O ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT PЕDAGOGIKA INSTITUTI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
GEOGRAFIYA VA IQTISODIY BILIM ASOSLARI
KAFEDRASI
IQTISODIYOT NAZARIYASI
fanidan
SILLABUS (ishchi dastur)
Navoiy-2021
O ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT PЕDAGOGIKA INSTITUTI
“Tasdiqlayman”
FAKULTET DEKANI
________ dots. Jumabayev B.Ye.
IMZO
“_____” ______2021-yil
“ IQTISODIYOT NAZARIYASI ” fanidan
SILLABUS (ishchi dastur)
Fanning kodi:
|
GeoTGM2008
|
Bakalavriat yoʻnalishi:
|
5112200 –Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari
|
Semestr:
|
I-II
|
Kreditlar soni:
|
4
|
-
|
Mashgʻulot turi
|
Ajratilgan soat
|
Semestr
|
I
|
II
|
Nazariy (ma’ruza)
|
60
|
30
|
30
|
Seminar
|
60
|
30
|
30
|
Mustaqil ta’lim
|
120
|
60
|
60
|
Jami auditoriya soatlari
|
120
|
60
|
60
|
Umumiy oʻquv soatlari
|
240
|
120
|
120
|
Tuzuvchilar:
Sh.R.Xasanov
G.Q.Xatamova - “Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari” kafedrasi katta o‘qituvchisi
Taqrizchilar:
Sharifjonova G - “Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari” kafedrasi katta o‘qituvchisi, i.f.n.
Zoyirov Z.X. - “Geografiya va iqtisodiy bilim asoslarini ” kafedrasi dotsenti, i.f.n.
Fanning ishchi o‘quv dasturi “Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari” kafedrasining 2021- yil _ - avgustdagi _-sonli yig‘ilishida muhokamadan o‘tgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri ____________ g.f.n.Shodiyev S.R.
Fanning ishchi o‘quv dasturi “Tabiiy fanlar” fakulteti kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2021- yil _ - avgustdagi _-sonli bayonnoma).
Fakultet kengashi raisi: dots. Jumaboyev B.Ye.
Kelishildi: O‘quv uslubiy boshqarma boshlig‘i __________________
Ushbu ishchi o‘quv fan dasturi Navoiy davlat pedagogika instituti kengashining 2021- yil _ -avgustdagi _-sonli yig‘ilishining -sonli Qarorining bandi bilan tasdiqlangan.
Ish joyi: Navoiy davlat pedagogika instituti
Bogʻlanish uchun telefon nomeri: (+99890) 501-00-55
(+99891)9901288
E-mali: 2174@navdpi.uz1
Prerekvizitlar:
Mazkur fanni o‘zlashtirgunga qadar talabalar quyidagi fanlarni o‘zlashtirgan bo‘lishlari shart: Umumta’lim maktablarining “Iqtisodiy bilim asoslari” (8-10- sinf) darsliklari.
Postrekvizitlar:
Fan tugallanganidan so‘ng, talabalar quyidagi modul bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishi lozim: “Korxona iqtisodiyoti”, “Tarmoq iqtisodiyoti”, “Mikroiqtisodiyot”, “Bozor iqtisodiyoti”, “Makroiqtisodiyot”.
Fanni o‘rganishning zaruriyati.
Fanni o‘zlashtirishdan maqsad - O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni
Mustaqillikning o‘tgan yillari mobaynida O‘zbekiston ochiq, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish borasida ulkan yutuqlarga erishildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tashabbusi bilan mamlakatimizda o‘tkazilayotgan iqtisodiy, ijtimoiy islohotlar kishilar ongi va ruhiyatini o‘zgartirmoqda, ularni yangicha fikrlash, bozor iqtisodiyotini chuqurroq idrok etish va bozor talablariga moslashib ishlash va yashashga yo‘naltirilmoqda, tadbirkorlikka intilish keng tus olmoqda. Bu esa o‘z navbatida bozor ilmi iqtisodiy bilimlarni chuqurroq o‘rganishga katta ehtiyoj va qiziqishni keltirib chiqarmoqda. Bundan Oliy maktab talabalari ham chetda qolmaydilar, chunki talabalar Oliy ta'limni bakalavr darajasini olish uchun albatta iqtisodiyotning qonun qoidalarini, sir asrorlarini bilishlari va uni hayotda, mehnat jarayonida qo‘llashga intiladilar.
“Iqtisodiyot nazariyasi” fani iqtisodiyot tushunchalarini, uning qonun-qoidalarini, tejamli xo‘jalik yuritish sirlarini, turli kishilar va xo‘jaliklarning bir-birlari bilan manfaatli iqtisodiy aloqada bo‘lib, unumli mehnat qilish yo‘llarini va shakllarini o‘rgatadi.
Shu bilan birga 2017 yil 20 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinib, unda oliy ta’lim tizimini kelgusida yanada takomillashtirish va kompleks rivojlantirish bo‘yicha eng muhim vazifalardan biri sifatida “...xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallarni keng joriy qilish...” vazifasi qo‘yildi. Belgilangan vazifalar va qo‘yilgan talablardan kelib chiqib, “Iqtisodiyot nazariyasi” fani bo‘yicha ushbu o‘quv dasturi ishlab chiqildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |