O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi



Download 9,19 Mb.
bet70/229
Sana01.06.2022
Hajmi9,19 Mb.
#624030
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   229
Bog'liq
2 5296425138235903642

Yorug’lik kontrasti. Ko’ruv neyronlarining o’zaro lateral tormozlanishi asosida umumiy yoki global yorug’lik kontrasti yotadi. Qora fonda yotgan bir parcha kulrang qog’oz yorug’ fonda yotgan shunday kulrang qog’ozga nisbatan ochroq ko’rinishi yorug’lik kontrastiga misol bo’ladi. Buning sababi shuki, yorug’ fon ko’plab to’r parda neyronlarini qo’zg’atadi, ularning qo’zg’alishi bir parcha kulrang qog’oz faolligini ta’minlovchi hujayrani tormozlaydi.
Yorug’likning ko’zni qamashtiradigan darajada ravshanligi. Xaddan tashqari ravshan yorug’lik ham ko’z qamashuvi kabi noxush sezgiga sabab bo’ladi. Ravshanlikning ko’zning qamashtiradigan yuqori chegarasi ko’zning dastlabki adaptatsiyasiga bog’liq: ko’z qorong’uga qancha ko’proq adaptatsiyalangan bo’lsa, yorug’likning o’shancha kam ravshanligi ko’zni qamashtiradi. Bu ravshanlik quyidagi formula yordamida yechiladi: g= , bu yerda g-ko’zni qamashtiruvchi ravshanlik, v-ko’z qaysi maydonga adaptatsiyalangan bo’lsa o’sha maydonning ravshanligi.
Rang ko’rish. Turli narsalardan sochiladigan yoki qaytadigan, to’lqin uzunligi 400 nm dan 800 nm orasidagi yorug’lik nurlarini odam ko’radi. To’lqin uzunligi 800 nm ortiq infraqizil va 400 nm dan kichik ultra binafsha nurlar ko’zga ko’rinmaydi. Oq rang bir talay ranglarning aralashish natijasidir.
Rang sezish nazariyalari. Rang sezish haqida turli xil nazariyalar bor. Uch komponentli nazariya. Bu nazariyaga muvofiq ko’z to’r pardasida rang sezadigan har xil fotoretseptorlar-kolbachalarning uch xili bor. G.Gelmgolts, M.V.Lomonosov fikriga ko’ra, kolbachalarning birinchisi qizil rangga, ikkinchisi yashil rangga va uchinchisi ko’k rangga sezgir bo’ladi. Har qanday rang uchala rang ajratuvchi elementlarga har xil darajada ta’sir etadi. Bu nazariya tajribalarda quyidagicha isbotlangan: odamning ko’z to’r pardasiga mikrospektrofotometrik usul bilan har xil to’lqin uzunlikdagi nurlar ta’sir etilganda, aynan bir xil kolbachalar faolligi o’zgargan. E.Gering tomonidan taklif qilingan nazariyaga ko’ra, to’r pardadagi yorug’likni sezadigan uchta gipotetik modda bor: birinchi oq-qoraga, ikkinchisi qizil-yashilga va uchinchisi sariq-ko’k ranglarga sezuvchan bo’ladi. Yorug’lik nurlari ta’sirida shu moddadar parchalanib, dissimilyatsiya nerv oxirlariga ta’sir etadi va oq, qizil yoki sariq rang sezgisi vujudga keladi. Boshqa yorug’lik nurlari o’sha gipotetik moddalar sinteziga (assimilyatsiya) sabab bo’ladi, shu tufayli qora, yashil va ko’k rang sezgisi kelib chiqadi.
Ketma-ket rang obrazlari. Bo’yalgan narsaga uzoq tikilib, keyin oq yuzaga qaralsa, o’sha narsaning o’zi qo’shimcha rangga bo’yalgan ko’rinadi.
Rang ko’rlik. Kishilarning biron rangni ajratolmaslik anomaliyasi daltonizm deb ataladi. Barcha erkaklarning 8% ida bu kasallik uchraydi, ayollarda esa kamroq 0,5% gacha uchraydi. Daltonizm erkaklarning jinsini belgilab beradigan toq X-xromosomada muayyan genlar yo’qligidan kelib chiqadi.
Tashxis qo’yishda, ya’ni bu kasallikni aniqlashda polixromatik tablitsalardan foydalaniladi. Qisman rang ko’rlikni 3 turi tafovut etiladi.
Protanopiya deb shunday holatlarda aytiladiki, qizil rangni ajrata olmaydi, to’q havo rang ular uchun rangsiz bo’lib ko’rinadi. Deyteranopiyada yashil rangni to’q qizil va havo rangdan ajrata olmaydi. Tritanopiyada esa ko’k va siyox rangni ajrata olmaydi. Qisman rang ko’rlikning sababi uch komponentli nazariyada atroflicha yoritilgan. Bundan tashqari butunlay rang ko’rlik ham uchraydi bu axromaziya deyiladi. Bu kasallikda ko’z to’r pardasidagi kolbacha apparati jaroxatlanganda yuzaga chiqadi.
Ko’rish o’tkirligi. Ko’rish o’tkirligi ko’z ilg’ay oladigan ikki nuqta orasidagi eng kichik masofa bilan belgilanadi. Sariq dog’ning ko’rish o’tkirligi maksimal darajada bo’ladi. Sariq dog’dan periferiyaga tomon ko’rish o’tkirligi kamayib boradi. Ko’rish o’tkirligi maxsus jadvallar yordamida aniqlanadi. Bu jadvallar bir necha qator xarflardan yoki katta kichik chala xalqalardan tashkil topadi.
Ko’ruv maydoni. Ko’zni bir nuqtaga tikkan vaqtda ko’rinadigan nuqtalar yig’indisi ko’ruv maydoni deb ataladi. Periferik ko’ruv maydonining chegaralari perimetr asbobi bilan o’lchanadi. Rangsiz narsalarni ko’rish maydonining chegaralari 700 pastda, 600 yuqorida va 900 tashqari bo’ladi. Odamning ikkala ko’z bilan ko’ruv maydonlari bir biriga qisman mos keladi, bu esa fazoni idrok qilish uchun katta ahamiyatga ega.

Download 9,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish