Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar. TSentrafugalab bo’lgach, shaklli elementlar ustunining uzunligini aniqlang. Gematokrit sonini xisoblang.
Izox: (qo’shimcha bizniki ) ECHT eritrotsitlarning cho’kish tezligi uchun olingan limon kislotasining natriyli tuzi bilan aralashtirilgan qon aralashmasidan xam foydalanish mumkin.
Bunda xisob quyidagicha bo’ladi: 80-100% A-X.
A-gematokritda topilgan son, 2 ga ko’paytirilishi kerak,chunki kapilyarda 0-50 sonlari bor, xolos. 80-aralashmadagi qon yaxlit (suyultirilmagan) xolatga keltirilgan(aralashmada) qon va eritma nisbati 4:1 ga teng (200 qon, 50 eritma).
Nazorat savollari.
1. CHap qo’lning IV barmog’idan qon olishning afzalligini tushuntiring.
2. Gematokrit ko’rsatkichi nima uchun chaqoloqlarda kattalarga nisbatan biroz yuqori
3. Butun qonni va eritrotsitlarning solishtirma og’irligi nechaga teng?
15-LABORATORIYA. Qon guruxlari, rezus omil, gemoqlobin miqdori, eritrotsitlar cho’kish tezligini aniqlash.
Qonning ivishi. Qonning ivishi organizmning himoya reak- siyasidir. Qon tomirlar shikastlanganda, qon suyuq holatdan jele- simon holatga o‘tadi. Hosil bo‘lgan qon lahtasi tomirning shikast- langan joyini berkitib ko‘p qon oqishni oldini oladi.
Qonning ivishi qon plazmasidagi eruvchi oqsilni erimaydigan fibringa aylanishiga bog‘liq. Bunda fibrinning ingichka ipchalari hosil bo‘lib, ularning to‘rida qon hujayralari va qonning suyuq qis- mi ushlab qolinadi. Qonning ivishida qon plazmasida bo‘lgan 13 faktor, shuningdek, shikastlangan to‘qima va parchalangan trom- bositlardan chiqqan moddalar ishtirok etadi. Qonning ivishiga olib keluvchi moddalarning o‘zaro ta’siri uch bosqichga bo‘linadi.
Birinchi bosqichda trombositlar va to‘qima hujayralaridan tromboplastinni o‘tmishdoshi ajralib chiqib, qon plazmasi fak- torlari bilan birgalashib, faol tromboplastinga aylanadi. Uning hosil bo‘lishi uchun Са++ va plazmaning ko‘p faktorlari, xususan, globulin akselratori va antigemofilik omil kerak. Antigemo- filik omil kamayib ketsa yoki yo‘q bo‘lsa, qonning ivishi pasaya- di. Bunday kasal gemofiliya deyilib, bunda tishni olganda ham o‘limga olib keluvchi qon oqishi mumkin.
Ikkinchi bosqichda tromboplastin ishtirokida protrombin faol ferment trombinga aylanadi. Protronbin plazma oqsili bo‘lib, ji- garda hosil bo‘ladi. Uning sintezi uchun ichakdan o‘t ishtirokida so‘rilgan K vitamini zarur bo‘ladi. Agar chiqarilgan qonga natriy sitrat eritmasi quyilsa, u Са++ ni bog‘lab oladi va tromboplastindan trombin hosil bo‘lmaydi, natijada qon ivimaydi. Bunday qon stabillashgan qon deyilib, u saqlanganda ivimaydi.
Uchinchi bosqichda hosil bo‘lgan trombin ta’siri ostida plazmaning eruvchan oqsili fibrinogen erimaydigan fibringa ayla- nib, ingichka ipchalarning zich to‘ri shaklida tushadi. Fibrin olib tashlanganidan keyin qon ivish xususiyatini yo‘qotadi. Uni fib- rinsizlantirilgan qon deyilib, u quyishga yaramaydi.
Tomirdan chiqqan qon 3–4 minutdan keyin iviydi. 5–6 minut- dan keyin esa zich lahtaga aylanadi. Qonning ivituvchi tizimi qon yo‘qotishning oldini olishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, qon- ning tomirlar ichida ivishi og‘ir asoratlarga (tromboflebit, in- farkt) olib kelishi mumkin. Bunday holatlardan saqlanish uchun ikkinchi qon ivishiga qarshi tizim bor bo‘lib, u qonni tomirlar ichida ivishi jarayoniga qarshilik qiladi. Jigarda va o‘pkada qon ivishiga qarshi modda-geparin hosil bo‘lib, u trombinni faolligini pasaytiradi. Qonda hosil bo‘lgan fibrinni eritish qobiliyatiga ega uchinchi tizim ham bor. Tromb qon tomirni berkitib, qon oqishi- ni to‘xtatganidan keyin u yo‘qolishi kerak, chunki u yarani bi- tishiga halaqit beradi. Bu sharoitda qon plazmasida paydo bo‘lgan plazmin hosil bo‘lgan trombni eritishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |