Uchinchi davr. Bu davrda konda eriydigan fibrinogen oqsili trombin asosini tashkil qiluvchi erimaydigan fibrin ipchasiga aylanadi. Trombin tasirida dastlab fibrin-monomer, so’ngra IV faktor tasirida eruvchan fibrin – polimer (fibrin «S» solible) hosil bo’ladi. XIII fibrin stabillovchi faktor tasirida erimaydigan fibrinolizga chidamli fibrin – polimer (fibrin «I», insoluble) paydo bo’ladi. Fibrin ipchalariga qonning shaklli elementlari (eritrotsitlar) o’tirib qoladi kon laxtasi yoki tromb shakllanadi.
Qon laxtasi hosil bo’lgandan so’ng retraktsiya jarayoni, yani jarohatlangan qon-tomirga yopishgan trombning zichlashishi boshlanadi. Bu jarayon trombotsitning trombostenin oqsili va kaltsiy ionlari ishtirokida amalga oshadi. Laxta 2-3 soat ichida zichlashib, dastlabki holatga nisbatan 25-50 % xajmni egallab qoladi, undan zardob ajrab chiqadi. Retraktsiya natijasida tromb qotadi va jarohat yuzasidan qon oqishi to’xtaydi.
Fibrinoliz. Fibrin laxtasini parchalab yuborish hisobiga qon tomirlar bo’shlig’i ochilish jarayoni fibrinoliz deyiladi. Fibrinoliz retraktsiya bilan bir vaqtda boshlanadi, lekin u sekinrok kechadi. Fibrinoliz plazmin ta’sirida sodir bo’ladigan fermentativ jarayondir. Plazmin qonda noaktiv plazminogen holatida bo’ladi. Qon va to’qima aktivlovchilari tasirida u faollashadi. Fibrinoliz qon ivishi jarayoni kabi ikki xil tashqi va ichki mexanizmlar yordamida amalga oshadi. Fibrinolizning tashqi aktivlanish mexanizmi qon tomir endoteliysida sintezlanadigan to’qima aktivlovchilari yordamida amalga oshiriladi. Ularga plazminogenning to’qima aktivlovchisi
(TAP) va urokinazalar kiradi. Fibrinolizni ichki aktivlovchi mexanizmlariga plazma va shaklli elementlar aktivlovchilari kiradi, ular Xagemanga tobe va Xagemanga tobe bo’lmagan mexanizmlarga bo’linadi. Xagemanga tobe fibrinolizda XII a faktori, kallikrein va yuqori molekulali kinonogenlar ta’sirida plazminogen plazminga aylanadi. Xagemanga tobe bo’lmagan mexanizm bo’yicha fibrinoliz tez amalga oshadi, tomirlarda qon ivishi natijasida hosil bo’lgan hali qotmagan fibrin ipchalaridan tozalaydi.
Qon ivishiga qarshi mexanizmlar. Qonda faqatgina qon ivishini chakiruvchi faktorlargina bo’lmasdan, yana gemokoagulyatsiyaga karshi antikoagulyant deb ataluvchi moddalar ham mavjuddir. Bunday moddalarning ayrimlari qonda doimo bo’ladilar, ular birlamchi antikoagulyantlar deb ataladi. Qon ivishi va fibrinoliz jarayonida hosil bo’luvchi moddalar ikkilamchi antikoagulyantlar deb nom olgan.
Birlamchi antikoagulyantlarni uchta asosiy guruxga bo’lish mumkin:
1. Antitromboplastinlar-trombolastin va protrombinazalarga qarshi moddalar;
2. Antitrombinlar-trombinni biriktirib oluvchi moddalar;
3. Fibrinogendan fibrin hosil bo’lishiga qarshi moddalar.
Birlamchi antikoagulyantlarning kamayib ketishi tromboz hosil bo’lishi va DVS-sindrom kelib chiqishiga sabab bo’lishi mumkin.
Asosiy tabiiy antikoagulyantlar. Birlamchi
Antitrombin III
|
γ2 globulin. Jigarda sintezlanadi. Trombin Xa, IXa, XIa, XIIa faktorlariga, kallikreinlarga kuchayib boruvchi va plazman, tripsinlarga kuchsiz ta’sir qiluvchi ingibitordir. Geparinning plazmadagi faktori.
|
Geparin
|
Sulьfatlangan polisaxarid. Antirombin III aktivligini keskin orttiradi. Trombogen oqsil va garmonlar bilan koagulyatsiyaga qarshi va fibrinolitik ta’sir kursatuvchi kompleks hosil qiladi.
|
α2 –antiplazmin
|
Oqsil. Plazmin, tripsin, ximotripsin, kallikrein, Xa faktor, urokinazalar ingibitori.
|
α2-makroglobulin
|
Trombin, kallikrein, plazmin va tripsinlarning kuchayib boruvchi ingibitori.
|
α2-antitripsin
|
Trombin, tripsin va plazminlar ingibitori.
|
S1-esterazali ingibitor
|
α2-neyroaminoglikoproteid. Kallikrein, XIIa, IXa, IXa, X Ia va plazminlarni aktivsizlaydi.
|
Lipoprotein-koagulyatsion ingibitor birikmasi
|
Tromboplastin- VII faktor kopmleksini, Xa faktorni aktivsizlaydi.
|
Apolipopretein A- II
|
Tromboplastin- VII faktor kompleksini aktivsizlaydi.
|
Yo’ldosh protein antikoagulyanti
|
Yo’ldoshda hosil bo’ladi. Trombplastin-VII faktor kompleksini aktivsizlaydi.
|
S Protein
|
K Vitamin ga tobe oksil. Jigarda va endatemayda hosil bo’ladi. Serin proteazalar xossalariga ega. S Protein bilan birgalikda Va va VIIIa faktorlarni biriktirib oladi va fibrinolizni kuchaytiradi.
|
Pretein S
|
K Vitamin ga tobe oksil endotelial hujayralardi hosil bo’ladi. S Proteinning tasirini kuchaytiradi.
|
Trombomodulin
|
S Protein ning kofaktori. II a faktor bilan birikadi. Endotelial hujayralarda hosil bo’ladi.
|
Fibrin ingibitori
|
Polipeptid, har xil to’qimalarda hosil bo’ladi. Fibrin-monomer va polimerlarga tasir qiladi.
|
«Suzib yuruvchi» retseptorlar
|
Glikopreteidlar. IIa va Xa faktorlarni biriktirib oladi, boshka serin preteazalarni ham biriktirib olishi mumkin.
|
Qon ivish aktiv faktorlariga autoantitela
|
Plazmada uchraydi, IIa va Xa faktorlarni aktivsizlaydi.
|
(Qon ivishi, fibrinoliz davrida proteoliz jarayoni natijasida hosil bo’ladi). Ikkilamchi
Antitrombin I
|
Fibrin. Trombinni shimib oladi va aktivsizlaydi.
|
Protrombin R,R,Q va boshqalarning emirilishi mahsullari
|
Xa va Va faktorlarning ingibitori.
|
Va metafaktori
|
Xa faktorning ingibitori
|
XI a metofaktori
|
XIIa+ XIa faktorlari kompleksining ingibitori
|
Fibrinopeptidlar
|
Fibrinogen proteolizi mahsuli IIa faktorning ingibitori
|
Fibrinogen va fibrin emirilishining mahsuli
|
Fibrin polimerlanishini buzadi, fibrinogen va fibrin monomerlar bilan birikma hosil qiladi, XIa, IIa, fibrinoliz va trombotsitlar agregatsiyasini tormozlaydi.
|
Ikkilamchi antikoagulyantlarga qon ivishida ishtirok etgan, «ishlatilgan» faktorlar, fibrinogen va fibrinlarning emirilish mahsullari kiradi. Ikkilamchi antikoagulyantlar tomirlarda qon ivishini va trombin tarkalib ketishini chegaralaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |