O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakultet


-asosiy savol bo‘yicha dars maqsadi



Download 1,09 Mb.
bet58/177
Sana01.01.2022
Hajmi1,09 Mb.
#303577
TuriУчебно-методический комплекс
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   177
Bog'liq
ЭТТМ мажмуа (Lotincha)

1-asosiy savol bo‘yicha dars maqsadi: talabalarga diniy ekstremizm va terrorizmning musulmon dunyosi uchun xavfini tushuntirish.
Identiv o‘quv maqsadlari:

- diniy ekstremizmning xavfini biladi;

- terrorizmning jamiyat uchun zararini tushuntiradi.
1-asosiy savolning bayoni:

Mutaxassislar fikricha, islomiy ekstremizm va u bilan bog‘liq terrorizm dunyoning 15 dan ortiq mamlakatlariga alohida tahdid solmoqda. Er kurrasining turli qit’alarida joylashgan bunday mamlakatlarni shartli tarzda bir necha guruhga bo‘lish mumkin.

Birinchi guruhga mansub SHimoliy Afrikada joylashgan ayrim arab mamlakatlari, jumladan, eng katta arab davlati bo‘lgan Misr Arab Respublikasi uchun diniy ekstremizm bilan bog‘liq terrorchilik harakatlari haqiqiy muammoga aylandi. 1970-1980-yillarda bunday jarayon Tunisni qamrab oldi.

Mazkur mintaqada joylashgan yana bir arab davlati Jazoirdagi diniy ekstremistik tashkilotlarning qo‘poruvchilik faoliyati tufayli o‘n minglab begunoh insonlar halok bo‘lgan bo‘lsa, radikal islomchilar hokimiyatni boshqarayotgan Sudanda mana o‘n yildan oshiqroq vaqtdan beri ichki ijtimoiy-siyosiy barqarorlik mutlaqo izdan chiqqan, Darfur mintaqasi esa bugungi dunyoning eng fojiali nuqtalaridan biriga aylandi. Ustiga-ustak, ushbu mamlakat hududi turli xildagi terrorchi unsurlar to‘planayotgan va harbiy tayyorgarlikdan o‘tayotgan o‘nlab jangarilar uyalari amal qifayotgan xatarli joyga aylandi.

Ikkinchi guruhga Osiyo qit’asida joylashgan yana bir necha arab davlatlarini kiritish mumkin. Turli-tuman siyosiy, iqtisodiy va diniy-mafkuraviy sabablarga ko‘ra, Falastin hududlari, Iroq Respublikasi diniy ekstremizm bilan bog‘liq terrorchilik harakatlaridan katta talafot ko‘rmoqda. Saudiya Arabistoni Podshohligida ham terrorizm o‘zining mudhish qiyofasini namoyon etmoqda. Vaziyatning keskinlashib ketishi diniy arboblarning aksilterror siyosatini faol qo‘llab-quvvatlashga jalb qilinishiga olib kelmoqda. Xususan, 2003-yilning fevralida Saudiya Arabistoni ulamolar Kengashi Podshohlikdagi chet el fuqarolariga hujum qilishni taqiqlovchi fatvo chiqardi. Unda chet elliklarga «kofir» deb qarash islom tamoyillariga mutlaqo zid ekani ta’kidlanadi.

Diniy ekstremistik faoliyatning uchinchi o‘chog‘i Janubi-SHarqiy Osiyo mintaqasida joylashgan deyish mumkin. Ushbu xatarning olovli nafasi, ayniqsa, Pokiston, Indoneziya, Malayziya hamda Hindiston va Fillipinning ayrim hududlarida o‘zining halokatli oqibatlarini namoyon etmoqda. Boshqacha aytganda, qadim-qadimlardan buddaviylik, hinduiylik, islom va boshqa dinlarga e’tiqod qiluvchilar tinch-totuv yashab kelgan ulkan hududda ham ekstremizmning qo‘poruvchilik salohiyati o‘zini ko‘rsatmoqda.

O‘tgan asrning 70-yillari intihosidan boshlab Afg‘oniston diniy ekstremizm va fundamentalizmning eng yirik o‘chog‘iga aylana boshladi. Ushbu mamlakatdagi siyosiy beqarorlik tufayli turli mamlakatlardan o‘zining xunuk qilmishlari uchun badarg‘a bo‘lgan qora kuchlar Afg‘onistonga oqib keldilar va mustahkam o‘rnashib oldilar. «Tolibon» nomi bilan atalgan ekstremistlar ularga boshpana berdilar. Afsuski, ayrim yirik davlatlar ham o‘zlarining shubhali geosiyosiy manfaatlarini ro‘yobga chiqarish ilinjida Afg‘onistondagi radikal islomchilarni amalda qo‘llab-quvvatladilar. Natijada, ushbu mamlakat ekstremizm va terrorizmning haqiqiy o‘chog‘iga aylandi. Bu hol nafaqat uning, balki unga tutash mamlakatlarning xavfsizligiga ham tajovuz solgani yaxshi ma’lum.

Ta’kidlash joizki, diniy ekstremizm va u bilan bog‘liq terrorizmning O‘zbekistonga kirib kelishida aynan Afg‘oniston o‘ziga xos darvoza vazifasini o‘tadi. O‘tgan asrning so‘nggi yillarida mazkur mamlakatdan panoh topgan, «Tolibon» harakati va «al-Qoida» tashkiloti bilan mustahkam aloqalar o‘rnatgan «O‘zbekiston islomiy harakati» va oxirgi paytda u bilan birgalikda harakat qilayotgan «Hizbut-tahrir» kabi radikal diniy-siyosiy guruhlar, mana o‘n yildan oshiqroq vaqt mobaynida O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlaridagi barqarorlikka putur etkazishga intilib kelmoqda.

Oxirgi yillarda mamlakatimizda yashirin amal qilayotgan diniy-siyosiy guruhlar orasida «Hizbut-tahrir» alohida faollik ko‘rsatmoqda. Aytish lozimki, mazkur partiya o‘zini terrorchilik faoliyatiga aloqasi yo‘qdek qilib ko‘rsatishga intiladi. Partiyaning ushbu iddaosini haqiqat deb qabul qilishga tayyor kuchlar ham bugungi dunyoda, afsuski, yo‘q emas. Lekin partiya tarqatayotgan varaqalarning mazmuni ushbu guruhning tinchliksevar partiya ekani haqidagi da’volar haqiqatdan nechog‘lik yiroqligini, uning «beozor siyosiy kuch» ekaniga ishonayotganlar qanchalik xato qilayotganiga hech qanday shubha qoldirmaydi. Allaqachonlaroq o‘z umrini yashab, tarix sahnidan tushib ketgan, bugungi voqelikka mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan xayoliy xalifalikni barpo etish uchun har qanday amaliy harakatlardan tiyilmaslik, jumladan, qurol ishlatishni targ‘ib qilish orqali musulmonlar ongiga eng ashaddiy siyosiy g‘oyalarni singdirishni o‘zining dasturiy vazifasi qilib olgan hamda uni hayotga tatbiq etishga jon-jahdi bilan urinayotgan bunday guruhni terrorchilik faoliyatga aloqador emas deb bo‘ladimi?


Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish