O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi



Download 9,19 Mb.
bet76/229
Sana01.06.2022
Hajmi9,19 Mb.
#624030
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   229
Bog'liq
2 5296425138235903642

Taktil bosim sezgilari.
Gavda temperaturasini boshqarish protsesslari uchun tashqi muhit temperaturasi haqidagi axborot zarur. Teridagi, shuningdek ko’zning shox pardasi va shilliq pardalardagi termoretseptorlar temperaturani sezadi.
Termoretseptorlar 2 gruppaga bo’linadi:
1) sovuqni sezuvchi termoretseptorlar
2) issitsni sezuvchi termoretseptorlar.
Temperatura ta’sirotini aynan qaysi retseptorlar sezadi, degan masala yetarlicha ravshan emas. Terining sovuq yoki issiqni ko’proq sezadigan qismlarini gistologik metodlar bilan tekshirishga asoslanib, Ruffini tanachalari — issiqni sezuvchi retseptorlar, Krauze kolbachalari esa — sovuqni sezuvchi retseptorlar deb hisoblashadi. Ammo terining sovuq yoki issiqni sezuvchi ba’zi qismlarida Krauze kolbachalari ham, Ruffini tanachalari ham yo’q. SHuni nazarda tutib, afferent nerv tolalarining yalang’och oxirlari ham issiq va sovuqni sezadigan retseptorlar bo’la oladi deb taxmin qilishadi.
Sovuq va issiq sezuvchi retseptorlar turli chuqurlikda: sovuqni sezuvchi retseptorlar teri yuzidan 0,17 mm pastda, issiqni sezuvchi retseptorlar zsa 0,3 mm pastda yotadi. Sovuq ta’siriga ko’rsatiladigan reaktsiyalar issiq ta’siriga ko’rsatiladigan reaktsiyalardan ko’ra qisqaroq ekanligi shu bilan izohlanadi. Temperatura retseptorlari terining muayyan nuqtalariga to’plangan. Tegishli nuqtalarning lokalizatsiyasini aniqlash uchun terining turli qismlariga sovuq yoki isitilgan narsaning uchi tegiziladi. Butun gavda sirtidagi sovuq sezuvchi nuqtalarning umumiy soni taxminan 250 000 tacha, issiq sezuvchi nuqtalar esa faqat 30000ta. Temperatura retseptorlarini oadekvat ta’sirlovchilar ham qo’zg’atishi mumkin. Masalan, sovuqni sezuvchi retseptorlar issiq ta’sirida qo’zg’alishi mumkin. Issiq ta’sir etganda sovuq sezilishidan iborat paradoksal hodisaning kelib chiqishi shu bilan, shuningdyok sovuq va issiq retseptorlarining turli chuqurlikda yotishi bilan izohlanadi. Masalan, isitilgan ingichka kumush plastinka teriga taqalsa, sovuq sezgisi kelib chiqadi. Plastinka issiqliq sig’imi kam bo’lgani uchun terining faqat yuza qavatlaridagi temperaturani oshiradi, shunga ko’ra nuqul sovuq retseptorlari ta’sirlanadi. Sovuq retseptorlari yuzada yotgani uchun, ta’sirlovchi faqat shu retseptorlarni qo’zg’atadiyu, issiq retseptorlarini qo’zg’atmaydi.
T emperaturalarning muayyan diapazonida sovuq retseptorlari ham, issiq retseptorlari ham impulslarning doimiy razryadini beradi. Masalan, tilning sovuq retseptoridan boshlangan afferent nerv tolasida» gi harakat potentsiallarini qayd qilish tajribasi 38° da impulslar chastotasi sekundiga 5 ekanligini ko’rsatdi. 30° temperaturada impuls lar chastotasi sekundiga 10-12 ga teng bo’ladi. Pastroq temperaturada impulslar chastotasi kamayadi va 10° da sovuq retseptorlaridan afferent impulslar kelishi to’xtaydi. Issiq retseptorlaridan boshlanuvchi tolalarda impulslar chastotasi 37,5-40° temperaturada sekundiga 1,5-3,5 ga teng. Termoregulyatsiyada temperatura retseptorlaridagi impulslarning doimiy razryadlari ahamiyatli bo’lsa kerak.
Temperatura 40 dan 38°gacha pasayganda tilning sovuq sezuvchi retseptorlaridan keladigan yakka tolalardagi impulsatsiya
(G. Xenzel va I. TSottermandan).
1-temperatura egri chizig’i;
2-potentsiallar yozuvi;
3- vaqt belgisi (0,02 sekund).
Teri yoki til yuzasi tezlik bilan 2° sovuganda (40 dan 38° ga tushganda) sovuq retseptoridan keluvchi nerv tolasidagi impulslar chastotasi sekundiga 50-140 impulsga yetishi mumkin, bu chastota keyinchalik siyraklanib qoladi. Qattiq isitishda issiq retseptoridan impuls tashuvchi tolada ham impulslarning teztez razryadlari vujudga keladi, adaptatsiya tufayli bu razryadlar tez siyraklanib, muntazam bo’lmay qoladi. Isitish to’xtatilgach issiq retseptorida yana qisqa muddatli teztez razryadlar paydo bo’ladi (uzilish effekti).
Temperatura sezgilarining intensivligi bir qancha sabablarga, jumladan ta’sirlanish joyiga, ta’sirlanuvchi yuzaning kattaligiga va tevarakatrofdagi temperaturaga bog’liq. Masalan, qo’lni 27° gacha isitilgan suvga tiqib, 24-25° temperaturali suvga ko’chirilsa sovuq sezgisi kelib chiqadi Qo’l 34° gacha isitilgan suvda turgan bo’lsa, 31° gacha isitilgan suv sovuq bo’lib tuyiladi (temperatura kontrasti).
Tegish (taqalish) va bosim retseptsiyasi. Taktil retseptorlar (tegish va bosim retseptorlari) teri yuzasida yotadi.
Teri so’rg’ichlaridagi Meysner tanachalari, barmoqlarning uchlarida va labda ayniqsa ko’p bo’ladigan Merkel disklari tegish retseptorlari deb ataladi. Tukli teridagi soch (jun) tegishga ayniqsa sezgir bo’ladi. Buning sababi shuki, soch (jun) ildizi nerv chigali bilan o’raladi va junga tegish o’sha chigalga o’tib, uni qo’zg’atadi. Junni qirish natijasida terining tegishga sezuvchanligi juda ham kamayadi. Pachini tanachalari bosim retseptorlari deb hisoblanadi.
Mielinli yo’g’on tolalar taktil retseptsiya o’tkazgichlari bo’lib xizmat qiladi. Taktil retseptorlar juda qisqa vaqt ta’sirlanganda ham, ularda bir impuls emas, balki impuls razryadlarining butun bir seriyasi zujudga kelishi harakat potentsiallarini elektrofiziologik metodda qayd qilib aniqlandi.
Taktil retseptorlar adaptatsiyasi. Taktil retseptorlar tez adaptatsiyalana oladi, shu sababli bosimning o’zi emas, balki faqat o’zgarishi seziladi. Mushuk oyoq kaftining yastiqchasiga yuk qo’yilsa, retseptorda nerv impulslari vujudga keladi, ularning chastotasi sekundiga 250-300 impulsga yetishi mumkin. Bu impulsatsiya bir necha sekundga cho’ziladi va adaptatsiya boshlanishi tufayli to’xtaydi. Odamda impulslar chastotasi kamayishi bilan sezgi kuchi ham kamayadi.
Teridagi har xil retseptorlarning adaptatsiya tezligi har xil. Soch (jun) ildizi atrofidagi retseptorlar va Pachini tanachalari tezroq adaptatsiyalanadi.
Adaptatsiya tufayli odam kiyimni faqat kiygan vaqtda yoki yurganda terisiga kiyim ishqalangan vaqtda uning bosimini sezadi.
Taktil sezgilarning lokalizatsiyasi. Tegish va bosim sezgilarining hammasi terining muayyan joyiga tegishli ekanligini odam juda aniq ko’rsatib beradi. Taktil (tuyg’u) sezgilarning lokalizatsiyasi tajribada boshqa sezgi organlarining, asosan ko’ruv organlari va muskug sezgisi orgag.larining nazorati asosida vujudga keladi. AristotJning quyidagi mashhur tajribasini dalil qilib keltirish mumkin: ishorabarmog’i bilan o’rta barmoqni chalishtirib kichkina bir sharchaga tegizilsa, ikki sharchaga tegilgandek sezgi paydo bo’ladi, chunki ishora barmog’ining ichki tomoniga va o’rta barmoqning tashqi tomoniga bir vaqtda faqat ikkita ayrim sharcha tegishi kundalik tajribadan ma’lum.
Taktil sezuvchanlikni o’lchash. Taktil sezuvchanlik terining turli qismlarida turlicha taraqqiy etgan. Taktil sezuvchanlik Frey esteziometri bilan o’lchanadi. Retseptorlarning ta’sirlanishi va sezgi kelib chiqishi uchun zarur bosim kuchini shu asbobda aniqlashadi.
Terining eng sezuvchan qismlarida ta’sirot bo’sag’asi 50 mg, eng kam sezuvchan qismlarida esa 10 g Lablar, burun, til sezuvchanligi ortiqroq, orqa, oyoq kafti, qorin sezuvchanligi kamroq.
Masofa bo’sag’alari. Terining ikki nuqtasiga baravar tegilganda ikki narsa tegayotgani hamisha sezilavermaydi: shu ikki nuqta bir-biriga yaqin turgan bo’lsa, faqat bitta narsa tegayotgandek sezilishi mumkin. Terining ta’sirlanganda ikki narsa tegayotgandek sezilayotgan ikki nuqtasi o’rtasidagi eng kichik oraliq masofa bo’sag’asi deb ataladi.
Masofa bo’sag’alari Veber esteziometri, yoki tsirkuli bilan o’lchanadi. U tsirkul oyoqchalari o’rtasidagi masofani millimetr hisobida belgilaydigan shkalali asbobdir. Terining turli joylarida fazo bo’sag’alari har xil, ya’ni tsirkul oyoqchalari turli masofada turganda ikki narsa tegayotgandek seziladi
Odam gavdasining turli qismlaridagi masofa (fazs) bo’sag’alarining miqdorlari.
Masofa bo’sag’alari barmoqlarning uchida, lablarda va tilda minimal (1-2,5 mm ga teng), son, yelka va orqada maksimal (60 mm dan ortiq) bo’ladi.
Masofa bo’sag’alari periferiyada afferent nerv tolalarining nechog’lik tarmoqlanganiga va bir nerv tolasining qancha retseptordan impuls olishiga qisman bog’liq. Elektrofiziologik kuzatishlarga qaraganda, gavdaning turli qismlarida bir afferent toladan innervatsiyalanadigan teri yuzasi har xil bo’lib, bir necha kvadrat millimetrdan 2-3. sm2 gacha boradi va undan ham oshadi.

Download 9,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish