Jinsiy bezlarning endokrin qismi. Erkaklarda moyak, ayollarda tuxumdon jinsiy hujayralar- dan tashqari, qonga jinsiy gormonlar ham ishlab chiqaradi. Bu gormonlar ta’sirida ikkilamchi jinsiy belgilar paydo bo‘ladi. Moyakning endokrin qismi buralma urug‘ naychalarining o‘rta- sidagi qon va limfa kapillyarlari yonidagi interstitsial to‘qimada joylashgan o‘ziga xos Leydig hujayralaridan iborat. Bu hujayra- lar erkaklar jinsiy gormoni – testosteron ishlab chiqaradi. Bun- dan tashqari kamroq ta’sir kuchiga ega gormonal moddalar va oz miqdorda ayollar jinsiy gormoni estrogen ishlab chiqariladi. An- drogenlar jigar, buyrak va ayniqsa, mushaklarda oqsil moddalar sintezini kuchaytiradi va oliy nerv faoliyatiga ta’sir qiladi.
Erkaklarning jinsiy gormoni-androgenlarni homila davrida o‘sayotgan moyaklar ishlab chiqaradi. Ular erkaklar ichki va tash- qi jinsiy a’zolarining takomillashuvini ta’minlab, ayollar jinsiy naylarining o‘sishini to‘xtatadi.
Ayollar jinsiy bezlari follikulalarining donador qavati va tu- xumdon interstitsial to‘qimasi hujayralari estrogen gormonlar va oz miqdorda testosteron ishlab chiqaradi. Sariq tana esa proges- teron ishlab chiqaradi. Ayollarning jinsiy gormonlari, asosan, qiz bola balog‘atga yetganidan keyin ishlab chiqarila boshlaydi.
Estrogenlar ayollar organizmi jinsiy a’zolarining taroqqiyoti va o‘sishiga, progesteron sut bezlari rivojlanishi va homila taroqqiyo- tiga ta’sir qiladi.
15-LABORATORIYA. Qon morfologiyasi. Izi-, gipo- va gipertonik eritmalar tayyorlash. Eritrotsitlar osmotik rezistentligini aniqlash. Qon ivish vaqtini aniqlash.
Qon, limfa va to‘qimalararo suyuqlik organizmning ichki muhiti hisoblanadi. Ular organizmni himoya va trofik vazifasini ba- jaradi. Beto‘xtov o‘zgarib turuvchi tashqi muhitdan farqli ravishda organizmning ichki muhiti o‘z tarkibi va fizik-kimyoviy xususiyatlari jihatidan doimiy.
Qon organizmning ichki muhiti bo‘lib, plazma va unda mual- laq joylashgan shaklli elementlardan iborat. Qon, uning tarkibini doimiyligini saqlash uchun kerak sharoit bo‘lgan, yopiq yurak- qon tomirlar tizimida aylanadi. Qon doimiy harakatda bo‘lib, quyidagi vazifalarni bajaradi: 1) organizm bo‘ylab oziqa modda- larni tashiydi; 2) a’zolarda hosil bo‘lgan parchalanish mahsulot- larini ayiruv a’zolariga olib boradi; 3) kislorodni to‘qimalarga va karbonat angidridni o‘pkaga olib borib, gaz almashinuvida ishti- rok etadi; 4) tаna haroratini doimiyligini qo‘llab turadi; 5) fao- liyatlarni gumoral boshqarishda ishtirok etadi; 6) himoya vazifa- sini bajaradi. Qon immunitetda asosiy rol o‘ynaydi.
Тana og‘irligi o‘rtacha 70 kg bo‘lgan odamda 5 litrga yaqin qon bo‘lib, tana vaznining 6–8 %ini tashkil qiladi. Qon sarg‘im- tir suyuq qismi – plazma va undagi muallaq shaklli elementlar: qonga qizil rang beruvchi qizil qon tanachalari (eritrositlar), oq qon tanachalari (leykositlar) va qon plastinkalaridan (trombo- sitlar) iborat. Shaklli elementlar qon hajmining 45 %ini, plaz- ma esa 55 %ini tashkil qiladi. Qonning nisbiy zichligi 1,050– 1,060, plazmaniki 1,025–1,034, eritrositlarniki 1,090. Agar suv- ning yopishqoqligini 1 deb olsak, plazmaning yopishqoqligi 1,7– 2,2; qonniki 5,0 atrofida.
Molekula va ionlarning yig‘indisi bilan hosil qilingan qon- ning osmatik bosimi 7,6 atm.b.ga teng. U, asosan, tuzlar (60 %ga yaqini NaCl) hisobiga hosil bo‘ladi. Qonning hujayralarda suv- ni doimiy saqlab turish uchun kerak bo‘lgan osmatik bosimi doi- miy. Osmatik bosimni o‘zgarishi qonni shaklli elementlarini o‘zgarishiga olib keladi. Qon reaksiyalarini doimiyligi gidrooksil (ОН–) va (Н+) ionlarini bog‘lab olishi mumkin bo‘lgan bufer ti- zimi qo‘llab turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |