23-LABORATORIYA. Baqa organlarining (barmoqlar, panjalar, til, ichak tutqichi va o‘pkalar)ning kapillyarlarida qon aylanishini kuzatish.
Ishdan maqsad: Odam kapillyarini tekshirish usuli bilan tanishish.
Kapillyarlarni kuzatish usuliga kapillyaroskopiya deb ataladi. Odamda kapillyaroskopiya asbobi yordamida olib borilib, bu asbob yorituvchi sistema bor mikroskopdan iborat. SHilliq qavatli kapillyarlari (lab, teri), til, (quloq suprasi), tirnoqqa yopishgan teri qismida kapillyarlarni kuzatish mumkin. Odamda kapillyaroskop asbobida terining tirnoqqa yopishgan yerida (limbda) kapillyarlarni kuzatish mumkin. Tekshirish oldidan tirnoqni vazelin bilan yog’lanadi va mikroskop tagiga to’g’rilab kuzatish boshlanadi (1-2 min). Keyin barmoqni probirkaga solingan muz bilan sovutilib tajriba yana qaytariladi.
Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar.Kapillyarlarni tekshirishda tirnoqni vazelin bilan yog’langanda va muz bilan sovutilganda kuzatiladigan o’zgarishlarni tahlil qiling.
Nazorat savollari. 1.Qon tomirlar xaqida tushuncha bering.
2.Kapillyar qon tomirlar xaqida tushuntiring.
3. Odam organizmida qancha miqdorda kapillyarlar bor?
24-LABORATORIYA. Yurak qon-tomir va nafas tizimlarining funksional imkoniyatlarini aniqlash (ortostatik sinov, Shtange, Gench, Martine sinovlari). Nafas harakatlarini yozib olish usuliga pnevmografiya deb ataladi. katta odamlarda nafas harakatlari minutiga 12 dan 20 gacha bo’ladi. jismoniy ish vaqtida esa ikki va undan ham ko’p marta oshib ketadi. pnevmografiya asosan nafas olish va chiqarishni davomligi, tezligi, nisbiy chuqurligi, nafas olish organizmi fiziologik holat, tinchlik va jismoniy ishga bog’liqligini bilish mumkin. bu usul ko’krak qafasining nafas harakatlarini havo orqali pnevmograf perosiga uzatish printsipiga asoslangan.
Ishdan maqsad. Turli fiziologik holatlarda yozib olingan pnevmogram-mani analiz qila bilish.
Ishning borishi. Pnevmograf asbobini ko’krak qafasining eng harakatchan qismiga o’rnatiladi. rezina naychadagi qisqichni olib turib manjetkaga ozgina havo yuboriladi. lekin marey kapsulasidagi parda yig’ilib ketmasin. pnemografiya to’g’ri o’rnatilganicha va nafas harakatlarini mareya kapsulasiga uzatilayotganiga ishonch hosil qilgach nomogrammani yozish boshlanadi.
Tinch nafas olganda.
Jismoniy ishdan so’ng
CHuqur – chuqur nafas olganda
Gapirish, she’r aytish, kulish vaqtida
Yo’talgandagi nafas olish
Hansirash \dispnoe\.buning uchun avval tekshirish normal nafas olish /apnoe/ yozib olingan keyin nafasni chiqarib to’xtatiladi. 20-30 sek. o’tgandan keyin hansirab nafas olish kuzatiladi.
Alveolyar havodagi SO2 ni kamaytirishni nafasga tasir etishini o’rganish. Bu esa giperventilyatsiya orqali boshqariladi. Tekshiriluvchi tez-tez nafas oladi. So’ng apnoe /nafasni tabiiy ma’lum bir vaqtga to’xtashi/ holati kuzatiladi.