O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi



Download 9,19 Mb.
bet78/229
Sana01.06.2022
Hajmi9,19 Mb.
#624030
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   229
Bog'liq
2 5296425138235903642

Vistseroretseptsiya.
Ichki organlar va tomirlar ulardagi retseptorlar ishtirokida refleks yo’li bilan idora etiladi. Bu retseptorlar ichki muhitning eng nozik o’zgarishlarini sezadi va afferen impulslar manbai hisoblanadi, bu impulslar esa reflektor reaktsiyalarning yuzaga chiqishsha sabab bo’ladi.
I. M. Sechenovning o’ziyoq, bu retseptorlarning ahamiyati bo’lsa kerak deb ko’rsatib o’tgan edi. Sechenov odamning xulqatvori va psixik holatini idora etishda ichki organlar sezuvchanligining rolini ta’kidlab ko’rsatgan edi.
Ichki organlar va qon tomirlardagi retseptorlar interoretseptorlardan bo’lib, vistseroretseptorlar deb ataladi. Ular organizmda juda ko’p bo’ladi.
Vistseroretseptorlarni hayvonlar ustidagi tajribada tekshirish uchun ularga ta’sir etilib, kelib chiqadigan reflektor reaktsiyalar o’rganiladi, afferent nerv tolalarida va markaziy nerv sistemasida yuzaga chiqadigan bioelektr potentsiallari qayd qilinadi (yozib olinadi).
Ichki organlarning retseptorlarini o’rganish uchun V. N. Chernigovskiy va hamkorlarining tatb,iq etgan metodikasi muhim ahamiyatga egadir. Bu metodikada markaziy nerv sistemasiga afferent va efferent nervlar orqali bog’lanishi zararlanmay yakkalangan organlar perfuziya qilinadi. Ajratib olingan tomirlarga ba’zi moddalar kiritish, organ tomirlaridan o’tkaziladigan RingerLokk eritmasining temperaturasini yoki bosimini o’zgartirish natijasida nafas olish, qon aylanish va boshqa funktsiyalar refleks yo’li bilan o’zgaradi Bu tajribalarda perfuziyalanuvchi eritma umumiy qon oqimiga ko’shilmasligi va shu tariqa uning organizmga gumoral ta’sirini bartaraf qilish uchun zarur choralar ko’riladi. Perfuziyalanuvchi organga boruvchi nervlar qirqib qo’yilgandan keyin tekshirilayotgan reaktsiyalar yo’qolsa, ular refleks yo’li bilan kelib chiqadi, deb fikr yuritishadi.
Interoretseptsiyani tekshirish uchun K M. Bikov va hamkorlari ichki organlarning ta’sirlanishiga javoban shartli reflekslar hosil qilish metodini tatbiq etdi. Q. M. Bikov tajribalarida vistseroretseptiv ta’sirot qanday bo’lmasin shartsiz ta’sirot bilan birga davom etdi va shartli refleks signali bo’lib qoldi. Bunday tajribalar ichki organlar miya katta yarimsharlari po’stlog’i bilan bog’langanligini isbot etdi, Miya katta yarimsharlari esa organizm funktsiyalarini boshqaruvchi oliy markaz hisoblanadi.
Ichki organlarning retseptorlari murakkab va nozik sezuvchanlikka ega ekanligi, juda ko’p ta’sirotlarga spetsifik reaktsiya ko’rsatishi shu metodlar bilan ko’rsatib berildi.
Ba’zi vistseroretseptorlar uchun bosim o’zgarishi, ikkinchi xil retseptorlar uchun mexanik ta’sirot, uchinchi xil retseptorlar uchun organlarda modda almashinuvi natijasida hosil bo’ladigan yoki qonda aylanib yuradigan ximiyaviy moddalar, to’rtinchi xil retseptorlar uchun temperatura o’zgarishlari adekvat ta’sirlovchilar hisoblanadi. Ichki organlarda va tomirlarda pressoretseptorlar, mexanoretseptorlar, xemoretseptorlar va termoretseptorlar borligi shundan anglashilib turibdi
Vistseroretseptorlarning fiziologik roli asosan ichki organlarning ishlashini boshqarishdir; vistseroretseptiv impulslar tufayli organlar refleks yo’li bilan o’zaro bog’lanadi. Bunday regulyatsiya misollari avvalgi boblarda organizm ayrim sistemalarining fiziologiyasi bayon qilinganda keltirilgan edi. Tipik vistseroretseptiv reflekslarga: nafas olish aktini o’zo’zidan boshqaruvchi Gering va Breyer refleksi, karotid sinusdagi va karotid tanachadagi pressoretseptorlar bilan xemoretseptorlardan boshlanuvchi reflekslar, me’da shirasining refleks yo’li bilan chiqishi, siydik chiqarish va defekatsiya reflektor aktlari, refleks yo’li bilan yo’talish, refleks yo’li bilan qusish va shu kabilar misol bo’la oladi.
Ba’zi vistseroretseptorlar ta’sirlanganda muayyan tarzda anglanuvchi sezgilar kelib chiqishi mumkin. Masalan, qovuq va to’g’ri ichak devorlari cho’zilganda shu organlardagi vistseroretseptorlarning ta’sirlanishi natijasida siygi qistash va defekatsiyaga taalluqli xarakterli sezgilar paydo bo’ladi. Vistseroretseptiv impulslar butun organizm holatini aks ettiruvchi ba’zi sezgilarning kelib chiqishida ahamiyatli; masalan, ochlik va chanqov sezgilari shunday.
Ko’pgina ichki organlar (yurak, jigar, buyrak, taloq, bachadon va boshqalar), shuningdek tomirlardagi vistseroretseptorlarning ta’sirlanishi aksari anglanadigan sezgilarni yuzaga chiqarmaydi. Ammo, ba’zi patologik protsesslarda interoretseptorlardan .keluvchi impulslar markaziy nerv sistemasiga keng yoyilib, nomuayyan «qorong’i» sezgilarni keltirib chiqara oladi. Bu sezgilar esa ko’pincha kuchli og’riq bilan davom etadi.
Gavda bo’shliqlarining seroz pardalari ro’yrost sezuvchanligi bilan farq qiladi. Operatsiyada, jarohatlanishda, yoki yallig’lanish protsessida shu seroz pardalarning ta’sirlanishi g’oyat og’riqli bo’ladi.
Shartli reflekslar hosil qilish ustidagi tajribalarga asoslanib, vistseroretseptiv impulslar xulqatvorning murakkab aktlarida ahamiyatli deb aytish mumkin. Ichki organlarning kasalliklarida shu organlar holatining o’zgarishi bilan birga ko’pincha bemorning ruhiyati, kayfiyati va xulqatvori ham o’zgarishi yuqorida aytilgan impulslar.ning ta’siri bilan izohlanadi.

Download 9,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish