O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakultet


-asosiy savol bo‘yicha dars maqsadi



Download 1,09 Mb.
bet65/177
Sana01.01.2022
Hajmi1,09 Mb.
#303577
TuriУчебно-методический комплекс
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   177
Bog'liq
ЭТТМ мажмуа (Lotincha)

1-asosiy savol bo‘yicha dars maqsadi: talabalarga Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning xalqaro siyosiy-huquqiy asoslari to‘g‘risida ma’lumot berish.
Identiv o‘quv maqsadlari:

- xalqaro shartnomalarni biladi;

- ekstremizmga qarshi kurashda xalqaro hamkorlikni baholaydi.
1-asosiy savolning bayoni:

Terrorchilarni jinoiy javobgarlikka tortish uchun 13 davlat suveren tenglikni chegaralovchi «Xalqaro jinoiy sudni tashkil etish» haqidagi Konventsiyani imzoladi. SHunday bo‘isa-da, bu hujjatlarda xalqaro terrorchilarni tutib berish masalasi umuman qo‘yilmagan, terrorizmning ta’rifi esa haddan tashqari kengayib ketgan edi. YUqoridagi kabi qator kamchiliklari tufayli nomlari zikr qilingan Konventsiyalar zarur miqdordagi ratifikatsiyalarni to‘play olmadi va kuchga kirmay qolib ketdi. SHunga qaramay, ular bu sohadagi davlatlararo hamkorlikka ozmi-ko‘pmi ijobiy ta’sir ko‘rsatgani shubhasiz, albatta.

Qurolli to‘qnashuvlar vaqtida terrorchilik harakatlarini qo‘llash xalqaro gumanitar huquq me’yorlariga, xususan, 1949-yilda imzolangan Urush paytida oddiy fuqarolarni himoya qilish haqidagi Jeneva Konventsiyasiga, 1977-yilda qabul qiiingan Qo‘shimcha protokollar qoidalariga ko‘ra man etilgan.

Bunday jinoyatlarga qarshi kurashda xalqaro hamkorlik aloqalari kengayib bormoqda. Jumladan, BMT huzurida xalqaro terrorizm bo‘yicha tashkil etilgan Maxsus qo‘mita terrorizm sabablarini o‘rganish, bartaraf qilish va unga qarshi kurash borasida davlatlar faoliyatini muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanmoqda.

1973-yilning dekabrida BMT Bosh Assambleyasi xalqaro muho­fazadan foydalanadigan shaxslar, Jumladan, diplomatik agentlarga qarshi qaratilgan jinoyatlarning oldini olish va jazolash bo‘yicha Konventsiyani qabul qildi, Uning 1-moddasiga muvofiq xorijiy mamlakatda bo‘lib turgan davlat va hukumat boshliqlari, tashqi ishlar vaziri, ularga hamrohlik qilayotgan oila a’zolari; maxsus muhofaza huquqi bo‘lgan davlat vakili yoki mansabdor shaxs; hukumatlararo xalqaro tashkilotning mansabdor shaxsi yoki agenti va ular bilan birga yashovchi oila a’zolari xalqaro muhofazada bo‘ladigan shaxslar qatoriga kiritilgan.

Qayd etilgan harakatlarga qarshi kurash bo‘yicha siyosiy kelishuvlar Evropa xavfsizlik va hamkorlik Kengashi ishtirokchilarining Xelsinki, Madrid, Vena, Parijda qabul qilgan yakunlovchi paktlarida o‘z ifodasini topgan.

Ayni paytda, terrorchilik xurujlarining oldini olish va uni sodir etganlik uchun jazolash to‘g‘risidagi Amerika davlatlari tashkiloti (1971-y.), Evropa davlatlari (1976-y.) va Janubiy Osiyo mintaqaviy hamkorligi assotsiatsiyasi (1987-y.) tomonidan qabul qilingan uchta mintaqaviy Konventsiya ham mavjudligini qayd etish lozim.

SHu bilan birga, Evropa iqtisodiy hamjamiyati tarkibida terrorizm bo‘yicha Tashqi ishlar vazirlari Qo‘mitasi ham faoliyat ko‘rsatayotganini ta’kidlash zarur.

Bu yo‘nalishda hamkorlik qilishga intilish musulmon dunyosi mamlakatlariga ham xosdir. Ko‘plab arab-musulmon davlatlari Ichki ishlar va Adliya vazirlari tomonidan 1998-yilda imzolangan terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha Arab bitimini qabul qilishgan.

Biroq hali ham xalqaro terrorizm tushunchasining mohiyati, huquqiy tabiati va uni sodir etganlik uchun javobgarlikni belgilovchi yagona universal kelishuv ham, xalqaro terrorchilik xurujlarini xarakterlovchi to‘la ro‘yxat ham yo‘q.

Xalqaro terrorizm katta xavf tug‘dirishi, keng tarqalgani va amalga oshirish shakllarining xilma-xilligi tufayli ham davlatlar unga qarshi kurashish uchun maxsus Konventsiyalar qabul qilishda davom etmoqdalar va bunday xurujlarni xalqaro jinoyat deb ta’rif bermoqdalar.

Mazkur muammoning BMT, EXHT, NATO kabi nufuzli xalq­aro institutlar faoliyatidagi o‘rni uzluksiz oshib bormoqda. Terrorizmga qarshi kurashni faollashtirish, uning samarasini oshirishga qaratilgan o‘nlab huquqiy hujjatlar, shartnomalar, bitimlar, Konventsiyalar qabul qilinmoqda,tashkilotlar hamda ijro tizimi yaratilmoqda. Xususan, BMT Xavfsizlik Kengashining oxirgi yillarda qabul qilingan 1368, 1373 va 1377-qarorlari mazkur muammoning turli qirralarini qamrab olgan bo‘lib, dunyoning mutlaq ko‘pchilik davlatlari tomonidan qizg‘in qo‘llab-quvvatlanmoqda. Ularda belgilangan maqsadlarga erishishning amaliy yo‘llari izlanmoqda. MDHning Aksilterror markazi hamda SHanxay Hamkorlik Tashkiloti tuzilmalari shunday institutlardan bo‘lib, ularning yaratilishi va bugungi faoliyati, ko‘p jihatdan, O‘zbekiston Respublikasi tashabbuslari samarasidir.

Terrorizmga qarshi kurashning huquqiy asoslarini mustahkamlash bu kurashda ilg‘or hisoblangan mamlakatlar tajribasida ham alohida o‘rin tutmoqda. Masalan, 1958-1999-yillar davomida AQSHda qabul qilingan 40 ta huquqiy hujjat u yoki bu darajada terrorizmga qarshi kurashning huquqiy zaminini mustahkamlashni ko‘zlaydi. Ularning eng muhimlari qatoriga maxsus «Prezident direktivasi» (1995-y.) va «Terrorizmga qarshi kurash haqidagi qonun»ni (1996-y.) kiritish mumkin.


Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish