O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi



Download 9,19 Mb.
bet124/229
Sana01.06.2022
Hajmi9,19 Mb.
#624030
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   229
Bog'liq
2 5296425138235903642

1. Bosim generatori va qonni sarflovchi-yurak, sistola vaqtida qonni aorta va o’pka arteriyasiga o’tkazuvchi vazifasini bajaradi.
2. Yuqori bosimli tomirlar-aorta va yirik arteriyalar kiradi. Bu qismlarda nisbatan yuqori qon bosimi saqlanib turadi.
3. Bosimning turg’unligini, bir xilda turishini ta’minlovchi tomirlar-kichik arteriya va arteriolalar kiradi. Qon oqimiga qarshilik ko’rsatib, sistemalar uchun kerakli bosimni ushlab turadi.
4. Kapillyarlarda qon oqishini ta’minlovchi-mayda qon tomirlar kiradi. Ularning devorlarida silliq muskullar qisqarib–bo’shashib, ularda qon oqishi va to’xtashini ta’minlab, faoliyat ko’rsatuvchi va ishlamay turgan kapilyarlarning ishini boshqaradi.
5. Almashinuv tomirlari-kapillyarlar va postkapillyar venulalar kiradi. Ularning vazifasi qon va to’qima orasida gazlar va modda almashinuvini ta’minlash.
6. To’plovchi tomirlar-venula va kichik venalar. Tomirlar bo’shliqlarini faol va passiv xolda o’zgarishi qonni u yerda to’planishini ta’minlaydi, (so’ngra undan foydalanish) ya’ni uni qon oqimiga zudlik bilan chikarish. Bu tomirlar asosan sig’im vazifasini o’taydilar, bundan tashqari qisman qarshilik ham ko’rsatadilar.
7. Qonni qaytaruvchi tomirlar-yirik vena tomirlari va kovak venalar kiradi. Qonni yuqori o’tkazib beradi.
8. Shuntlovchi (ulovchi) tomirlar-turli tipdagi anastamozlar kiradi. Arteriola va venulalarni bir-biriga bog’laydi. Bu yerda moddalar almashinuvi sodir bo’lmaydi.
9. Qayta biriktirib, yutib oluvchi tomirlar-qon aylanishini limfatik bo’limini o’z ichiga oladi. Limfatik kapillyarlarning asosiy vazifasi to’qimalardan oqsillar va har xil mahsulotlarni o’ziga biriktirib olib, so’ngra ularni qonga qaytarishdan iborat.
Gemodinamikaning asosiy qonunlari. Gemodinamika-yurak qon tomirlar tizimida qon harakatini o’rganuvchi ta’limot bo’lib, gidrodinamika (suyuqliklar harakatini o’rganuvchi fizikaning bir bo’limi) qonunlariga asoslangan. Gidrodi-namika qonunlariga ko’ra, naylarda suyuqlikning oqimi ikki kuchga: suyuqlikning harakatini yuzaga keltiruvchi bosimga va oqayotgan suyuqlikning yopishqoqligiga bog’liq. Bu kuchlarning birinchisi suyuqliklarning harakatini ta’minlasa, ikkinchisi suyuqlik harakatiga to’sqinlik qiladi.
Gidrodinimika qonunlariga ko’ra har qanday nay orqali o’tayotgan suyuqlik xajmini (Q), nayning boshlanishidagi (R1), oxiridagi (R2) bosimlar farqiga to’g’ri proportsional bo’lib, quyidagi qarshilikka (R) teskari proportsionaldir.
P1­-P2
Q= --------
R
Agar bu tenglamani inson qon tomir sistemasiga qo’llansa, ya’ni tomirlar oxirida, kovak venalar sohasida nolga teng. Bu xolda tenglamani quyidagicha ifodalalash mumkin:
R
Q = ----
R
bu yerda: Q - bir minutda yurakdan xaydalib chiqqan qon miqdori, R-aortadagi o’rtacha bosim, R-tomirlarni ko’rsatadigan qarshiligi. Bu tenglamadan kelib chiqadigon: R=Q-R ya’ni aortadagi bosim (R) yurakdan bir minut davomida otilib chiqayotgan qon xajmiga(Q) va periferik qarshilikka (R) to’g’ri proportsional. Bu ikki ko’rsatkichni bilgan xolda umumiy periferik qarshilikni aniqlash mumkin. Tomirlarning periferik qarshiliklari, har bir tomirning qarshiliklari yig’indisiga teng. Tomirlarni nayga qiyos qilib, uning qarshiligini (R)Puazeyl formulasi yordamida aniqlash mumkin:

bu yerda: L-nayning uzunligi, η-naydan oqib o’tayotgan suyuqlik qovushqoqligi, π-o’zgarmas kattalik (3,14) aylanani diametrga nisbati, r-nayning radiusi.
Tomirlar sistemasi juda ko’plab naylardan iborat bo’lib, ularni bir biri bilan ulansa, summar qarshiligi, har bir nayning qarshiliklari yig’indisiga teng:

R=R1+R2+R3+…+R4


Tomirlarni parallel ulab chiqilganda ularning qarshiliklari yig’indisini quyidagi formula bilan hisoblash mumkin:


1
R= -------------------------------
1/R1+1/R2+1/R3+…+1/R4

Bu formula yordamida tomirlarning qarshiligini aniqlash mumkin emas, chunki tomirlar diametri muskullarning qisqarishi hisobiga o’zgaruvchan. Qonning qovushqokligi ham doimiy emas; masalan qon diametri 1 mm dan kichik tomirlardan o’tayotgan bo’lsa, uning qovushqoqligi ozayadi. Chunki tomirdan qon o’tayotganda uning markazida shaklli elementlar joylashgan bo’ladi.


Tomirlar sistemasining deyarli barcha qismlarida qon oqimi laminar harakatga ega. Tomirlarga parallel holda qon qavat-qavat bo’lib joylashib harakatlanadi. Bunda tomir devorlariga yaqin joydagilari deyarli harakatlanmaydi, unga nisbatan, ikkinchi qavati unga nisbatan uchinchi qavati va x,k, shaklli elementlari markazda tezroq harakatlanadilar, plazma esa tomir devoriga yaqin harakatlanadi. Qon oqish tezligi qon tomirlarida turlicha: aortada 40 sm/sek, arteriyalarda-40 dan 10 gacha, arteriolalarda 10 dan 0,1 gacha, kapilyarlarda 0,1 dan kam, venulalarda 0,3 dan kam, venada 0,3-5 kovak venul 5-20 sm/sek.
Tomirlarda laminar oqimdan tashqari yana turbulent (girdobli) oqim ham mavjud. Turbulent oqim arteriyalarni toraygan joylarida, hamda o’tkir burilgan joylarida uchraydi.
Gemodinamikaning asosiy ko’rsatkichlari bo’lib: xajm tezligi qonni aylanib chiqish vaqti va tomirlarning har xil qismlarida bosimlar farqi hisoblanadi.
Qonning xajm tezligi-bir minutda aorta yoki kovak venalar orqali va o’pka arteriyasi yoki o’pka venalari orqali o’tgan qon xajmi bir xil. Yurakdan chiqayotgan qon miqdori unga kelayotgan qon miqdoriga teng.
Qon oqishining chiziqli tezligi. Chiziqli tezlik qon zarralarining tomirda siljish tezligini ifodalaydi va mm/sek larda (sm) (sek) o’lchanadi.
CHiziqli tezlik (V) xajmi tezligining (Q) qon tomir ko’ndalang kesimi umumiy yuzasiga bo’linganiga teng:

Bu formula yordamida topilgan tezlik-o’rtacha tezlikdir. Oqimning markazida chizikli tezlik maksimal, tomir devori ishkalanishi kuchli bo’lganligi uchun minimaldir. Aortada 50-70 sm/sek. Kapillyarlarda -0,05 sm/sek. Arteriyalarda 20-40 sm/sek, arteriolada -0,5 sm/sek. Venalarda chiziqli tezlik yana ortardi 25-30 sm/sek.
Qonni aylanib chiqish vaqti. Qon zarralarini katta va kichik qon aylanish doirasini aylanib o’tishi uchun zarur bo’lgan vaqtga qonni aylanib chikish vaqti deb ataladi. Issiq qonli hayvonlarda 27 sistolani tashkil qiladi. Agar odam yuragi minutiga 70-75 marta qisqarganda qon butun gavdani 20-23 sekundda aylanib chiqadi. Lekin shuni unitmaslik kerakki qon tomiri o’qi bo’ylab oqish tezligi uning devori oldidagi tezlikka qaraganda yuqoriroq. Qon tomirlarining devorlari ham turlicha, bundan tashqari ularning uzunligi ham har xil. Demak, qonning hammasi gavdaning barcha qon tomirlarini shunday tezlik bilan aylanib chiqavermaydi. Qolaversa ma’lum miqdordagi qon qon depolarida ham bo’ladi.

Download 9,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish