O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi



Download 9,19 Mb.
bet91/229
Sana01.06.2022
Hajmi9,19 Mb.
#624030
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   229
Bog'liq
2 5296425138235903642

Gipnotik uyqu katta diqqatga sazovor bo’lib, vaziyatnish gipnoz . lovchi, uxlatuvchi ta’sirida va uyquga extiyoj borligini ishontiradigan gipnozchining harakatlari ta’sirida vujudga kelishi mumkin. Gipnotik uyqu vaqtida kishi tevarakatrofdagi olam bilan qisman aloqa qilib, sensomotor faoliyat saqlangani holda miya po’stlog’ining ixtiyoriy aktivligi yo’qolishi mumkin. Gipnotik uyqu vaqtida muskullar sistemasining nerv markazlari haddan tashqari susayish, tormozlanish holatida, shuningdek qo’zg’alish holatida bo’la oladi.
Davriy sutkali uyqu. Voyaga yetgan odamda uyquning monofazali tipi (sutkasiga bir marta) yoki kamdankam hollarda difazali (sutkasiga ikki marta) tipi kuzatiladi; bolada uyquning polifazali tipi uchraydi.
Yangi tug’ilgan bolaning sutkalik uyqusi hammasi bo’lib 21 soatgacha boradi; bola olti oylikdan bir yoshigacha sutkada 14 soatcha, 4 yoshida 12 soat, 10 yoshida 10 soat uxlaydi. Voyaga yetgan kishi bir sutkada o’rta hisob bilan 7-8 soat uxlaydi. Keksalik davri yaqinlashgan sayin uyqu birmuncha kamayadi.
Uzoq vaqt — 3-5 sutka mobaynida tamomila uyqudan qolish tufayli uyquga ehtiyoj tug’iladi, bu uyqu istagini ixtiyoriy ravishda qaytarib bo’lmaydi: faqat og’rituvchi kuchli ta’sirotlar, masalan, igna sanchish yoki elektr tokini ta’sir ettirish yo’li bilangina uyqu kelishiga to’sqinlik qilishi mumkin. Odam 60-80 soat uyqudan qolganda psixik reaktsiyalar tezligi kamayadi, aqliy ishdan tez charchaydi va bu ishni aniq bajara olmaydi. Surunkali uyqusizlikda vegetativ funktsiyalar aytarli o’zgarmaydi, gavda temperaturasi faqat ozgina kamayadi va tomir urishi picha sekinlashadi. 40-80 soat uyqudan qolishda fiziologik yoki ob’ektiv psixologik metodlar bilan qayd qilinadigan ozgina o’zgarishlarga qaramay, sub’ektiv sezgilar juda og’ir bo’lishi mumkin.
Organizmning uyqu vaqtidagi reaktsiyalarini va uyg’onish uchun qo’llaniladigan ta’sirotning kuch bo’sag’asini tekshirib, uyquning turli paytlaridagi chuqurligini tasavvur qilish mumkin.
Uyqu chuqurligi dastlabki 2-3 soatda maksimal darajada bo’lib, keyin sekinasta kamayadi. Ba’zi kishilarda uyquning 6-7 soatida uyqu chuqurligi yana kuchayadi.
Turli ta’sirotlarga javoban ro’y beruvchi reaktsiyalarni va uyqu chuqurligini kuzatish shuni ko’rsatdiki, normal davriy uyqu vaqtida muayyan ta’sirotlarga javoban ro’y beruvchi reaktsiyalar va po’stloq faoliyatining ba’zi turlari saqlanishi mumkin. Bu hodisa juz’iy tiyraklik deb ataladi.
Organizm reaktivligi qaysi ta’sirotlarga javoban saqlansa va qaysi ta’sirotlar uyg’onishni tez vujudga keltirsa, muayyan individiuum uchun qanday bo’lmasin maxsus diqqatga sazovor signallar o’sha ta’sirotga kiradi. Uyqu vaqtida miya po’stlog’ining juz’iy tiyraklik misollarini bola salgina ingrashi bilan uyg’onadigan, ammo kuchliroq boshqa tovushlarga parvo qilmaydigan onada, telefon jiringlashi bilan uyg’onadigan navbatchida, signal trubasida «to’planing» kuyi chalinganda uning tovushini eshitish bilanoq sakrab turuvchi harbiy xizmatchida kuzatish mumkin.
Uyqu nazariyalari. I.P.Pavlov uyquning muntazam nazariyasini ishlab chiqdi. Bu nazariyaga muvofiq, uyqu va ichki tormozlanish — ikkalasi bir protsessdir. Pavlov ta’limotiga ko’ra, uyqu katta yarim sharlar po’stlog’ini egallagan va po’stloq ostidagi tugunlarga, oraliq miyaga, o’rta miyaga tushgan, keng tarqalgan, irradiatsiyalangan tormozlanishdir.
Har xil shartli tormozlovchi ta’sirotlar takror qo’llanilganda it mudrab qolib, bir qancha hollarda chuqur uyquga ketishini, ayni vaqtda muskullar to’la bo’shashuvini ko’rsatib bergan tajribalar shunday xulosaga olib keldi.
Fiziologik uyqu vaqtida va shartli tormozlanishda elektrbentsefalogrammaning o’zgarishlarini taqqoslab ko’rish bu protsesslarning tabiati bir degan taxminning to’g’riligini tasdiqladi.
Fiziologik uyquda ham, shartli tormozlanishda ham miya po’stlog’ining ishlash ritmi ancha susayadi. Tafovut faqat shundaki, shartli tormozlanishda miya po’stlog’ining shu shartli refleksni yuzaga chiqarishga bevosita aloqador bo’lgan muayyan sohalaridagi ritmlar susayadi, uyqu vaqtida esa sust to’lqinlar aktivligi butun yarim sharlar po’stlog’ini egallaydi.
Uyqu nerv hujayralarini toliqtiruvchi ta’sirlardan saqlab, muhim muhofaza rolini o’ynaydi. Miya po’stlog’ining nerv hujayralarida shunday muhofazaga zarurat kelib chiqishining sababi shuki, ular uzluksiz ravishda aktivlik holatida bo’lib, ayni vaqtda energiyaga boy fosforli birikmalar, oqsillar va aminokislotalar parchalanadi. Harakat aktivligi natijasida ionlar muvozanati o’zgaradi (protoplazmada N ionlari to’planib, K ionlari yo’qoladi), buning oqibatida tinchlik potentsiali, qo’zg’aluvchanlik darajasi, sinaptik potentsiallar amplitudasi, harakat potentsiallari va shunga o’xshashlar o’zgaradi.
Davriy uyqu, ya’ni katta yarim sharlar po’stlog’i va uning ostidagi oliy nerv markazlarining sidirg’a torzmozlanishi ularning kelgusi faoliyati tiklanishini ta’minlaydi.
Hayvonlar va odamda tormozlovchi shartli signallar ta’sirida kelib chiqadigap uyquni I.P.Pavlov aktiv uyqu deb atadi, uni katta yarim sharlar po’stlog’iga affsrent impul’slar kelmay qo’yishi yoki juda kam kelishi natijasida kelib chiqadigan passiv uyquga qarshi qo’ydi.
Tiyraklik holatining davom etishida afferent impulьsatsiyaning ahamiyatini I.M.Sechenovning o’ziyoq to’la ko’rsatgan. U sezgi organlarining ko’p qismi zararlangan bemorlarda uzoq uyquning boshlanishini ko’rsatuvchi misollarni klinik praktikadai keltirib, hozirgina aytilgan faktni asoslab bergan. Masalan, Shtryumpel klinikasida bir bemorning hamma sezgi organlaridan faqat bir ko’zi bilan bir qulogi ishlardi. Ko’zi ko’rib, qulog’i eshitib turganda bemor uxlamasdi. Ammo vrachlar bemorping tashqi olam bilan aloqa qiladigan birdanbir yo’li — bir ko’zi bilan bir qulog’ini yopib qo’yishgan hamono u uxlab qolar edi. S.P.Botkin klinikasida kuzatilgan bir bemorning hamma sezgi organlaridan faqat bir qo’lining tuyg’u retseptorlari va muskul sezgisi retseptorlari ishlardi. Shu bemor sutkaning aksari vaqtida uxlab yotar va qo’liga tegilgandagina uyg’onib ketar edi.
Uchta asosiy analizator: ko’ruv, eshituv va hid biluv analizatorlarining periferik bo’limlari operatsiya qilinib yemirilsa, hayvonlar ham uxlab qolishi keyinchalik ko’rsatib berildi. V.S.Galkin itping ko’ruv va hid biluv nervlarini qirqib qo’ydi va ichkiquloqning ikkala chig’anog’ini yemirib tashladi. It shunday operatsimdan keyii» sutkasiga 23 soatdan ortiq uxlab yotdi. Qorni ochganda yoki to’g’ri ichak bilan qovuq retseptorlaridan impulslar kelgandagina qisqa vaqt uyg’onib turdi.
Ba’zi klinitsistlar va fiziologlar tomonidan ilgari surilgan uyqu markazi nazariyasi I.P.Pavlov nazariyasiga qarshi qo’yildi. Mushuk miyasidagi stvol qismining oldingi bo’limlariga elektr toki bilan ta’sir etib, muayyan nuqtalarning ta’sirlanishi natijasida uyqu kelishini aniqlagan V.Gessning kuzatishlari uyqu markazi nazariyasining asosiy dalilidir. V.Gess kalla suyagini teshib, katta yarim sharlar' orqali oraliq miyaning orqadagi qismiga ingichka elektrodlar kiritgan. Ko’pgina tajribalarda elektr toki bilan ta’sir etish natijasida mushuk uxlab qolar, bu uyqu normal uyqudan hech bir farq qilmas edi. Hayvon bir necha minut aylanib yurib, yotgani joy tanlar va normal mushuk singari xurillab turib, uxlab qolar edi. Ta’sirot to’xtagach, uyqu yana bir necha vaqt davom etardi. Nt kuchli ta’sirotlar uyquni buza olar va oraliq miyaga qo’yilgan elektrodlar orqali o’tkazilgan elektr toki yana uyqu keltirar edi.
V.Gessning ma’lumotlari nevropatologlarning kuzatishlariga va letargik entsefalitdan o’lgan kishilarning bosh miyasini gistologik metodlar bilan tekshirish natijalariga to’la mos tushar edi. Uyqu buzilishi, ya’ni ko’p kunlik patologik uyqu yoki patologik tiyraklik letargik uyqu kasalligiga xarakterlidir. Bosh miya zararlanishining gistologik manzarasini tekshirgan Ekonomo patologik uyqu bilan davom etuvchi. entsefalitda miya III qorinchasining orqa devorida va Silьviy suv yo’lining devorlarida, ya’ni oraliq miya bilan o’rta miya chegarasidagi» sohada ro’y bergan o’zgarishlarni aniqlagan. Ekonomoning fikricha, uyquni boshqaruvchi markaz xuddi shu sohada joylashgan. Uyqu markazidan oldingi tomondagi sohani Ekonomo tiyraklik markazi deb> hisoblagan. Bu markaz zararlanganda patologik, tiyraklik holati ro’y beradi.
Retikulyar formatsiyaning funktsional ahamiyati oydinlashtirilgach va katta yarim sharlar po’stlog’i bilan retikulyar formatsiya o’rtasidagi o’zaro ta’sir aniqlangach, yuqorida aytilgan faktlarning hammasi yangicha izohlandi. Urta miyaninv retikulyar formatsiyasi va talamusning nospetsifik yadrolari orqali katta yarim sharlar po’stlog’iga keladigan afferent impulьslar po’stloq neyronlarini aktivlashtiradi va miya po’stlog’ida aktiv tiyraklik holatini saqlab qoladi. Retikulyar formatsiyani, yemyarish yoki ba’zi narkotik moddalar, masalan, barbituratlar bilan ta’sir etib, retikulyar formatsiyani zaharlab qo’yish natijasida afferent impulslar kelmay qolishi sababli chuqur uyqu kelib chiqadi. Miya stvolining retikulyar formatsiyasini esa, o’z navbatida, katta yarim sharlar po’stlog’i uzluksiz tonus holatiga keltiradi.
Katta yarim sharlar po’stlog’i bilan retikulyar formatsiya o’rtasida doiraviy bog’lanish borligi, aftidan, normal uyquning kelib chiqish mexanizmida muhim rolь o’ynaydi. Darhaqiqat, katta yarim sharlar po’stlog’ining retikulyar formatsiyani tonus holatiga keltiruvchi qismlarida tormozlanish protsessining avj olishi tufayli retikulyar formatsiyaning ko’tariluvchi aktivlashtiruvchi ta’siri susayishi mumkin, buning natijasida esa butun miya po’stlog’ining aktivligi kamayadi. SHunday qilib miya po’stlog’ining cheklangan bir sohasida kelib chnqqan tormozlanish protsessi butun katta yarim sharlar po’stlog’ida tormozlanish holatini vujudga keltira oladi.
Odamning normal fiziologik uyqusi hamisha yarim sharlar po’stlog’ida tormozlanish protsessining ro’y berishiga bog’liq. Po’stloq hujayralarining uzoq ishlab charchashi, shuningdek tevarakatrofdagi sharoitning bir xilligi, ya’ni bir xil ta’sirlovchilarning uzoq vaqt monoton ta’sir etishi miya po’stlog’ining tormozlanishiga sabab bo’la oladi. Odam o’rniga yotganda harakat aktivligining kamayishi ham uyquninr kelib chiqishida muhim rol o’ynaydi. Odam o’rniga yotganda retikulyar formatsiyani va miya po’stlog’ini aktivlashtiruvchi afferent impulsatsiya kamayadi.
Talamusning ba’zi bir nospetsifik yadrolaridagi neyronlarning maxsus gruppalari uyquning kelib chiqishida muhim rolь o’ynashi so’nggi yillarda ko’rsatib berildi, Bu neyronlarning qo’zg’alishi sababli po’stloq ritmlari susayib (sinxron bo’lib) qoladi, ritmlarning susayishi esa tiyraklik holatidan uyquga o’tish uchun xarakterlidir. Talamus retikulyar formatsiyasining ana shu neyronlari o’rta miyaning ko’tariluvchi aktivlashtiruvchi retikulyar formatsiyasi bilan antagonistik munosabatda bo’ladi, chunki o’rta miyaning retikulyar formatsiyasi po’stloq ritmlarini desinxronizatsiya qilib, uyg’onishga sabab bo’ladi. V.Gess tajribalarida talamus retikulyar formatsiyasinshya? yuqorida aytilgan neyronlari qo’zg’alganligi oqibatida hayvonlar uxlab qolardi.

Download 9,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish