Ishning maqsadi: Reflektor yoyining har bir bo’limini funktsional tahlil qilish va refleksini yuzaga keltirishda uning yaxlit bo’lishi lozim ekanligiga ishonch hosil qilish.
Ish uchun kerakli jihozlar: Shtativ, jarrohlik asboblar, sul‘fat kislotaning 0,5 % eritmasi, fil‘tr qog’ozi, suv to’ldirilgan stakan.
1-Ishni bajarish tartibi; Bosh miya olib tashlangan baqani shtativ ilmog’iga osing. Shtativga osilgan baqaning oyoq panjalarini kuchsiz sul‘fat kislotasi eritmasiga tegizing va bukish refleksining sodir bo’lishini yuzaga kelishiga ishonch hosil qiling.
a) Nervi ajratilmagan baqa oyog’ining pastki qismidagi terini aylantirma shaklida qirqing va uni shilib tashlang. Oyoq panjalarida terining qolmaganligiga ishonch hosil qilish uchun yana bir bor terisi shilingan joylarni ko’zdan kechiring;
b) Teridan tozalangan oyoq panjasini kislotaga tekizing. Ta`sir hech qanday reflektor reaktsiyasi sodir bo’lishiga olib kelmaganligiga, ya`ni reflektor yoyining bo’limlaridan biri reflektorning yo’qligiga ishonch hosil qiling.
v) Nervi ajratilgan baqa oyog’ining muskuli orasida joylashtirib quyidagi ipni tortib, nervni yuzaga chiqaring va uni qirqing. Oyoq panjasini kislotaga tegizing, Raflektor yoyining o’tkazuvchi qismi qirqilganligi uchun javob reaktsiyasi yo’qligiga ishonch hosil qiling.
g) Kislotaga botirilgan fil‘tr qog’ozini baqa ko’kragi terisiga qo’yganda uning oldingi oyoq muskullarining reflektor qisqarishiga, ya`ni bu qismda reflektor yoyining butunligiga ishonch hosil qiling.
d) Orqa miyani jarohatlab, yana baqa ko’kragi terisiga kislotali qog’oz bilan ta`sir eting. Orqa miya jarohatlanganda hech qanday refleks sodir bo’lmaydi, chunki nerv markazlari jarohatlangan bo’ladi.
1-rasm. Reflektor yoyining tahlili
A-ikki neyronli refleks yoyi; B-uch neyronli refleks yoyi; 1-orqa miya; 2-orqa miyaning psevdopolyar sezuvchi nerv hujayralari; 3-terining so’rg’ich qavatidagi retseptorlar; 4-sezuvchi hujayralar dendriti; 5-sezuvchi hujayralar nevritlari; 6-harakatlantiruvchi nerv hujayralari; 7-harakatlantiruvchi nerv hujayralari neyronlari; 8-mushaklardagi harakatlantiruvchi nerv oxirlari; 9-orqa shoxcha; 10-oldingi shoxcha; 11-tayanch neyron; 12-orqa shox; 13-oldingi shox; 14-oraliq zona; 15-yon shox; 16-markaziy kanal;
Topshiriqlar. Somatik refleksining relektor yoyi sxemasini chizing, xulosa chiqaring va savollarga javob bering:
1. Refleks deb nimaga aytiladi?
2. Reflektor yoyi ayrim bo’limlarining roli qanday?
3. Somatik va vegetativ reflekslarning relektor yoylarini chizing?
Do'stlaringiz bilan baham: |