O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi


Qonning tomirlarda xarakatlanishining boshqarilishi



Download 9,19 Mb.
bet130/229
Sana01.06.2022
Hajmi9,19 Mb.
#624030
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   229
Bog'liq
2 5296425138235903642

Qonning tomirlarda xarakatlanishining boshqarilishi.
Xar bir xujayra, to’qima va a’zoni kislorod va ozuqa moddalarga extiyoji ularni almashunuv jarayonlarga mos kelishi kerak. Bu extiyojlarni qondirish uchun to’qima vaqt birli -gida aniq miqdorda qon bilan ta’minlanishi kerak. Aniq miqdordagi qonni yetkazib berish uchun arterial qon bosimi darajasi doimiy ushlab turilishi va kelayotgan qon uzliksiz ravishda barcha a’zo va to’qimalar o’rtasida ularni extiyojlaridan kelib chiqib taqsimla –nishi lozim. AB doimiyligi sistolik bosimni tomirlarni umumiy periferik qarshiligiga mos kelishi orqali ta’minlanadi.
Tomirlarni innervatsiyalanishi. Arteriya va arteriollarni torayishida simpatik nerv tolalarini ishtirok etishini Valter (1842) baqalarda tajribada birinchi bo’lib aniqlagan, keyinchalik Bernard quyonlarni qulog’ida tajribada ko’rgan. Qorin bo’shlig’i a’zolarini qon tomirlarni toraytiruvchi simpatik tolalar ichki nerv tarkibida bo’ladi. Bu nervlar kesib tashlansa qorin bo’shlig’i a’zolarini arteriya va arteriolalari kengayganligi sababli ulardan qonni oqishi ortadi. Nerv sistema -sining parasimpatik bo’limiga qarashli bir nechta tolalarni ta’sirlaganda qon tomirlarni kengayishi vazodilitatsiya kuzatildi.
Ayrim a’zolarda, masalan skelet muskullarida simpatik nervlarni ta’sirlash arteriya va arteriolalarni kengaytiradi. Bu nervlar tarkibida vazokonstriktirlar bilan birga vazodilitatorlar xam bo’ladi.
Qon tomirlarni xarakatlantiruvchi markaz. 1871 yili rus olimi V.F. Ovsyannikov tomonidan arteriya tomirlarini qisqartiruvchi markaz uzunchoq miyada joylashganligi aniqlangan. Keyingi o’tkazilgan tajribalarda bu markaz uzunchoq miyadagi 4 qorincha tubida joylashganligi va ikki pressor va depressor qismlardan iboratligi aniqlangan. Aniqlanishicha,tomirlarni xarakatlantiruvchi markazni depressor bo’limi, qon tomirlarni kengaytirib, pressor bo’limni tonusini pasaytiradi, arteriya va arteriolalarni torayti radi. Tananing ayrim qismlarini qon tomirlarini tonusini boshqarishda orqa miya xam ishtirok etadi. Shunday qilib, orqa va uzunchoq miyalardagi tomirlar xolatiga ta’sir qiluvchi markazlardan tashqari, oraliq va bosh miya yarim sharlaridagi markazlarni ishtiroki xam aniqlangan.
Tomirlar tonusini reflektor boshqarish. Arteriya va arteriolalar doimo ma’lum darajada qisqargan xolatda bo’ladi. Bu tomirlarni xaraktlantiruvchi markazni tonusiga bog’liq. Bu markazni tonusi periferik retseptorlardan kelayotgan afferent signallarga bog’liq, ayniqsa tomir tizimini ayrim joylaridagi retseptorlarnidan kelayotgan impulslar va markazga bevosita ta’sir qilayotgan gumoral moddalarni axamiyati katta. Tomir tizimida joylashgan refleks chiqarivchi joylarni reflekogen zonalar deyiladi. Aorta ravog’i va uyqu arteriyalarini bo’lingan joyi muxim zonalar xisoblanadi.
Aorta ravog’ida joylashgan retseptorlar aorta nervining markazga intiluvchi tolalarning uchlari xisoblanib, ularni markaziy qismlari elektr toki bilan qo’zg’atilsa refleks yo’li bilan adashgan nervni markazini tonusi ortadi va tomirlarni toraytiruvchi makazni tonusini pasayishi natijasida arteriya bosim pastlaydi. Shu sababli bu nervni depressor nerv deb atalgan. Sinokarotid nerv tarkibida markazga intiluvchi tolalarni retseptorlari karoid sinusida joylashgan. Karotid sinusiga maxsus kanyula orqali qon yuborilib bosim ortirilsa tana tomirlarida arteriya bosim pastlashi kuzatiladi. AB pastlashi uyqi arteriyalari devorlarini cho’zilishi karotid sinus retseptorlarini qo’zg’atib, refleks orqali tomirlarni toraytiruvchi markazni tonusini pastlatadi vaadashgan nerv markazini tonusini ortiradi. Qon bosimini refleks orqali boshqarish xemoretseptorlar yordamida amalga oshirish mumkin. Ularni qonni tarkibidagi kimyoviy moddalar qo’zg’atadilar. Bunday retseptorlar aorta va karotid tanachalarida bo’ladi. Xemoretseptorlar qonda karbonat angidridni ortishi va kislorodni yetishmasligiga sezgir bo’ladi. Bu retseptorlardan impulьslar tomirlarni xarakatlantiruvchi markazga borib uni tonusini ortiradi. Natijada qon tomirlar torayib bosim ortadi. Shunday qilib aorta va uyqu arteriyalardagi xemoretseptorlar qo’zg’alib tomirlarda pressor reflekslarni chiqarsa, mexanaretseptorlarni qo’zg’alishi esa depressor reflekslarni keltirib chiqaradi.
Qon tomirlar tonusini postloq orqali boshqarish. Tomirlarga postloqni ta’sirini postloqni ayrim qismlariga ta’sir etish orqali aniqlangan. Odamda tomirlarga postloqni ta’sirini pletizmografiya usulida o’rganilgan. Agar terini sovitish yoki isitishni boshqa bir signal bilan birga olib borilsa, bir necha marta takrorlangandan keyin indifferent signalni o’zi tomirni reaktsiyasini keltirib chiqaradi. Bunda yot signalga tomirlarni reaktsiyasi shartli refleks yo’li bilan amalga oshdi. Bosh miya katta yarim sharlari postlog’ini yurak qon tomir tizimiga ta’sirini sportchilarni musobaqadan oldin qon bosimini ko’tarilishi va yurak urishlar sonini ortishidan xam ko’rish mumkin.
Tomirlarga gumoral ta’sir etish. Gumoral moddalarning ayrimlari qon tomirlarni toraytirsa boqalari kegaytiradi. Tomir larni toraytiruvchi adrenalin , noradrenalin va vazopressin kiradi. Ularni juda oz miqdordagisi xam tomiralga ta’sir etadi. Qon tomirlarni toraytiruvchi moddalarga serotonin xam kiradi. Buyraklarda xosil bo’ladigan renin tomirlarni aloxida toraytiruvchi omil xisoblanadi.
Renin o’zi qon tomirlarni toraytirmaydi. U angiotenzinogenni angiotenzin–1 aylantiradi. Angiotenzin-1 faolligi uncha kuchli emas. Shu sababli unga ferment ta’sir etib faolligi kuchli angiotenzin-2 aylantiradi. Buyraklardan normada oz miqdorda renin xosil bo’lib turadi. Qandaydir sababga ko’ra AB pastlasa ajralayotgan reninning imqdori ko’payadi.
Tomirlarni kengaytiruvchi moddalar. Buyraklarni miya qismida tomirlarni kengaytiruvchi modda medullin xosil bo’ladi. Xozirgi vaqtda tananing ko’p to’qimalarida tomirlarni kengaytiruvchi moddalar – prosto -glandinlar xosil bo’ladi.
Jag’ osti va oshqozon osti bezidan tomirlarni faol kengaytiradigan polipeptid bradikinin olingan. U arteriyalarni silliq tolali muskul larni bo’shashtirib AB pastlatadi. Atsetilxolin xam tomirlarni kengaytiradi. U qonda tez parchalanganligi sababli tomirlarga ta’siri faqat maxalliy bo’ladi. tomirlarni kengaytiruvchi moddalarga gistamin xam kiradi. Gistamin oshqozon va ichaklarni shilliq pardasida xosil bo’ladi, arteriolalarni kengaytirib kapillyalarni qon bilan to’lishini ortiradi.

Download 9,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish