O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi



Download 9,19 Mb.
bet116/229
Sana01.06.2022
Hajmi9,19 Mb.
#624030
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   229
Bog'liq
2 5296425138235903642

O’ng qorincha qon o’ng bo’lmachadan o’ng bo’lmacha-qorincha teshigi orqali o’ng qorinchaga o’tadi. Bo’lmacha-qorincha teshigining chetida uch tabaqali klapan joylashgan bo’lib, uning tarkibida oldingi, orqa va to’siqli tabaqalar farqlanadi. Tabaqalar – endokard burmalari bo’lib, zich tolali biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan. Tabaqalarni tutashish joyida biriktiruvchi to’qima o’ng bo’lmacha-qorinchali teshikni atrofini chegaralab turgan fibroz halqaga aylanadi. Tabaqalarning bo’lmachali sirti silliq, qorinchali sirti esa notekis bo’lib, bo’rtiqlaridan payli ipchalar boshlanadi.
O’ng qorincha uch qirrali piramida shaklida bo’lib, qorinchaning yuzasida muskul tutamlari bir-biri bilan kesishib murakkab muskul chigali – et to’siqlarini hosil qiladi. Qorincha devoridan bo’shlig’ ichiga chiqib turadigan uchta so’rg’ichsimon muskullarni hosil qiladi.
Uch tabaqali klapanning tabaqalari qorincha bo’shlig’iga ochilganda, qorincha diastola – bo’shashgan holda bo’ladi. Qorin-chalar sistolasida (qisqarganda) tabaqalar yopiladi. Natijada, qon bo’lmachaga qaytmasdan, o’pka stvoliga qarab yo’naladi.
O’ng qorinchadan o’pka stvoli boshlanadi, uning teshigida uchta yarimoysimon klapanlar bo’ladi. Klapanlar o’pka stvoli tomonga qarab ochiladi va qonni o’sha tomonga o’tkazib, orqaga qaytarmaydi va qon qayta qorinchaga tushmaydi.
Yurakning chap bo’lmachasi kubsimon shaklda bo’lib, uning oldingi devoridan yurakning chap quloqchasi boshlanadi. Bu yerda tojtaroqsimon muskullar joylashgan. 4 ta o’pka venasi arterial qonni yurakning chap bo’lmachaga kelib quyadi.
Yurakning chap bo’lmachasi bilan chap qorinchasi o’rta-sida chap bo’lmacha-qorincha teshigi bor. Bu teshikning chetiga ikki tabaqali klapan birikkan.
Chap qorincha konus shaklida bo’lib, bo’shlig’ining devori-dan ikkita so’rg’ichsimon muskul va et to’siqlari yaxshi ifodalan-gan. So’rg’ichsimon muskullardan klapan tabaqalari chetiga payli iplar tortilgan bo’ladi. Chap va o’ng qorinchalar orasidagi qorinchalararo to’siq muskul to’qimadan tuzilgan, faqat yuqorigi qismi fibroz to’qimali bo’lib, ikki tomondan endokard bilan qoplangan.
Qorinchaning asosida chap arterial teshik joylashgan, undan aorta boshlanadi. Aorta teshigi uchta yarimoysimon qopqoq bilan ta’minlangan. Chap qorinchaning devori o’ng qorinchaga nisbatan 2-3 marta qalinroq bo’lib, asosan miokard hisobidan yaxshi rivojlangan.
Yurak devori uch qavatdan:
1) ichki qavat – endokard,
2) o’rta qavat – miokard,
3) tashqi qavat – epikarddan tuzilgan.

2-rasm. Yurak tuzilishi. Bo’ylama kesimining sxemasi:


1 – aorta, 2 – chap o’pka arteriyasi, 3 – chap bo’lmacha, 4 – chap o’pka venalari, 5 – o’ng bo’lmacha – qorinchali teshigi, 6 – chap qorincha, 7 – aorta qopqog’i, 8 – o’ng qorincha, 9 – o’pka stvolining qopqog’i, 10 – pastki kavak vena, 11 – o’ng bo’lmacha qorinchali teshigi, 12 – o’ng bo’lmacha, 13 – o’ng o’pka venalari, 14 – o’ng o’pka arteriyasi, 15 – yuqoridagi kavak vena.
Endokard – yurakning ichki pardasi, yurak kameralarining ichki yuzasini, muskul so’rg’ichlarini, pay iplarini qoplab turadi. Yurakning tabaqali va yarimoysimon qopqoqlari endokard hisobiga takomil etadi. Endokard bir necha qavatdan iborat. Yurak bo’shlig’iga qaragan qavati bazal membranada joylashgan yupqa endoteliy bilan qoplangan. Endoteliy ostida subendotelial qavat joylashadi. Undan chuqurroqda muskul-elastik qavat yotadi. Bu qavat tarkibiga silliq muskul hujayralari va elastik tolalari kiradi. Endokardning miokardga tegib turgan qavati tashqi biriktiruvchi to’qimali qavat deb ataladi.
Miokard – ko’ndalang-targ’il muskul to’qimadan tuzilgan. Bu qavat tipik miotsitlar va atipik miotsitlardan tashkil topgan. Tipik miotsitlar skelet muskulaturasidagi miotsitlardan tuzilishi jihatdan bir oz farqlanadi. Muskul tolalari bir-biridan qo’shim-cha disklar orqali ajraladi. Qo’shimcha disklar skelet muskula-turasida bo’lmaydi.
Atipik miotsitlar kelib chiqishi jihatidan muskul to’qima hisoblanadi, lekin bajaradigan funksiyasi nerv hujayralarni funksiyasini eslatadi. Bu hujayralar impulьslar ishlab chiqaradi. Impulьslar ta’sirida tipik miotsitlar qisqaradi. Morfologik jihat-dan atipik miotsitlar tipik miotsitlardan farqlanadi. Atipik miotsitlarda sarkoplazmasi ko’p, miofibrillalari kam va perife-riyada (chetda) joylashgan.
Atipik miotsitlar yurakning o’tkazuvchi tizimini hosil qiladi. Bular Purinьe tolalari deb ham ataladi. Bu hujayralarning to’plamlari yurakning ma’lum joylarida uchraydi. Yurakning o’ng quloqchasi bilan yuqoriga kavak vena oralig’ida Kis-Flak tuguni hosil bo’ladi.
Bundan tashqari yurakning o’ng bo’lmachasi devorida joylashgan uch tabaqali klapanga yaqinroq Ashof-Tavar tuguni boshlanadi. Bu tugundan qorinchalar orasiga Gis tutami kiradi, so’ng chap va o’ng oyoqchalarga bo’linadi.
Yurakning o’tkazuvchi tizimi yurak bo’lmachalari bilan qorinchalari o’rtasidagi sistola bilan diastola o’rtasidagi ritmni tartibga solib turadi. Bo’lmacha va qorincha mio-kardi bir-biridan ajralgan bo’lib, shu tufayli kameralar alohida qisqarish imkoniyatiga ega. Qorincha va bo’lmacha muskullari chap va o’ng bo’lmacha-qorincha teshiklari atrofida joylashgan fibroz halqalardan boshlanadi. Bo’lmachalarda yuza va chuqur qavatlarni hosil qiladigan muskullar joylashgan. Yuza qavati ko’ndalang yoki aylanma joylashib, ikkala bo’lmachani o’rab turadi. Chuqur qavati bo’ylama joylashgan muskul tolalaridan iborat bo’lib, har ikkala bo’lmachani alohida qoplab turadi. Qorinchalarda muskullar uchta qavatni hosil qiladi. Yupqa bo’lgan yuza qavat ikkala qorincha uchun umumiy bo’lib, uzunasiga joylashgan muskul tutamlaridan tashkil topgan. Muskul tolalari fibroz halqalardan boshlanib pastga qarab qiya yo’naladi va yurakning uchida burmani hosil qilib ichki bo’ylama qavatga o’tib, yuqorigi chetlari bilan fibroz halqalarga birikadi. Tashqi va ichki bo’ylama qavatlar orasida sirkulyar joylashgan o’rta qavati o’rnashadi.
Epikard – yurak xaltasini hosil qiladigan seroz pardaning vistseral varag’i bo’lib, yurak, o’pka stvoli, aorta va kovak venalar sohasini ustki tomondan qoplab, xaltaning (perikard-ning) seroz pardaning parietal varag’iga o’tadi. Epikard usti mezoteliy bilan qoplangan va yupqa biriktiruvchi to’qimali plastinkadan iborat.
Yurakka keladigan nervlar simpatik chegara stvolidan, adashgan nervdan, bo’yin va ko’krak sohasidagi orqa miya tugunlaridan boshlanadi.
Ikkita arteriya – o’ng va chap toj arteriyalar yurak devorini qon bilan ta’minlaydi. Bu arteriyalar aorta piyozchasidan boshlanib, yurak sathida toj va qorinchalararo egatlarda joylashgan. Tojsimon tomirlar yurakning uchta pardasida, so’rg’ichli muskullarida va go’shtli etlarda kapillyarlargacha tarmoqlanib ketadi. Kapillyarlardan qon yurak venalariga, venoz sinusga va yurak bo’lmachasiga yig’iladi. O’ng toj arteriyaning shoxlari o’ng bo’lmachani, o’ng qorinchani orqa devorini, chap qorinchaning orqa devorining ma’lum bir qismini, bo’lmacha-lararo to’siqni, qorinchalararo to’siqni orqa qismining birdan uch qismini, o’ng qorinchalarning so’rg’ichsimon muskullarini va chap qorinchaning orqadagi so’rg’ichsimon muskulini qon bilan ta’minlaydi. Chap toj arteriyaning shoxlari chap bo’lmachani, chap qorinchaning oldingi va orqa devorining yarmidan ko’p qismini, qorinchalararo to’siqni ikkidan uch qismini, chap qorinchaning oldingi so’rg’ichsimon muskulini qon bilan ta’minlaydi. Ikkala toj arteriyalarni shoxlari tutashib, ikkita arterial halqani hosil qiladilar.
Perikard – berk xalta bo’lib, ikki qavatdan tashqi – fibroz perikard va ichki – seroz perikarddan tuzilgan. Seroz perikard o’z navbatida vistseral va parietal varaqlarga ajralib ketadi. Vistseral va parietal varaqlar orasida perikardial bo’shliq joylashib, uni ichida seroz suyuqligi bo’ladi. Seroz suyuqlik parietal va vistseral varaqlarining mezoteliy bilan qoplangan yuzalarini namlab turadi. Ochilmagan perikard konus shaklida bo’lib, uning asos qismi diafragmani payli markazi bilan jiplashib ketadi, to’mtoqlashgan uchi esa tepaga qaratilgan va aortani boshlang’ich qismini, o’pka stvolini va yirik venalarni o’rab oladi. Perikardning orqa yuzasi qizilo’ngach va aortaning ko’krak qismiga yondoshadi. Yon tomonlaridan yumshoq birik-tiruvchi to’qima vositasida mediastinal plevra bilan yopishgan. Perikardning bir qismi to’sh suyagining ichki yuzasiga taqalib turadi.

Download 9,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish