O’quv kursi yakunida talabalar diniy ekstremizm va terrorizm tarixi va mohiyati haqida, bu harakatlarning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri haqida tushuncha, bilim, va malakaga ega bo’ladilar. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda xalqimizning ma’naviy merosining g’oyaviy va mafkuraviy ahamiyati, terrorizmning mohiyati, kelib chiqish sabablari, sof islom dinining ma’naviy merosini, ularni yoshlarni eng insoniy fazilatlar egasi qilib tarbiyalash, insonparvarlik, xalqparvarlik, adolat, halollik kabi olijanob axloqni targ’ib etish to’g’risida tasavvur, ko’nikma va malakaga ega bo’ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |