O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi


Kapillyarlarda qonning xarakatlanishi



Download 9,19 Mb.
bet128/229
Sana01.06.2022
Hajmi9,19 Mb.
#624030
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   229
Bog'liq
2 5296425138235903642

Kapillyarlarda qonning xarakatlanishi.
Kapyllyarlarning hayotiy propesslardagi ahamiyati shuki, qon va to’qimalr orasida modda almashinuvi kapillyarlar devori orqali sodir bo’ladi. Kapillyarlar devori faqat bir qavat endoteliy hujayralaridan iborat, qondagi erigan moddalar shu hujayralar orqali diffuziyalanadi. Qon aylanish katta doirasidagi jami kapillyarlar bir nscha milliarddan oshadi, shuning uchun kapillyarlar sohasida qon yo’li ancha kengaygandir.
Ishlab turgan barcha kapillyarlar ko’ndalang kesimining yig’indisi aorta ko’pdalang kesimidan 600—800 baravar ortiq. Kapillyarlarda qon oqish tezligi aortada qon oqish tezligidan 600—800 baravar kam bo’lib, 0,3—0,5 mm/sek ni tashkil qilishi ham shuni ko’rsatadi. Eritrotsitlarning kapillyarlarda siljishini bevosita mikroskopda kuzatib, bu tezlikni o’lchash mumkin.Har bir ayrim kapillyarning bo’yi 0,3—0,7 mm, diametri taxminan 8 mk. ,
Hisoblarga ko’ra, muskul kapillyarlaridagi 1 ml qon kapillyar endoteliysining 0,5 m2 yuzasiga tegib o’tadi. Qon kapillyarning yupqa devoriga tegib turadigan yuza shunday katta bo’lganidan bu yerda sodir bo’luvchi modda almashinuviga, jumladan qon bilan to’qima orasidagi gaz almashinuviga yordam beradi.
Turli organlardagi kapillyarlarning shakli va kattaligi har xil. Ulardagi kapillyarlarning umumiy soni ham turlicha. Modda tez almashinadigan to’qimalarning 1 mm2 ko’ndalang kesimidagi kapillyarlar soni modda almashinuvi sust bo’lgan to’qimalardagiga nisbatan bir necha baravar ko’p. Masalan, yurakning 1 mm2 keeimidagi kapillyarlar soni skelet muskulidagiga qaraganda 2 baravar ko’p.
Kapyllyarlarning ikki xilini ajratishadi. Bir xili arteriolalar bilan vsnulalar orasida eng kalta yo’lni hosil qiladi , (ularni magistral kapillyarlar deb atashadi). Boshqalari magistral kapillyarlarning yon shoxchalaridir; bular bir kapillyarlarning arterial oxiridan boshlanib, ikkinchi kapillyarning venoz oxiriga quyiladi. Aia shu yon shoxchalar kapillyar to’rini hosil qiladi. G. I. Mchedlishvili malumotlariga qaraganda, magistral kapillyarlarda qon oqish tezligi uning yon shoxchalaridagi qon.oqish tezligidan katta.
Kapillyarlardagi qon bosimi bevosita o’lchangan: binokulyar lupa bilan kuzatib turib, kapillyardagi qon oqimlga teskari yo’nalishda ingichka kanyulya kiritib, uni fiziologik eritma to’ldirilgan byuretkaga ulashgan. Byurstkadagi bosimni istagancha o’zgartirish va o’lchash mumkin. Qanyulyaga kirgan eritrotsit kapillyar tomonga ham, kanyulya tomonga, ham siljimay, bir joyda turgan taqdirda byuretkadagi bosim kapillyardagi bosimga teng bo’ladi.
Yurak bilan bir xil balandlikda turgan kapillyardagi bosim uning arterial oxirida taxminan 25—30 mm, venoz oxirida esa 8— 12 mm. .
Skelet muskulining 1 mm2 ko’ndalang kesimiga to’g’ri keladigan kapillyarlarning umumiy sonini A. Krog va shogirdlari aniqlashgan. Organizmning hast davrida tushь bilan bo’yalgan to’qimalardagi kapillyarlarni sanashgan. It muskulining 1 mm2 ko’ndalang kesimidagi kapillyarlar soni taxminan 2500 ekanligi ma’lum. Maxsus tajribalarda Krog to’qimalarda kislorodning diffuziyalanish tezligini aniqladi va shu ma’lumotlarga asoslanib, muskulda qon hamma vaqt uning barcha kapillyarlaridan o’tgan taqdirda muskul to’qimasidagi kislorod tarangligi kapillyar qondagi kislorod tarangligiga teng kelishi kerak edi, degan xulosaga keldi. Lekin tinch holatdagi muskulda kislorod tarangligi juda kam (nolga yaqin) ekan. Bundan anglashiladiki, muskul tinch turganda qon uning ozgina kapillyarlari, ya’ni «navbatchi» kapillyarlar orqali oqadi, qolgan kapillyarlar esa berk bo’lib, qon o’tkazmaydi. Krog bir hayvonning ishlayotgan va ishlamayotgan oyog’idagi kapillyarlarni sanab, haqiqatda ham shunday ekanligini ko’rsatib berdi. Dengiz cho’chqasi muskulining 1 mm2 ko’ndalang kesimiga jami 3000 kapillyar to’g’ri kelishi, bu miqdor ish vaqtida 2500, tinch turganda esa 31—270 bo’lishi aniqlangan.
Muskul tinch turganda bir guruh «navbatchi» kapillyarlar ikkinchi guruhi bilan almashinib turadi. Bir guruh kapillyarlarning berkilish, ikkinchi guruhning esa ochilish sababi hozircha noma’lum. Aftidan, maxsus zapas kapillyarlar yo’q, barcha kapillyarlar muayyan paytda «navbatchi» bo’la oladi.
Berk kapillyarlar keskin tonus holatida bo’lishini Krog aniqladi. Organizmiing hayot vaqtida ularni hatto yuqori arterial bosimbilan ham qonga to’ldirib bo’lmaydi, holbuki atonik kapillyarlarni ozgina bosim bilan ham qonga to’ldirish mumkin.
Kapillyarlar devori faqat endoteliydan iborat bo’lib, muskul elementlari yo’q, shuning uchun kapillyarlar qanday qilib berkiladi, degan savol tug’ildi. Kapillyar devorini har joyhar joydan o’tib turuvchi maxsus panjasimon hujayralar (Ruje hujayralari)ning qisqarishi tufayli kapillyar berkiladi, deb faraz qilindi. Hozir bu fikr rad etildi. Lrteriolalardagi bosim miqdori kapillyarlar diametrining o’zgarishida katta rolь o’ynaydi. Arteriolalardagi bosim ko’tarilganda ishlayotgan kapillyarlar ko’payadi. Arteriolalar kapillyarlarning qonga to’lishini boshqaruvchi «jo’mraklar» vazifasini o’taydi.
Arteriovenoz anastomozlar. Gavdaning ba’zi qismlarida, masalan, teri, o’pka va buyraklarda arteriolalar bilan venalarning bevosita qo’shilib ketgan joylari bor. Bu qo’shilmalar — arteriovenoz anastomozlar — arteriola va venalar orasidagi eng kalta yo’ldan iborat. Odatdagi sharoitda bu anastomozlar berk bo’lib, qon kapillyarlar to’ridan oqadi. Anastomozlar ochiq bo’lsa qonning bir qismi kapillyarlarga kirmay, venalarga o’tishi mumkin.
Shunday qilib, arteriovenoz anastomozlar kapillyar qon aylanishini boshqarib turuvchi shuntlar rolini o’ynaydi. Atrofdagi muhit temperaturasi ko’tarilganda yoki pasayganda teri kapillyarlarida qon aylanishining o’zgarishi anastomozlarniig shunday rolь o’ynashini ko’rsatib bera oladi. Atrofdagi temperatura ko’tarilganda (35° dan oshganda) yoki pasayganda (15° dan pastga tushganda) teridagi anastomozlar ochiladi va qon arteriolalardan bevosita venalarga o’ta boshlaydi. Bu, qonni isib ketish yoki sovib ketishdan saqlaydi, chunki bu sharoitda qonning hammasi issiqni yutadigan yoki tashqariga chiqaradigan terining kapillyar to’ridan o’tavermaydi.

Download 9,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish