O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakultet



Download 1,09 Mb.
bet5/177
Sana01.01.2022
Hajmi1,09 Mb.
#303577
TuriУчебно-методический комплекс
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   177
Bog'liq
ЭТТМ мажмуа (Lotincha)

Identiv o‘quv maqsadlari:

  • XX asr oxirida dunyo siyosiy xaritasidagi o‘zgarishlarni biladi;

  • Yangi mustaqil davlatlarda dinga munosabatning o‘zgarishini tahlil qiladi;

  • O‘zbekistonda diniy erkinlikka amal qilinishini tahlil qiladi.


1-asosiy savolning bayoni:

XX asr insoniyat tarixida tub burilishlar, moddiy va iqtisodiy rivojlanish, madaniy yuksalish, ikki jahon urishi, atom, koinot, ekologik bo‘hronlar asri va boshqa nomlar bilan kirdi. Shu bilan birga mazkur tub burilishlar zaminida insoniyat tarixining o‘ziga xos, boshqa davr va makonlarda kuzatilmagan yoxud unchalik sezilmagan ma’naviylikka, ma’naviy asoslarga qaytish, eski sotsiomadaniy qadriyatlar tizimini isloh etish va yangilarini joriy qilishga bo‘lgan intilishlar yuzaga keldi va kelmoqda.

XX asr oxiriga kelganda dunyo taraqqiyotida juda katta o‘zgarishlar yuzaga keldi. 70 yildan ortiq sotsializm qo‘rg‘oni bo‘lgan sobiq Sho‘ro saltanati oshirildi va uning o‘rnida 15 ta mustaqil davlat vujudga keldi. SHo‘ro saltanatining qulashiga asosiy sabab tarixiy taraqqiyotning yangi zamonaviy bosqichiga moslasha olmaganligi, turli millatlarning milliy g‘ururiga mensimay qaralganligi, barcha xalqlarni yagona mafkuraga buysundirish uchun zo‘rlik ishlatilganligi, ittifoqdosh respublikalar xalqlarining ona tili, diniy e’tiqodlari va asriy qadriyatlari oyoq osti qilinganligi, mamlakatda adolatning qo‘pol ravishda buzilganligi sabab bo‘ldi.

Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin xalqimizning ma’naviy va madaniy merosiga, tarixiga, ona tilimizga munosabat tubdan ijobiy tomonga o‘zgardi. Mamlakatimizda diniy qadriyatlarga erkinlik berildi. Istiqlol tufayli ko‘p yillar quvg‘inda bo‘lgan din yana ravnaq topa boshladi. Jumladan, siyosiy dunyoqarashlar erkinligi, hurfikrlilik, diniy tashkilotlar faoliyatining rivoj topishiga zamin yaratdi. Musulmonlar uchun turli xil adabiyotlar chop etildi. Gazetalar, jurnallar sahifalarida, televidenieda islom dinining etuk vakillari o‘z maqolalari va suhbatlari bilan ishtirok etdilar. Taqvodorlarning jamoa bo‘lib ibodat qilishlari uchun qishloq va mahallalarda masjidlar barpo etildi. Agar O‘zbekistonda mustaqillikka qadar 90 ga yaqin masjid bo‘lgan bo‘lsa, hozir ularning soni 3000 tadan oshib ketdi. Farg‘ona viloyatida istiqlolga qadar bor-yo‘g‘i 3 ta Jome’ masjidi qonuniy ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, hozir bunday masjidlar 200 dan ortiqroq.

Islom ta’limotining ma’rifiy, insonparvarlik g‘oyalari bilan yoshlarimizni barkamol inson qilib tarbiyalash, voyaga etkazish orqali mustaqillik ruhida tarbiyalash, dunyoviy bilimlar bilan birga diniy ta’limotning ijobiy tomonlarini o‘rgatish asosida ularni komil inson qilib tarbiyalash hozirgi kunning muhim masalalaridandir. «Biz farzandlarimizni dunyoviy bilimlar bilan bir qatorda Imom Buxoriy to‘plagan hadislar, Naqshbandiy ta’limoti, Termiziy o‘gitlarlari, YAssaviy hikmatlari asosida tarbiya qilmoqdamiz», -deydi I. Karimov.

Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda diniy tashkilotlarning soni o‘sdi. 1990 yilda respublikada 119 ta diniy tashkilot, 2 ta diniy o‘quv yurti mavjud bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda 2200 dan ortiq diniy tashkilot erkin faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan eng yirigi O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Rus Pravoslav cherkovining Toshkent va O‘rta Osiyo Eparxiyasi, Evangel xristian-baptistlar cherkovi, Rim-katolik cherkovi, To‘liq Injil xristianlari cherkovi, O‘zbekiston Bibliya jamiyati va boshqalar. SHuningdek, 2000 atrofida masjid, 163ta xristian cherkovi, 8ta yahudiy sinagogalari, 6ta Bahoiylar jamoasi, 1ta Krishnani anglash jamiyati, 1ta Budda ibodatxonasida fuqarolar emin-erkin ibodat qilishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

O‘tgan yillar davomida diniy o‘quv yurtlarining ishi ham rivojlantirildi. Mustaqillikkacha bor-yo‘g‘i 2 ta diniy o‘quv yurti ishlagan bo‘lsa, bugungi kunda ularning soni 13 taga etdi. Ilk marta diniy o‘quv yurti talabalariga stipendiya berish ta’sis etildi.

Toshkent Islom institutini 1975-1990-yillar orasida 153 kishi, «Mir Arab» madrasasini 1950-1990-yillar orasida 272 kishi, umuman olganda, sobiq sovet davrida diniy bilim yurtlarini jami 425 kishi bitirgan bo‘lsa, mustaqillik yillarida, respublikadagi 10 ta madrasa va Toshkent islom institutini 1991-2004-yillar orasida 5058 kishi bitirib chiqdi. SHu jumladan, imomlarning diniy ma’lumoti darajasi sezilarli oshirilishiga erishildi. Bugun ularning 90%dan ziyodi maxsus diniy ma’lumotga ega.

Fuqarolarga haj ibodatini ado etishlari uchun barcha sharoitlar yaratildi. SHu o‘rinda 1994-yildan hojilar uchun imtiyozli valyuta konvertatsiyasi tashkil etilganini alohida qayd etish lozim. Ushbu maqsadda o‘tgan yillarda 47 milliondan ortiq AQSH dollari ajratildi. 1991 yilda hajga boruvchilar soni 1500 kishini tashkil etgan bo‘lsa, 1996 yildan esa bu raqam yiliga 3800 ni tashkil etmoqda. Mustaqillik davrida jami 45 mingdan ortiq kishi haj ibodatini ado etdi.

YUqoridagi kabi o‘zgarishlarni boshqa konfessiyalar misolida ham ko‘rish mumkin. Xususan, 1998 yildan Pravoslav hamda Protestant seminariyalari faoliyat ko‘rsata boshladi, Rus pravoslav cherkovi Toshkent va O‘rta Osiyo Eparxiyasining 125 yilligi va Evangel-Lyuteran jamoasining 100 yilligi nishonlandi.



Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, «Din davlatdan ajratilgani bilan jamiyatdan ajratilgani yo‘q».

O‘zbekiston davlatining dunyoviylik, diniy bag‘rikenglik, barcha dinlarga bir xilda munosabat, jamiyat taraqqiyotida din bilan hamkorlik qilish xususiyatlari ushbu tamoyil asosida amalga oshiriladi. CHunki konstitutsiyaviy dunyoviy-ma’rifiy davlatda vijdon erkinligi qonuni diniy e’tiqodi va dunyoqarashidan qat’iy nazar, siyosiy xohishlarini bildirishda barcha fuqarolarning teng ishtiroki tamoyiliga rioya qiladi.




Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish