O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi


Uzunchoq miya va varoliy ko’prigi (keyingi miya)



Download 9,19 Mb.
bet30/229
Sana01.06.2022
Hajmi9,19 Mb.
#624030
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   229
Bog'liq
2 5296425138235903642

Uzunchoq miya va varoliy ko’prigi (keyingi miya).
Uzunchoq miya bilan Varoliy ko’prigi keyingi miya degan umumiy nom bilan birlashtiriladi. Ular o’rta miya bilan birga miya o’zanini hosil qiladi. Miya o’zanining tarkibigi bir talay yadrolar hamda ko’tariluvchi va tushuvchi yo’llar kiradi. Miya o’zanidagi to’rsimon tuzilma-retikulyar formatsiyaning muhim funktsional ahamiyati bor.
Miya o’zani anatomik va funktsional jihatdan orqa miya, miyacha va katta yarim sharlar bilan bog’langan. Murakkab koordinatsiyali ko’pgina harakat reflekslarining yoylari miya o’zanida tutashadi. Nafas olish yurak faoliyati, tomirlar tonusini boshqaradigan hayot uchun muhim markazlar miya o’zanidadir. Hazm a’zolari va boshqa bir qancha a’zolarning funktsiyalarini idora etuvchi markazlar ham miya o’zanida.
Miya o’zanining fiziologiyasini eksperimental yo’l bilan o’rganishda uchraydigan katta qiyinchilik shundan iboratki, hayvonlarning miya o’zani qirqilib qo’yilganda turli funktsiyalar buziladi, chunki hayvonlarning har xil turlarida miyaning shunga mos keluvchi bo’limlari turlicha ahamiyat kasb etadi. Modomiki shunday ekan, odam miya o’zanining fiziologiyasini tushunmoq uchun turli kasalliklarda funktsiyalar buzilishini klinikada kuzatish muhim axamiyatga egadir. Turli kasalliklarda miya o’zani yadrolar yoki o’tkazuvchi yo’llar zararlanadi.
Keyingi miyaning o’tkazuvchi yo’llari. Orqa miyadan bosh miyaga bosh miyadan orqa miyaga boradigan barcha nerv impulslari Varoliy ko’prigi bilan uzunchoq miyadan o’tadi. Bu impulslardan ba’zilari keyingi miyada yangi neyronga kiradi, bu neyron esa impulslarni markaziy nerv sistemasining yuqoriroqdagi bo’limlariga o’tkazadi. Goll va Burdax tutamlaridan o’tadigan impulslar shunday bo’ladi. Bir qancha o’tkazuvchi yo’llar, masalan, lateral kortikospinal trakt, Goll va Burdax yadrolaridan boshlanuvchi afferent yo’llar keyingi miyada kesishadi (uzunchoq miyaning ko’tariluvchi yo’llari medial qovuzloq sohasida kesishadi). O’tkazuvchi yo’llardan ba’zilarining tolalari kiritma va motor neyronlarda sinaps hosil qilib, keyingi miyada tugaydi. Masalan: impulslarni katta yarim sharlar po’stlog’idan bosh miya nervlvrining harakatlantiruvchi yadrolariga o’tkazuvchi kortiko-bulbar trakt keyingi miyada tugaydi. Orqa miya neyronlarining holatini va faoliyatini o’zgartiruvchi impulslarni orqa miyaga o’tkazadigan ba’zi tushuvchi yo’llar keyngi miyadan boshlanadi. Masalan kortiko-spinal yo’llar va vestibulo-spinal tutam shunday.
O’tkazuvchi yo’llarning keyingi miyadagi yo’lini bilish keyingi miyaning turli qismlari shikastlanganda funktsiyalarning buzilish mexanizmi hakida tasavvur olishga imkon beradi. Keyingi miyaning bir tormonlama zararlanganini ko’rsatuvchi xarakterli belgi alternatsiyalovchi falajlardir. Bu falajlar shundan iboratki, keyingi miyaning zararlangan tomonidagi bir yoki bir necha tserebral nerv (bosh miya nervi) ning harakat falaji bilan bir qatorda gavdaning qarama-qarshi tomonidagi motor funktsiyalari va sezuvchanlik ham buziladi. Buning sababi shuki, spinal yo’llar yo orqa miyaning o’zida, yoki keyingi miyada kesishadi, bosh miya nervlari esa bu yerda kesishmaydi.
V-XII tserebral nervlarning yadrolari bilan bog’langan reflektor yoylar keyingi miyada tutashadi. SHu bosh miya nervlari orqali keluvchi afferent impulslar keyingi miyada kiritma va motor neyronlarga o’tadi.
Uzunchoq miyaning funktsiyalari. Uzunchoq miyada oddiyroq, shuningdek murakkabroq reflekslarning markazlari bor, bu reflekslarning yuzaga chiqishida har xil muskul guruxlari, tomirlar va ko’pgina ichki organlar qatnashadi. Bu refleks orqa miyada, shuningdek til-xalkum, eshituv, vestibulyar nerv, uchlik nerv va adashgan nervning retseptor sistemalaridan keluvchi impulslarga javoban kelib chiqadi. Yoylari keyingi miya orqali o’tadigan refleks orqa miya reflekslariga nisbatan mukammalroq va murakabroq koordinatsiyalangan reflekslardir. Bunga, masalan: gavda vaziyatining tonik reflekslari kiradi. Keyingi miyaning ko’pgina murakkab reflektor faoliyatini bajarishida turli neyronlar muayyan tartibda qo’zg’alib qatnashadi. Yutish va aksa urish reflekslari bunday reflekslarga misol bo’la oladi.

Download 9,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish