuqtani alohida ko’rish uchun bu ikkita nuqtaning tasviri to’r qavatda 4 mk dan oz bo’lmasligi kerak va shunda tasvir kattaligi ko’rish burchagi 10 bo’lganda bo’ladi. Shuning uchun ham ikkita nur chiqarayotgan nuqtalar ko’rish burchagi osti 10 dan past bo’lganda ko’rilsa, nuqtalar qo’shilib ketadi.
Ishdan maqsad: Ko’rish o’tkirligini aniqlash usulini o’zlashtirish.
Ish uchun kerakli jihozlar: Ko’rish o’tkirligini aniqlash uchun Sivtsev-Golovin jadvali, ko’rsatkich tayoq, santimetrli lenta.
1-Ishni bajarish tartibi. Ko’rish o’tkirligini aniqlash jadvali devorning yaxshi yoritilgan eriga yoki maxsus lampalar bilan yorug’lik tushuriladi. Tekshiriluvchini jadvaldan 5 m. uzoqlikda stulga o’tkaziladi va unga bir ko’zining olmasini bosmagan holda berkitish kerakligi aytiladi. Tekshiruvchi, yog’och ko’rsatkich bilan harflarni ko’rsatadi, tekshiriluvchi esa ularni aytishi kerak. Tekshiruv o’tkazishdan yuqori qatordagi harflarni aytib, pastga qarab tushiladi (Harflar alohida-alohida ko’rsatiladi). Ko’rish o’tkirligining ko’rsatkichi bo’lib tekshiriluvchi tomonidan xatosiz o’qilgan qator hisoblanadi. U yozib olinadi va boshqa ko’zning ko’rish o’tkirligi aniqlashga kirishiladi. Normal ko’zning ko’rish o’tkirligi 0,8-1,0 bo’ladi.
Quydagi formula bilan ham hisoblab chiqiladi.
V = d /D
V- ko’rish o’tkirligi, d- masofa, D- jadvaldagi dioptriy.
1- jadval.
Tekshiriladigan ko’z
|
Ko’rish o’tkirligi
|
O’ng ko’z
|
1,0 – 2,0
|
Chap ko’z
|
1,0 – 2,0
|
Do'stlaringiz bilan baham: |